Kurbanova Durdona Salaxitdinovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh badiiy gimnastikachilarda fazo va vaqtni idrok etish yordamida maxsus koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped.2325.
Ilmiy rahbar: Eshtaev Anvar Kurganovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Yarashev Komiljan Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namagan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 6-7 yoshli badiiy gimnastika bilan shug‘ullanuvchi qizlarda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan idroklarni shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy gimnastikada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘illanuvchilarda vestibulyar barqarorlikni shakllantirish uchun aylanish bilan to‘p otishda yon tomonga to‘ntarilish hamda to‘pni otib, so‘ngra ilib olishda buyumni his qilish bilan kuchli statik bog‘lanishni belgilab berish hisobiga maqsadli tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
yosh badiiy gimnastikachilarda maxsus koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish uchun bazaviy mashqlarni o‘rgatishdagi (gavda holatidagi og‘ishlar, qo‘l va oyoqlarning bir-biriga uyg‘un emasligi, tan-mushak harakatlarini his qilish darajasining kamligi kabi) xatolarni aniqlash hisobiga texnik tayyorgarligi oshirilgan;
badiiy gimnastikada boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarining koordinatsion  qobilyatini takomillashtirishga qaratilgan (plastiklik, san’atkorlik, ifodalilik, jozibadorlik, ritm va muvozanat hissi kabi) ixtisoslik xususiyatlari bo‘yicha maxsus harakat bilan texnikasini tizimlashtirish hisobiga yosh sportchilarning mashg‘ulot jarayoni optimallashtirilgan;
badiiy gimnastikada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 6-7 yoshli sportchilar uchun “Kabriol”, “Risk” kabi texnik harakatlarini yoshga xos muvofiqlashtirib klassifikatsion musobaqa dasturini mashg‘ulotlarga tatbiq etish evaziga maxsus koordinatsion qobiliyat rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh badiiy gimnastikachi qizlarni maxsus koordinatsion qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra:
badiiy gimnastikada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘illanuvchilarning vestibulyar barqarorlikni  shakllantirish uchun aylanish bilan to‘p otishda yon tomonga to‘ntarilish hamda to‘pni otib, so‘ngra ilib olishda buyumni his qilish bilan kuchli statik bog‘lanishni belgilab berish Toshkent shahri, Andijon shahri va Ulug‘nor tumani sport maktablarining o‘quv mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi № 03-16/6221-son ma’lumotnomasi). Natijada, “vaqtni his qilish”(r=0,723) “makon va fazoda orientatsiya hissi” (r=0,789), “ikki oyoq uchida muvozanat” (r=0,819), o‘rtasidagi juftliklarda  yuqori darajadagi (P<0,05) yaqin aloqalar aniqlangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh badiiy gimnastikachilarda ixtisoslashgan idroklar - vaqt, makon, ritm va buyum hislarini rivojlantirish vositalari majmuasiga asoslangan bazaviy mashqlarni o‘rgatish metodikasini ishlab chiqish orqali texnik tayyorgarlik darajasini takomillashtirish metodikasi “Badiiy gimnastika” nomli o‘quv-qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-sonli buyrug‘iga asosan 500/t-027 raqami guvohnoma). Natijada, ixtisoslashgan idroklarning nisbiy osishi o‘rtacha 13,69 % gacha yaxshilangan;
badiiy gimnastikada boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarining koordinatsion  qobilyatini takomillashtirishga qaratilgan (plastiklik, san’atkorlik, ifodalilik, jozibadorlik, ritm va muvozanat hissi kabi) ixtisoslik xususiyatlari bo‘yicha maxsus harakat bilan texnikasini tizimlashtirish – fazo va vaqtni hamda mushaklarni idrok etishiga imkon berdi, (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi № 03-16/6221-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus harakat faoliyati ko‘rsatkichlari nisbiy o‘sishi o‘rtacha 14,78 % gacha ko‘tarilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh baddiiy gimnastikachilar uchun  ishlab chiqilgan bir yillik dastur gimnastikachilarni koordinatsion qobiliyatni takomillashtirish hisobiga sportchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonida buyumsiz va buyumli texnika elementlarini o‘zlashtirish,  uloqtirish va tutib olish, sakrashlar, burilishlar va muvozanat kabi raqobatbardosh mashqlarni bajarish va sport mahoratining muvaffaqiyatli shakllanishi kuzatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi № 03-16/6221-son ma’lumotnomasi). Natijada, klassifikatsion dasturdagi elementlar soni 23,8 % ga ko‘proq yaxshilangan va koordinatsiya qobiliyati 21,7 % ga o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish