Bo‘ronov G‘anixon Shamsuddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Byudjet tashkilotlarida moliyaviy auditni tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4164.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vahabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdumo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi byudjet tashkilotlarida moliyaviy auditni tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet tashkilotlarining moliyaviy auditni tashkil etishda mijoz tashkilot bilan dastlabki tanishuv, mavjud risklarni baholash va muhimlilik darajasini aniqlash, moliyaviy auditni rejalashtirish bosqichlari tartibida amalga oshirish orqali moliyavuy auditning to‘g‘ri rejalashtirilishi hamda samarali o‘tkazilishini ta’minlash asoslangan;
byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmatini sifat darajasini aniqlash yuzasidan uslubiy yondashuv ishlab chiqish orqali ichki audit xizmati faoliyatini xolisona va haqqoniy baholash, o‘tkaziladigan moliyaviy audit jarayonlarida tashkilot ichki audit xizmati tomonidan taqdim etiladigan ma’lumot va hujjatlarning ishonchligini oshirish taklifi asoslangan;
byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarning murakkablik darajasini tashkilotning xususiyati va moliyalashtirish manbalari, xarajatlar tarkibiga ko‘ra baholash orqali audit ish hajmini aniqlash hamda to‘g‘ri taqsimlash asosida foydalanuvchilar manfaatlariga mos bo‘lgan auditorlik xulosasini shakllantirilishga erishish taklifi asoslangan;
byudjet tashkilotlarda ichki audit xizmatining hisobdorligini o‘z faoliyati bo‘yicha hisobotni byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamg‘armalari rahbarlariga, yuqori mutassadi idoralarga taqdim etish hamda jamoatchilik e’tiboriga etkazib borish asosida takomillashtirish orqali byudjet tashkilotlarida faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta’minlanish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy auditni tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
byudjet tashkilotlarining moliyaviy auditni tashkil etishda mijoz tashkilot bilan dastlabki tanishuv, mavjud risklarni baholash va muhimlilik darajasini aniqlash, moliyaviy auditni rejalashtirish bosqichlari tartibida amalga oshirish orqali moliyaviy auditning to‘g‘ri rejalashtirilishi hamda samarali o‘tkazilishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-oktyabr`dagi 08/23-7-21389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida audit jarayonini to‘g‘ri rejalashtirilishi, shuningdek samarali o‘tkazilishi ta’minlash imkoni yaratilgan;
byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmatini sifat darajasini aniqlash yuzasidan uslubiy yondashuv ishlab chiqish orqali ichki audit xizmati faoliyatini xolisona va haqqoniy baholash, o‘tkaziladigan moliyaviy audit jarayonlarida tashkilot ichki audit xizmati tomonidan taqdim etiladigan ma’lumot va hujjatlarning ishonchligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-oktyabr`dagi 08/23-7-21389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmatini faoliyatini samarali baholashni nazarda tutilgan moliyaviy audit jarayonlarida tashkilot tomonidan taqdim etiladigan ma’lumot va xujjatlarning ishonchligini oshirishga xizmat qilgan;
byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarning murakkablik darajasini tashkilotning xususiyati va moliyalashtirish manbalari, xarajatlar tarkibiga ko‘ra baholash orqali audit ish hajmini aniqlash hamda to‘g‘ri taqsimlash asosida foydalanuvchilar manfaatlariga mos bo‘lgan auditorlik xulosasini shakllantirilishga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-oktyabr`dagi 08/23-7-21389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida audit ish hajmini aniqlanishiga va uni to‘g‘ri taqsimlanishiga, pirovard natijada esa foydalanuvchilar manfaatlariga mos bo‘lgan auditorlik xulosasi shakllantirilishi imkoni yaratilgan;
byudjet tashkilotlarda ichki audit xizmatining hisobdorligini o‘z faoliyati bo‘yicha hisobotni byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamg‘armalari rahbarlariga, yuqori mutassadi idoralarga taqdim etish hamda jamoatchilik e’tiboriga etkazib borish asosida takomillashtirish orqali byudjet tashkilotlarida faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta’minlanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 14-oktyabr`dagi 08/23-7-21389-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjet tashkilotlarida faoliyat ochiqligiga va shaffofligiga, shu bilan birga ishonchli boshqaruv tizimi bilan ta’minlanishiga, o‘tkazilgan audit yakuni bo‘yicha xolisona, ishonchli auditorlik fikri shakllantirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish