Abdullaeva Barno Pulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga futbol sport turining dastlabki texnik elementlarini o‘rgatish samaradorligi”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1696.
Ilmiy rahbar: Jumanov Ortugmat Sangilboevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizom Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Talipdjanov Askar Imamdjanovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi katta va tayyorlov guruhidagi maktabgacha yoshdagi bolalarga futbolning dastlabki texnik elementlarini o‘rgatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi katta va tayyorlov guruhlari bolalarning harakat faolligini oshirish uchun moslashtirilgan futbolni dastlabki texnik elementlarini o‘zlashtirishda “to‘pni his qilish” va “to‘pga zarba berish” qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan (to‘pni uzatish va to‘xtatish, to‘pni olib yurish kabi) besh blokli mashqlar majmuasini mashgʻulotlarga kiritish hisobiga jismoniy va kognitiv faoliyatni muvofiqlashtirishga shart-sharoit yaratilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi katta va tayyorlov guruhlari bolalarning futbol sport turining dastlabki texnik elementlariga samarali o‘rgatish imkoniyatlari sensomotorika qobiliyatini rivojlantiruvchi (harakat faolligini oshiruvchi) integratsiyalashgan “Kim tez”, “Xato qilmang”, “Menga uzat” va “Aniq uzatma” kabi harakatli o‘yinlarni variativ qo‘llash hisobiga takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi katta va tayyorlov guruhlari bolalarning tezkorlik va chaqqonlik sifatini rivojlantirish uchun futbol sport turining soddalashtirilgan texnik elementlarini o‘zlashtirishda “Stereotip” (shaklli, rangli, aralash adaptatsiya) harakatlarni hosil qilishga qaratilgan maxsus mashqlarni mashgʻulotlarga kiritish hisobiga tayyorgarlik darajasini oshirish imkoniyatlari yaxshilangan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashgʻulotlarida futbol sport turining dastlabki texnik elementlarini oson o‘zlashtirish imkoniyatlari va jismoniy tayyorgarlik darajasini yosh xususiyatlariga nisbatan barqaror rivojlantirishga qaratilgan modulni kiritish hisobiga murakkab harakatlarga o‘rgatish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga futbol sport turining dastlabki texnik elementlarini o‘rgatish samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi katta va tayyorlov guruhlari bolalarning harakat faolligini oshirish uchun moslashtirilgan futbolni dastlabki texnik elementlarini o‘zlashtirishda “to‘pni his qilish” va “to‘pga zarba berish” qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan (to‘pni uzatish va to‘xtatish, to‘pni olib yurish kabi) besh blokli mashqlar majmuasini mashgʻulotlarga kiritish hisobiga jismoniy va kognitiv faoliyatni muvofiqlashtirishga shart-sharoit yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyatining Angren shahar 24 va 46-sonli hamda Chirchiq shahar 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 03-avgustdagi 06-04/3-1803-son ma’lumotnomasi). O‘tkazilgan tajribalar asosida o‘rtacha hisobda bolalarning aylana bo‘ylab futbol to‘pini olib yurishi 10,5 % ga, to‘p bilan darvozaga zarba berishi 12,6 % ga, 10 metr masofaga to‘pni ustunlar orasidan olib o‘tishi 7,9 % ga hamda to‘pni turli usullarda to‘xtatish va uzatishi natijalari 10,6% ga o‘sishi aniqlangan. Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari katta va tayyorlov guruhi bolalarida jismoniy tayyorgarlik, aqliy jarayonlarning rivojlanishiga va jismoniy sifatlarining oshishiga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi katta va tayyorlov guruhlari bolalarning futbol sport turining dastlabki texnik elementlariga samarali o‘rgatish imkoniyatlari sensomotorika qobiliyatini rivojlantiruvchi (harakat faolligini oshiruvchi) integratsiyalashgan “Kim tez”, “Xato qilmang”, “Menga uzat” va “Aniq uzatma” kabi harakatli o‘yinlarni variativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyatining Angren shahar 24 va 46-sonli hamda Chirchiq shahar 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 03-avgustdagi 06-04/3-1803-son ma’lumotnomasi). Natijada katta va tayyorlov guruhi bolalarida jismoniy rivojlanish darajasi, jumladan tana uzunligi (118,4 sm - o‘g‘il bolalar va 117,9 sm - qiz bolalar); tana og‘irligi (22,3 kg - o‘g‘il bolalar va 20,4 kg - qiz bolalar); ko‘krak qafasi aylanasi (59,8 sm - o‘g‘il bolalar va 58,1 sm - qiz bolalar) o‘sishiga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi katta va tayyorlov guruhlari bolalarning tezkorlik va chaqqonlik sifatini rivojlantirish uchun futbol sport turining soddalashtirilgan texnik elementlarini o‘zlashtirishda “Stereotip” (shaklli, rangli, aralash adaptatsiya) harakatlarni hosil qilishga qaratilgan maxsus mashqlarni mashgʻulotlarga kiritish hisobiga tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha metodika jismoniy tarbiya yo‘riqchilari va talabalar uchun “Harakatli o‘yinlarni o‘rgatish uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining nashr ruxsatnomasi 01/590-A/F-3/23). Metodikadan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” “Bolalar va biz”, “Bolalar uchun” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (2021-2022-yillarda). (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2023-yil 16-avgustdagi 04-36-1242-son dalolatnomasi). Natijada futbol elementlaridan foydalanish asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi ommalashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashgʻulotlarida futbol sport turining dastlabki texnik elementlarini oson o‘zlashtirish imkoniyatlari va jismoniy tayyorgarlik darajasini yosh xususiyatlariga nisbatan barqaror rivojlantirishga qaratilgan modulni qo‘llashga doir taklif va tavsiyalar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya instruktorlari malaka oshirish kursi amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 29-dekabrdagi 03-01/04/20/14001-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismony tarbiya instruktorlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga futbol sport turining dastlabki texnik elementlarini o‘rgatish metodikasini qo‘llash ko‘nikmalari shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish