Ruziev Suxrob Toirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Elektr kabel tarmoqlarida sodir bo‘ladigan qisqa tutashuv va yong‘inlarning oldini olish usullarini tadqiq qilish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligidagi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5176
Ilmiy rahbar:Suleymanov Adiljan Arifdjanovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi:Dissertatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida bajarilgan
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami:O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengashi.
Rasmiy opponentlar:
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, texnika fanlari doktori(DSc), professor, Nurmamatova Rahima Rahmanovna.
O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra boshlig‘i, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Lityaga Artyom Valerivich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax poletexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xavfli ishlab chiqarish hamda turar-joy bino va inshootlarida yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan qurilish kompozitlari, elektr kabel tarmoqlarida yonishda alangalanishining aspiratsiya koeffisientini aniqlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish usullarini takomillashtirish, shuningdek, elektr kabel tarmoqlari uchun alangaga chidamli bo‘lgan polimer kompozitni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
alangaga chidamli PVXga qo‘shimchali yong‘inbardosh polimer kompozitli kabellar olish taklif etilgan bo‘lib, uning kislorod indeksi 31,3%, fizik-mexanik xususiyatlarining mustahkamligi 12-15%, mo‘rtligi -30 °S gacha, massa yo‘qotishi 50% gacha, elektr kabellarning issiqlik va alangaga chidamligi 3,5-5% gacha minimal kamaytirish variantlari ishlab chiqilgan;
PVXga qo‘shimcha alangaga chidamli bo‘lgan yong‘inbardosh polimer kompozitning tutun hosil qilish koeffisienti mo‘tadil bo‘lib, tutun tarqalishi D2 guruhga mansubligi va inson organizmini zaharlashining chegara konsentratsiyasi standart talablariga muvofiq 40% gacha kamaytirilish variantlari ishlab chiqilgan;
alangaga chidamli bo‘lgan yong‘inbardosh polimer kompozitning termikbardoshliligi (DTA) va (TG) tahlillariga ko‘ra, GOST 53293-2009 talablariga muvofiq, alanga ta’sirida kompozitning 480 °S haroratga chidamli ekanligi, amaldagi meyoriy hujjatlar talablariga asosan, 50% gacha massa yo‘qotishi aniqlangan;
Taklif etilgan namunadagi elektr kabel izolyasiyasining alangaga nisbatan ta’siri 750 °S ga bardoshli ekanligi, qurilish kompozitlari va kabel tarmoqlarida alanga tarqalish, issiqlik so‘riladigan qo‘shimcha oqimlar hisoblangan hamda aspiratsiya koeffisienti aniqlash usullari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektr kabel tarmoqlarida sodir bo‘ladigan qisqa tutashuv va yong‘inlarning oldini olish usullarini tadqiq qilish natijalari asosida:
taklif etilgan alangaga chidamli PVXga qo‘shimchali yong‘inbardosh polimer kompozit kabelning kislorod indeksi, uning chidamlilik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy tajribalar Toshkent viloyatidagi “UZERAECABLE” OAJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavsizligi davlat qo‘mitasining 2024-yilning 5-dekabrdagi №04/876-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, alangaga chidamli PVXga qo‘shimchali yong‘inbardosh polimer kompozitning fizik-mexanik xususiyatlari, mustahkamligi, mo‘rtligi, massa yo‘qotishi, elektr kabellarning termik va alangaga chidamligi oshirilgan;
PVXga qo‘shimcha taklif etilgan alangaga chidamli bo‘lgan yong‘inbardosh polimer kompozitning tutun hosil qilish koeffisienti aniqlangan bo‘lib, tajriba tahlillari Samarqand viloyati Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavsizligi davlat qo‘mitasining 2024-yilning 5-dekabrdagi №04/876-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, alangaga chidamli bo‘lgan yong‘inbardosh polimer kompozitning termikbardoshliligi va alanga ta’sirida kompozitning 480°S haroratga chidamli ekanligi aniqlangan;
taklif etilgan namunadagi elektr kabel izolyasiyasining alangaga nisbatan ta’siri 750 °S ga bardoshli ekanligi aniqlangan bo‘lib, ilmiy asoslangan tajribalar Samarqand viloyati qurilish bosh boshqarmasida hamda Samarqand viloyati “O‘ztransgaz” AJ Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavsizligi davlat qo‘mitasining 2024-yilning 5-dekabrdagi №04/876-sonli ma’lumotnomasi).Natijada, qurilish kompozitlari va kabel tarmoqlarida alanga tarqalishi va issiqlik so‘riladigan qo‘shimcha oqimlar hisoblangan bo‘lib, import o‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyolar asosidagi yangi termik va olovbardosh tarkibli elektr kabellarining yangi namunalarini ishlab chiqarishni to‘liq mahalliylashtirish imkoni yaratilgan.