Raximov Hasan Abdusaitovichning

falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehmonxona xo‘jaliklarida samaradorlikni baholash va tahlil qilishni takomillashtirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt102.  

Ilmiy rahbar: Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.

Rasmiy opponentlar:Ergashev Raxmatullo Xidirovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘ychiev Alisher Jo‘raevich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mehmonxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirish, ularni baholash va tahlil qilish yo‘llarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mehmonxona xo‘jaliklari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladigan va ularning samardorligini ifodalaydigan ko‘rsatkichlarning tasnifi taklif qilingan;

mehmonxonalar tomonidan turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlarini chegaradan kutib olib, chegaragacha kuzatishni qamrab oladigan bitta sub’ektning xususiy mulkiga asoslangan boshqarishning eng samarali yo‘llaridan biri “Mehmondorchilik klasteri”ni shakllantirish taklifi asoslangan;

mehmonxona xo‘jaliklari iqtisodiy salohiyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tarkibi joylar sonini qo‘shgan holda takomillashtirilgan tasnifi ishlab chiqilgan;

turizm va mehmonxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirishning bevosita malakali kadrlarga bog‘liqligi, har biriga qo‘yiladigan talablar, ularning o‘zini safarbar qilishi orqali mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlari “Hammasi bir shaxsda” konsepsiyasidan foydalangan holda  asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mehmonxona xo‘jaliklarida samaradorlik, ularni baholash va tahlil qilishning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

mehmonxona xo‘jaliklari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladigan va ularning samaradorligini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 11 dekabrdagi 03-09/4322-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qo‘mitaning 2017 yil 18 avgustdagi 120i/ch-sonli buyrug‘ini amalga tatbiq qilishda, tegishli “yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan bo‘lib, uning amaliyotga joriy qilinishi mehmonxona xo‘jaliklarida ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligiga aniq baho berish va uni oshirish bo‘yicha ta’sirchan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini bergan;

mehmonxonalar tomonidan turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlarini chegaradan kutib olib, chegaragacha kuzatishni qamrab oladigan bitta sub’ektning xususiy mulkiga asoslangan boshqarishning eng samarali yo‘llaridan biri “Mehmondorchilik klasteri”ni shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 11 dekabrdagi 03-09/4322-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qo‘mitaning 2017 yil 14 fevraldagi 21-sonli buyrug‘i orqali amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan bo‘lib, turizm sohasidagi tadbirkorlar turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning barcha jarayonlarini o‘zlari hisobidan xususiy mulk asosida tashkil qilish orqali yuqori samaradorlikka erishilgan;

mehmonxona xo‘jaliklari iqtisodiy salohiyatining tarkibi, ular samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi, tasnifi va baholash orqali samaradorlikni oshirishning ichki imkoniyatlarini aniqlash va ular asosida tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 11 dekabrdagi 03-09/4322-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyani amaliyotga joriy qilish natijasida mehmonxona xo‘jaliklari iqtisodiy salohiyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tarkibi joylar sonini qo‘shib hisoblash va moddiy-texnika asoslaridan samarali foydalanish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan;

mehmonxona xo‘jaliklari samaradorligini kadrlar salohiyati va malakasiga bog‘liqligini inobatga olib, ularga qo‘yiladigan talablar, kadrlarni safarbar qilish orqali mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlari, ularni baholash va to‘g‘ri qaror qabul qilish yo‘llari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 11 dekabrdagi 03-09/4322-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi xodimlarning o‘zini safarbar qilib birdaniga bir qancha kasblarni egallash orqali mehnat samaradorligini oshirish va mehmonxona xo‘jaliklariga ham foyda keltirish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish