Tanirbergenov Rasulbek Muratbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energetika tizimlari energiya samaradorligini quvvatni rostlovchi qurilmalar asosida oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2677.
Ilmiy rahbar: Xamidov Shuxrat Vaxidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSs.02/30.12.2021.T.143.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Muzaffar Burxanovich - texnika fanlari doktori, professor. Yusupov Dilmurod Turdalievich-texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: FACTS texnologiyasidan foydalanib elektr tarmoqlarining quvvat yo‘qotishlarini kamaytirish orqali energetika tizimining energiya samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quvvatni rostlovchi qurilmalarining (STATCOM va SVC) reaktiv quvvat kompensatsiyasida elektr tarmog‘idagi asosiy rejim parametrlariga ta’sirini aniqlash imkonini beruvchi matematik modellar Nyuton-Rafson usuli asosida ishlab chiqilgan;
elektr tarmoqlarida generatsiya va yuklama tomonidan berilgan tashqi ta’sirlar asosida FACTS quvvatni boshqarish qurilmalarining funksional imkoniyatlarini aniqlash uchun STATCOM va SVC qurilmalarining simulyasion modellari yaratilgan;
energetika tizimlari energiya samaradorligini oshirish imkonini beruvchi usul quvvatni rostlovchi qurilmalariga (FACTS) ega tarmoqlarning barqarorlashgan rejim parametrlari o‘zgarishini hisobga olib N`yuton tenglamalari asosida ishlab chiqilgan;
energetika tizimining quvvat yo‘qotishlari va og‘ish parametrlarini baholash uchun tarmoqning rejimini hisoblash orqali FACTS qurilmalarini o‘rnatish nuqtasini aniqlash usuli quvvatlar balansi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Elektr tarmoqlarida quvvatni boshqarish qurilmalaridan foydalanib, quvvat yo‘qotilishlarini kamaytirish va tarmoqdagi kuchlanish darajalarini rostlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr tarmoqlarining barqaror rejimi parametrlarini hisoblash algoritmi va dasturiy mahsuloti, elektr tarmog‘ida g‘alayonlar paytida quvvat yo‘qotilishlarini kamaytirish va kuchlanishlarni rostlash bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston energetika tizimining Shimoli-G‘arbiy tuguniga joriy etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2024 yil 28 oktyabrdagi 01-01-25/182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Beruniy podstansiyasining shinalardagi kuchlanishni 217,8 kV dan 220 kV gacha oshirish va Shimoli-G‘arbiy tugun bo‘yicha quvvat yo‘qotilishlarini o‘rtacha 144 MVtga (1,25%) kamaytirish imkonini bergan;
quvvat va kuchlanishni rostlash texnologiyasi (Flexible AC Transmission Systems) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Taxiatosh hududi Beruniy podstansiyasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2024 yil 28 oktyabrdagi 01-01-25/182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston energetika tizimining Shimoli-g‘arbiy tugunida quvvatni rostlovchi qurilmalar asosida o‘rtacha quvvat yo‘qotilishini kamaytirish va energiya samaradorlik oshirish hisobiga iqtisodiy samaradorlik oyiga 93 600 000 so‘mni tashkil etgan.