NURILLAEVA Nargiza Muxtarxanovnaning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlarinomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014./B2014.5.Tib.367
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitida yurak ishemik kasalligining ko‘p omilli profilaktikasi», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gadaev Abdigaffor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 16.07.2013.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlar: t.f.d., professor, akademik R.G. Oganov, t.f.d. dots. Yarmuxamedova G.X., t.f.d., prof. Shomansurova I.A.
Yetakchi tashkilot: I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva Davlat Tibbiyot Universiteti, Rossiya
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani:
1996-2004 yy I Toshkent Davlat tibbiyot institutining UASh tayyorlash kafedrasi assistenti (22.08.96 y. 49-sonli buyruq; 2.11.2001 y. 34-sonli buyruq), 2004 yildan I Toshkent Davlat tibbiyot institutining (3.09.2004 y. 186-sonli buyruq) va keyinchalik 2005 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasining UASh tayyorlash va endokrinologiya kafedrasi dotsenti (26.08.2005 y. 75-sonli buyruq), 2011 yildan xozirgi vaktgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi UASh tayyorlash va klinik allergologiya kafedrasi kafedra mudiri (22.09.2011 y. 178- sonli buyruq).
II. Nashr ishlari.
Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:
a) O‘zbekiston Respublikasi OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalari nashr qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan 5 ta milliy ilmiy jurnalda 10 ta ilmiy maqola, 3 ta xorijiy ilmiy jurnalda 4 ta ilmiy maqola nashr qilingan; 1 ta mualliflik guvoxnoma olingan.
b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 10 ta ma’ruza tezisi dan, 8 tasi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida e’lon qilingan (jumladan: 2008, 2010, 2012, 2013 Moskva; 2007, 2010 Toshkent).
v) mualliflik guvoxnoma (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, № DGU 02292, 19.08.2011y.)
III. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek populyasiyasida genlar polimorfizmini hisobga olib YuIK xavf omillarini korreksiyalashga asoslangan ko‘p omilli profilaktika usullarini sog‘liqni saqlash birlamchi tizimi sharoitida ishlab chiqish
IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:
bemorlar orasida asosiy o‘zgartirib bo‘ladigan va o‘zgartirib bo‘lmaydigan XO (jumladan, koagulyasion omillar genlari polimorfizmi) ning uchrash darajasi aniklangan;
tashxislash etarli darajada oqilona emasligi, profilaktik ish usullari va darajasining nomukammalligi, hayot sifatining pasayishi, shuningdek, bemorlarning YuIK XO to‘g‘risida kam ma’lumotga ega ekanligi aniklangan;
ilk bor o‘zbek millatiga mansub (YuIK ga irsiy moyilligi bo‘lgan) sog‘lom shaxslarda va YuIK BZS ga chalingan bemorlarda koagulyasion omillar gen polimorfizmlari (MTHFR (Ala222Val), FII (G20210A), FV (Arg506Gln)) yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligi aniklangan;
geterozigotali genotiplarning BZS og‘irlik darajasi, kasalxonaga gospitalizatsiya qilish chastotasi hamda o‘zgartirib bo‘ladigan XO lari bilan bog‘liqligi aniklangan;
Salomatlik MAKTABLARida tuzilmali amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishidagi YuIKning ko‘p omilli profilaktik dasturi ishlab chiqilgan va bu bemorlarning hayot sifatini oshirishi, ikkilamchi yakuniy nuqtalar (BZS xurujlarining pasayishi, yukori funksional sinfdan past funksional sinfga o‘tishi) xavfini sezilarli darajada kamaytirishi aniklangan;
bemorlarda davolanishga ishtiyoq uyg‘otish va ularni uzoq vaqt davomida UASh tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali bemorlarning Salomatlik MAKTABlarida davolanishga moyilligi baholangan;
kasallik oqibati va kechishiga taalluqli bo‘lgan klinik, laborator ma’lumotlar xamda bemor hayot sifati ko‘rsatkichlari asosida ko‘p omilli profilaktikaning modelli qiymatlari hisobga olgan xolda maxsus kodlangan bemor ko‘rigi kartasi ishlab chiqilgan.
V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari:
Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yurak ishemik kasalligini molekulyar-genetik diagnostikasi», «Yurak ishemik kasalligida sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inida zamonaviy bosqichdagi yangi profilaktik texnologiyalar», «Yurak ishemik kasalligida havotirli-depressiv holatning diagnostik xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmalar shaklida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, TTA III klinika kardiologiya bo‘limi, Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Qahramon”, “Yangi hayot” QVP lari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirli-gining 16.12.2011 yildagi 83/175-sonli xulosasi). Qayd etilgan tavsiyalardan YuIK (BZS)ni davolashda foydalanish natijasida tezkor va rejali gospitalizatsiyalar soni o‘rtacha 12,7 foizga kamaydi. Bemorlarni maxsus kodlangan karta yordamida tekshirish kasallik og‘irlik indeksining 21,8 foizga kamayishiga olib keldi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 5.03.2014 yildagi 5-sonli xulosasi).