Eshmamatov Elshod Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda karst g‘orlarining geografik tarqalishi, turizm-rekreatsiya imkoniyatlari va ularni kartalashtirish», 11.00.01 –Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Gr351.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Alimqulov Nusratilla Raxmonqulovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubi-g‘arbiy O‘zbekistondagi karst g‘orlarining geografik tarqalishi, ulardan istiqbolda foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubi-g‘arbiy O‘zbekistondagi karst g‘orlarining hosil bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi geografik omillar (tog‘ jinslarning tarkibi, strukturasi, tektonik, litologik, gidrologik va iqlimiy) aniqlangan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekistondagi karst g‘orlarining balandlik bo‘ylab tarqalish qonuniyati tabiiy geografik komponentlarning funksional o‘zgarishi asosida aniqlangan;
hududdagi karst g‘orlarining joylashgan geografik o‘rni, ekspozisiyasi dala sharoitida aniqlangan va litologik tarkibi, geologik yoshi, kattaligi, joylashuv yo‘nalishi ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflangan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekistondagi karst g‘orlarining turizm-rekreatsiyadagi ahamiyati noqulay tipdagi g‘orlar uchun ilk bora aniqlangan va ularni tarqalish hamda speleoturistik kartalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubi-g‘arbiy O‘zbekistondagi karst g‘orlarining geografik tarqalishi, turizm-rekratsiya imkoniyatlari va ularni kartalashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston karst g‘orlarining geografik tarqalishi va turizm-reakreatsiya imkoniyatlarini oshirishdagi o‘rnini belgilovchi ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 18 oktyabrdagi 03-12-17-6916-son ma’lumotnomasi). Natijada, karst g‘orlarining turizm-reakreatsiya salohiyatidan samarali foydalanishning hududiy xususiyatlarini aniqlashtirish imkoniyatlari oshgan;
Karst g‘orlarining turizm-rekreatsiya uchun qulayligiga ko‘ra: juda qulay, qulay, kamroq qulay, qulay emas darajalaridagi baholashlari va ishlab chiqilgan speloturistik yo‘nalishlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 18 oktyabrdagi 03-12-17-6916-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda yangi turizm-rekreatsiya obektlari va yo‘nalishlaridan samarali foydalanishni takomillashtirishga xizmat qilgan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston karst g‘orlarining speleoturistik xaritasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 18 oktyabrdagi 03-12-17-6916-son ma’lumotnomasi). Natijada, istiqbolda dam olish zonalarining estetik ahamiyati va turistik salohiyatini hamda barqarorligini hisobga olib joylashtirish, turistik infratuzilmani rivojlantirishning aniq chora-tadbirlarini belgilash va rejalashtirish imkoniyatlari oshgan;
Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston karst g‘orlaridan foydalanish va muhofaza qilishning ustuvor yo‘nalishlari, ularga ta’sir qiluvchi aniqlangan asosiy sabablari va ularning echimlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024 yil 18 oktyabrdagi 03-12-17-6916-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ va tog‘oldi mintaqalarida turizm-rekreatsiya faoliyatini joylashtirish, infratuzilmasini rivojlantirish va istiqbolda speleoturizmda foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish