Ismatullaeva Sangina Ravshan qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsus simulisiya trenajorida dzyudochi qizlarning texnik va tezkor-kuch tayyorgarligi asimmetriyasini tahlil qilish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6740
Ilmiy rahbar: Adilov Sarvar Qaxramonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Dadabaev Odiljon Jaloliddinovich pedagogika fanlari doktori, (DSc) dotsent; Aliev Iskandar Baxramovich Pedagogika fanlari nomzodi, Professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mashg‘ulot jarayonida maxsus simulyasiya trenajyori yordamida dzyudochi qizlarning texnik va tezkor-kuch ko‘rsatkichlari asimmetriyasini baholash hamda musobaqa natijadorligining potensialini oshirishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
malakali dzyudochi qizlarning tezkor kuch tayyorgaligini aniqlash hamda rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan sport trenajyorida bajariladigan maxsus mashqlar majmuasini qo‘llash yordamida mashg‘ulot (yillik oylik va haftalik) dasturlariga o‘zgartirish hisobiga tezkor-kuch, jismoniy tayyorgarlik darajasi oshirilgan;
malakali dzyudochi qizlarning texnik va tezkor-kuch harakatlari samaradorligini oshirish maqsadida ilk bor yaratilgan maxsus simulyasiya trenajyorida bellashuvlar jarayoniga yaqinlashtirilgan mashqlar majmuasidan tashkil topgan musobaqa oldi tayyorgarlik davrida foydalanish hisobiga texnik harakatlarni natijadorligi oshirilgan;
dzyudochi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot hamda musobaqa faoliyatida Nage-waza va Ne-waza holatidagi murakkab vaziyatlarni inobatga olib mashg‘ulot davomida texnik harakatlar hamda tezkor-kuch tayyorgarlik nisbatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasini ketma-ketlikda qo‘llash hisobiga texnik va tezkor-kuch imkoniyatlari samaradorligini oshirish mezonlari takomillashtirilgan;
dzyudochi qizlarning musobaqa faoliyati natijadorligini oshirirish maqsadida sportchi qizlarning yillik va haftalik mashg‘ulot yuklamalari hamda tiklanish vositalari bo‘yicha majmuaviy nazorat qilish yordamida mashg‘ulotlarni samarali tuzish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Dzyudochi-qizlarning mashg‘ulotlar jarayonida texnik va tezkor-kuch tayyorgarligi assimetriyasini tahlil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan uslubiyat, tajriba va tadqiqot natijalari asosida:
malakali dzyudochi qizlarning tezkor-kuch tayyorgaligini aniqlash hamda rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan sport trenajyorida bajariladigan maxsus mashqlar majmuasini qo‘llash yordamida mashg‘ulot (yillik oylik va haftalik) dasturlariga o‘zgartirish hisobiga tezkor-kuch, jismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talaba qizlarining mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston sport vazirligining 2024-yil 2-oktyabrdagi buyrug‘iga asosan 03-16/9728-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Xalqaro musobaqalarda 1 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza; O‘zbekiston chempionatlarida esa 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.
dzyudo kurashida sportchi qizlarning texnik hujum harakatlari va tezkor-kuch tayyorgarligi samaradorligini oshirish maqsadida kurashning asosiy texnik usullarini bajarish hamda bellashuvlar jarayoniga yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil etishda maxsus “ASIS WRESTLING” simulyasiya trenajyori orqali sportchilarning musobaqa oldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarida foydalanish hisobiga texnik harakatlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi sportchi qizlarining mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston sport vazirligining 2024-yil 2-oktyabrdagi buyrug‘iga asosan 03-16/9728-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus simulyasiya trenajyorida bajariladigan mashqlarni qo‘llash hisobiga maxsus jismoniy tayyorgarligi 12% ga yaxshilangan.
dzyudochi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot hamda musobaqa faoliyatida Nage-waza va Ne-waza holatidagi murakkab vaziyatlarni inobatga olib mashg‘ulot davomida texnik harakatlar hamda tezkor-kuch tayyorgarlik nisbatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan maxsus mashqlar majmuasi ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan vosita va uslublar bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi dzyudochi qizlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston sport vazirligining 2024-yil 2-oktyabrdagi buyrug‘iga asosan 03-16/9728-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning yakkalikda hamda juftlikda bajariladigan maxsus mashqlarni qo‘llash hisobiga jismoniy tayyorgarligi 15% ga yaxshilangan.
dzyudochi qizlarning musobaqa faoliyati natijadorligini oshirirish maqsadida  sportchi qizlarning yillik va haftalik mashg‘ulot yuklamalari hamda tiklanish vositalari bo‘yicha majmuaviy nazorat qilish yordamida mashg‘ulotlarni samarali tuzish metodikasi natijalari bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar “Teoriya i metodika dzyudo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston sport vazirligining 2024-yil 2-oktyabrdagi buyrug‘iga asosan 03-16/9728-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dzyudochi qizlarning musobaqa taqvim rejasi bo‘yicha texnik harakatlar va tezkor-kuch qobiliyatlari tayyorgarligini oshirishga yo‘naltirilgan haftalik dasturlar yordamida bellashuv potensiali samarali 18% ga optimallashtirildi hamda sportchi qizlarning murakkab texnik usullarining asimmetriyasi tahlili pedagogik tajribadan ko‘zlangan maqsadga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish