Xamidjonov Abdulaziz Usubjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport kurashi turlariga saralash va erta yo‘naltirishning metodologik asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped807
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti,
DSc.33/01.02. 2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Muxammadiev Komil Burxonovich, biologiya fanlari doktori, professor Korobeynikov Georgiy Valerevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlariga sport kurashchilarini saralash va yo‘naltirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sport kurashi turlariga saralash va yo‘naltirishda nazorat test natijalarini avtomatlashtirishga qaratilgan jismoniy tayyorgarlik me’yorlarini va texnik harakatlarni aniqlab beruvchi “Innovatsion qo‘g‘irchoq polvon” ni ishlab chiqish hisobiga umumiy, maxsus, funksional ko‘rsatkichlarni monitoring qilish tizimi takomillashtirilgan;
yuqori malakali kurashchilarni antropometrik ko‘rsatkichlarining model xususiyatlari o‘rganish asosida yosh sportchilarni vazn-bo‘y ko‘rsatkichlarini o‘sish va rivojlanish dinamikasini bashorat qilish orqali ko‘p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlariga saralash hamda sport kurashi turlariga yo‘naltirish hisobiga namunaviy sport istiqbollarini aniqlash algoritimi takomillashtirilgan;
sport kurashchilarining umumiy jismoniy holatini aniqlash uchun tayyorgarlikning turli bosiqichlariga sport kurashi bilan shug‘ullanuvchilarning yosh va vazn toifalarini inobatga olgan holda sensetiv davrlarida jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi tabaqalashtirilgan nazorat testlarini uch darajada (yuqori, o‘rta, past)  qo‘llash hisobiga jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyati oshirilgan;
turli toifali sport kurashchilarini erkin, yunon-rum, dzyudo, kurash va belbog‘li kurash turlariga saralash va yo‘naltirishda shug‘ullanuvchilarning tayyorgarlik bosiqchlarida nazorat testlarining murakkablik darajasi hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini vazn-toifasini inobatga olgan holda me’yorlarini tabaqalashtirish hisobiga sport kurashi turlariga saralash va yo‘naltirishga mo‘ljallangan baholash mezonlari optimallashtirilgan;
tayyorlarlikning turli bosqichlariga shug‘ullanuvchilarni maqsadli saralash uchun texnik harakatlarni bajarishda umumiy va muvaffaqiyatli urinishlar soni, to‘plangan ballar yig‘indisi, umumiy o‘rtacha bahosi, hujum ishonchliligi, hujum oralig‘idagi vaqt, hujum daraja ko‘rsatkichlarini majmuaviy nazorat qilish hisobiga sport kurashi turlariga saralash uslubiyati takomillashtirilgan;
sport kurashi turlari bilan shug‘ullanuvchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlariga saralashda yuqori malakali sport kurashchilarini funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining model xususiyatlari va tavsiflarini ishlab chiqish hisobiga  sport kurashi (erkin, yunon-rum, dzyudo, kurash, belbog‘li kurash) turlariga yo‘naltirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport kurashi turlariga saralash va yo‘naltirishning metodologik asoslari bo‘yicha tajriba va tadqiqot natijalari asosida:
sport kurashi turlariga saralash va yo‘naltirishda nazorat test natijalarini avtomatlashtirish, maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlarini vazn toifalari bo‘yicha baholash imkoniyatlarini (analitik, progressiv monitor va data vizualization) aniqlashga qaratilgan maxsus ishlab chiqilgan kompyuter (SSRP Web) dasturi bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-16/8842-son ma’lumotnomasi). Natijada sport kurashi turlari bilan shug‘ullanuvchilarning funksional tayyorgarligi jumladan, yurak-qon tomir tizimi yuklamalarga bardoshliligi erkin kurashchilarda 14,6% ga, yunon-rum kurashida 7,4% ga, dzyudochilarda 8,9 % ga,belbog‘li kurashchilarda 10,6 % ga, kurashchilarda 8,1 % ga, umumiy o‘sish ko‘rsatkichlari esa
9,1 yaxshilanishga erishilgan;
yuqori malakali kurashchilarni antropometrik ko‘rsatkichlarining model xususiyatlari o‘rganish, yosh sportchilarni “VMEN REP” apparatida vazn-bo‘y ko‘rsatkichlarini aniqlab o‘sish va rivojlanish dinamikasini bashorat qilish orqali ko‘p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlariga saralash va sport kurashi turlariga yo‘naltirish mexanizimi ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabi sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-16/8842-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori malakali sport kurashchilarini antropometrik model ko‘rsatkichlari, yosh sport kurashchilarini vazn-bo‘y ko‘rsatkichlari o‘rganilib bo‘y uzunligi bashorat qilinganda aniqlik samaradorligi erkin kurashda 99,3 % ga, yunon-rum kurashida esa 98,2 % ga, dzyudo kurashida bo‘lsa 99,7 % ga, belbog‘li kurashda 99,1 % ga, kurash sport turida esa  99,4 % aniqlikka erishilib umumiy saralash va yo‘naltirishdagi bo‘y uzunligini boshorat qilish
99,1 % ga  aniqlikka erishilgan;
sport kurashchilarining umumiy jismoniy holatini aniqlashda tayyorgarlikning turli bosiqichlariga sport kurashi bilan shug‘ullanuvchilarni yosh va vazn toifalarini inobatga olgan holda sensitiv davrlariga jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi tabaqalashtirilgan nazorat testlari yordamida uch darajali (yuqori, o‘rta, past) baholash talab mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar sport mashg‘ulotlari amaliyotiga joriy qilingan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabi sport mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil
10-sentyabrdagi 03-16/8842-son ma’lumotnomasi). Natijada sport kurashi turlari bilan shug‘ullanuvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi, boshlang‘ich tayyorlov bosqichidagi erkin kurashchilarda 12,4 % ga, yunon-rum kurashchilarida esa 10,7 % ga, dzyudochilarda 13,5 % ga, belbog‘li kurashchilarda 9,2 % ga, kurashchilarda 8,6 % ga, o‘sgan;
turli toifali sport kurashchilarini erkin, yunon-rum, dzyudo, kurash va belbog‘li kurash turlariga saralash va yo‘naltirishda shug‘ullanuvchilarning tayyorgarlik bosiqchlarida nazorat testlarining murakkablik darajasi hamda vazn-toifasini inobatga olgan holda maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini aniqlash me’yorlarini tabaqalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman sport maktabi sport mashg‘ulotlari amaliyotiga joriy qilingan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabi sport mashg‘ulotlari jarayonigatatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-16/8842-son ma’lumotnomasi). Natijada sport kurashi turlari bilan shug‘ullanuvchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi, boshlang‘ich tayyorlov bosqichidagi erkin kurashchilarda 8,9 %, yunon rum kurashchilarida esa 12,1 %, dzyudochilarda 9,8 % ga belbog‘li kurashchilarda 14,2 % ga, kurashchilarda 11,2 % ga, o‘sgan;
tayyorlarlikning turli bosqichlariga shug‘ullanuvchilarni maqsadli saralash uchun texnik harakatlarni bajarish uchun umumiy va muvaffaqiyatli urinishlar soni, to‘plangan ballar yig‘indisi, umumiy o‘rtacha baho, hujum ishonchliligi, hujum oralig‘idagi vaqt, hujum daraja ko‘rsatkichlarini majmuaviy nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman sport maktabi sport mashg‘ulotlari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-16/8842-son ma’lumotnomasi). Natijada sport kurashi turlari bilan shug‘ullanuvchilarning texnik-taktik tayyorgarligi, boshlang‘ich tayyorlov bosqichidagi erkin kurashchilarda 8,2 % ga, yunon-rum kurashchilarda esa 13,5 % ga, dzyudochilarda 11,2 % ga, belbog‘li kurashchilarda 6,7 % ga, kurashchilarda 5,9 % ga,  o‘sganligi aniqlandi. O‘quv-mashq mashg‘ulot bosqichidagi erkin kurashchilarda 9,8 % ga, yunon-rum kurashchilarda esa 12,6 % ga, dzyudochilarda  9,9 % ga, belbog‘li kurashchilarda 9,3 % ga, kurashchilarda 14,2 % ga, o‘sganligi aniqlangan;
sport kurashi turlari bilan shug‘ullanuvchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlariga saralashda yuqori malakali sport kurashchilarini funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining model xususiyatlari va tavsiflarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman sport maktabi mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 10-sentyabrdagi 03-16/8842-son ma’lumotnomasi). Natijada Sport kurashi turlari bilan shug‘ullanuvchilar o‘pkasining tiriklik sig‘imi jumladan, erkin kurashchilarda 9,1 % ga, yunon-rum kurashchilarda esa 8,6 % ga, dzyudochilarda bo‘lsa 8,4 % ga, belbog‘li kurashchlarda 5,6 % ga, kurash sport turida esa  7,9 % ga oshirishga erishilib umumiy o‘sish ko‘rsatkichi bo‘lsa 7,9 % ga  yaxshilanishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish