Juraeva Gulxayo Ravshanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jin mashinasi ishchi elementlaring samarali konstruksiyalarini yaratish va parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4440
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich texnika fanlari doktori, professor,  Mamasharipov Abdunabi Abdumajitovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik  va  engil  sanoat  instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonida arrali jin mashinasining ishchi kamerasini takomillashtirish orqali jinlash jarayoni unumdorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishchi kamera konstruksiyalarini tahlil qilish asosida xomashyo valigini zichligini rostlash imkonini beruvchi to‘zitgich-tezlatkichning uchburchak shakldagi takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxtani arrali jinlash jarayonining dinamik parametrlarida xomashyo valigining zichligini rostlash imkonini beruvchi moslamaga ta’sir etayotgan kuchlar va tezlikni aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
jin ishchi kamerasi zichligini kamaytirish va rostlash  maqsadida  turli burchakli to‘zitgich-tezlatkichlarning ratsional konstruktiv parametrlari termik va mexanik ishlov berish orqali aniqlangan;  
tola va chigit sifati ko‘rsatkichlari, quvvat sarfi, ish unumdorligi, arralarning ishlash muddati arrali jin ishchi kamerasiga o‘rnatilgan to‘zitgich-tezlatkichning geometrik shakli va o‘lchamiga hamda xomashyo valigining tezlik parametrlariga bog‘liqlik qonuniyatlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinlangan chigitlarni ishchi kameradan chiqishini tezlashtirish va tola ajratish jarayoni ish unumdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
xomashyo valigi to‘zitgich-tezlatkichi va arrali jin ishchi kamerasi «Namangan To‘qimachi cluster» MChJ tizimidagi «To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash» korxonasida  joriy etilgan («O‘zbekiston Respublikasi O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 22 iyuldagi   03/25-1772-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitlarning ishchi kameradan chiqib ketishi birlik vaqtda 34%ga ortishi evaziga jin ish unumdorligini 12-14%ga, ish unumdorligini 0,9–1,0 kg/arra soatga oshirishga, toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini 0,4%ga, chigitning mexanik shikastlanganligini 0,3%ga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish