Azizov Mirzohid Mirzolim o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Skandinavcha yurishda sport-sog‘lomlashtirish dasturlarini optimallashtirish texnologiyasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped793
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti,
DSc.33/01.02. 2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Raximov Viladimir Shavkatovich, psixologiya fanlari doktori, professor Korobeinikova Lesia Grigorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Masharipov Farxod To‘raxonovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shug‘ullanuvchilarning individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda barcha yosh qatlamlari uchun birdek mos keluvchi, sog‘lomlashtiruvchi skandinavcha yurishni qo‘llash orqali sport-sog‘lomlashtirish dasturlarini optimallashtirish texnologiyalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholining barcha qatlamlarini sog‘lomlashtirish uchun yoshi, jinsi, individual imkoniyatlari hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini inobatga olgan holda, skandinavcha yurish tayoqchalari yordamida bajariladigan maxsus mashqlar majmuasini ikkita metodik blokka tana muskullari hamda jismoniy sifatlarga ta’siri bo‘yicha ajratib mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga skandinavcha yurish texnikasiga o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan;
skandinavcha yurish bilan shug‘ullanuvchilarning mustaqil faoliyatini ta’minlash uchun funksional rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi hamda salomatlik holatini baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan masofasini haftalik mashg‘ulotlar soniga nisbatan yig‘ilgan ballarni majmuaviy nazorat qilishga qaratilgan “Self-control” kompyuter dastur ishlab chiqish hisobiga skandinavcha yurish bilan shug‘ullanuvchilarning doimiy ravishda o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
aholining yosh toifalari hamda individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda, jismoniy holati va salomatlik darajasini belgilovchi, funksional hamda jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini beshta (yuqori, yuqoridan past, o‘rta, o‘rtadan past, past) darajaga ajratuvchi, salomatlik holatini monitoring qilish tizimini optimallashtirish hisobiga skandinavcha yurish bilan shug‘ullanuvchilarga berilayotgan yuklamani maqsadli boshqarish imkoniyati kengaytirilgan;
skandinavcha yurish mashg‘ulotlarini raqamli texnologiyalar asosida optimallashtirish uchun barchaga birdek mos keluvchi sog‘lomlashtiruvchi skandinavcha yurishda masofa uzunligi, qadamlar soni, yurak qisqarish soni hamda sarflangan energiyani nazorat qiluvchi yangi innovatsion “Smart sticks” tayoqchalarini funksional takomillashtirib ishlab chiqish hisobiga skandinavcha yurish mashg‘ulotlarining organizmga ta’sir etish samaradorligi oshirilgan;
aholining barcha qatlamlarini skandinavcha yurish texnikasiga o‘rgatish uchun shug‘ullanuvchilarning individual imkoniyatlari hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini inobatga olgan holda skandinavcha yurish texnikasi o‘ng va chap qo‘l tirsaklari hamda  o‘ng va chap oyoq tizzalarining bukilish diapazoni asosida  3D knematik modelini ishlab chiqish hisobiga skandinavcha yurish harakatlaridagi xatoliklarni aniqlash hamda texnik harakatlarini to‘g‘ri bajarish samaradorligi oshirilgan;
aholining salomatligini mustahkamlash, funksional rivojlantirish, reabilitatsiya qilish hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun skandinaviya usulida yurish innovatsion mashg‘ulot dasturiga yurish tezligi, musobaqa rejimi, tiklanish jarayoni hamda qadamlar sonini aniqlash hisobiga shug‘ullanuvchilarning mustaqil ravishda mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholining barcha yosh qatlamalarida skandinavcha yurishni qo‘llash orqali sport sog‘lomlashtirish dasturlarini optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan metodikalar hamda tadqiqotda qo‘llanilgan vosita va usullar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aholining barcha qatlamlarini sog‘lomlashtirish uchun ularning yoshi, jinsi, individual imkoniyatlari hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini inobatga olgan holda, skandinavcha yurish tayoqchalari yordamida bajariladigan maxsus mashqlar majmuasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘iga asosan 106 – 220 raqamli guvohnoma). Natijada Skandinavcha yurish bilan shug‘ullanuvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi 15,2 % ga yaxshilangan;
skandinavcha yurish bilan shug‘ullanuvchilarning mustaqil faoliyatini ta’minlash uchun, funksional rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi hamda salomatlik holatini baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan masofasini haftalik mashg‘ulotlar soniga nisbatan yig‘ilgan ballarni majmuaviy nazorat qilishga qaratilgan “Self-control” kompyuter dastur ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati (Darsdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari: Skandinavcha yurish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘iga asosan 106 – 013 raqamli guvohnoma). Natijada skandinavcha yurish bilan shug‘ullanuvchilarning umumiy salomatlik holatini o‘rtacha 14,7 %  ga oshishiga erishilgan;
aholi yosh toifalari hamda individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda, jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi, funksional holati, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini 5 ta darajaga ajratuvchi salomatlik holatini monitoring tizimini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar To‘raqo‘rg‘on tumani 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va mazkur maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar skandinavcha yurish mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi
03-16/8865-son ma’lumotnomasi). Natijada shug‘ullanuvchilarning ortiqcha tana vazni 15,2 %  ga hamda ichki yog‘ miqdori 11,7 % ga kamayishiga erishildi;
skandinavcha yurish mashg‘ulotlarini raqamli texnologiyalar asosida optimallashtirish uchun barchaga birdek mos keluvchi sog‘lomlashtiruvchi skandinavcha yurishda masofa uzunligi, qadamlar soni, yurak qisqarish soni hamda sarflangan energiyani nazorat qiluvchi yangi innovatsion “Smart sticks” tayoqchalarini takomillashtirib ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar To‘raqo‘rg‘on tumani 60-2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va o‘quvchilar skandinavcha yurish mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi  03-16/8865-son ma’lumotnomasi). Natijada shug‘ullanuvchilarning skandinavcha yurish texnik harakatlarini to‘g‘ri bajarish imkoniyati 12,8 % ga yaxshilangan;
aholining barcha qatlamlarini skandinavcha yurish texnikasiga o‘rgatish uchun shug‘ullanuvchilarning individual imkoniyatlari hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini inobatga olgan holda skandinavcha yurish texnikasi ni “SPORS 360° 3D MA” dasturidan olingan ma’lumotlar asosida
3D knematik modelini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona viloyati Toshloq tumani 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar va mazkur maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar skandinavcha yurish mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-16/8865-son ma’lumotnomasi). Natijada skandinavcha yurish bilan shug‘ullanuvchilar salomatligining jismoniy komponentlari 15,4 % ga, salomatlikning psixologik komponentlari 13,7 % ga oshishiga xizmat qilgan;
aholining salomatligini mustahkamlash, funksional rivojlantirish, reabilitatsiya qilish hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan  shug‘ullanuvchilarga  mustaqil ravishda mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish imkonini beruvchi innovatsion mobil ilova ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlariga tavsif: Skandinavcha yurish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi 40-sonli buyrug‘iga asosan O‘Q-0031 raqamli guvohnoma). Natijada skandinavcha yurish bilan shug‘ullanuvchilarning suyak massa zichligi 15,4 % ga, tana tuzulish tipi
17,2 %  ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish