Tairova Madinabonu Baxtiyarovnaning
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitator sifatida kasbiy faoliyatga tayyorlashni didaktik takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped495
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Quronov Maxammadjon pedagogika fanlari doktori, professor; Abdurahimova Dilfuza Alievna; pedagogika fanlari doktori, professor; Yoqubjonova Xilola Najmiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitator sifatida kasbiy faoliyatga tayyorlashning samarali usullarini aniqlash va didaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitatsion yondashuvning asosiy komponentlari – refleksiv tahlil, moslashuvchan pedagogik kompetensiya va shaxsga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi yondashuv asosida “kasbiy faoliyat” tushunchasi, “tizimli professional nazariy bilimlar”, “amaliyotga yo‘naltirilgan funksional ko‘nikma”, “kreativ-adaptiv layoqat” shuningdek, “professional-didaktik jarayonlar” kabi tushunchalarni implementasiya qilish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitator sifatida tayyorlashda virtual muhit darajalari (reproduktiv, produktiv, ijodiy, yuqori darajada ijodiy)ni aniqlash va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni integratsiya qilish orqali kasbiy kompetensiyalarni innovatsion, analitik va metodologik asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitator sifatida tayyorlashda interaktiv va moslashuvchan o‘qitish texnologiyalari asosida milliy sharoitga mos va xalqaro standartlarga javob beradigan didaktik modeli ishlab chiqilib, kasbiy faoliyat motivasiyasini oshirishga yo‘naltirilgan motivlar hamda rag‘batlantiruvchi, imperativ, eksteriorizatsiya va ijtimoiy-pedagogik interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan pedagogik mexanizmlar bilan boyitilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida pedagogning fasilitator sifatida kasbiy faoliyatga tayyorgarligi va maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi o‘quv dasturlarning uzviyligi ta’lim-tarbiyaviy jarayonni boshqarish, zamonaviy didaktik texnologiyalarni joriy etish va shaxsga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy-diagnostik yondashuv asosida ilmiy-metodik va konseptual jihatdan aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitator sifatida kasbiy faoliyatga tayyorlashda metodika fanlarini o‘qitish orqali o‘zini o‘zi baholash va professional rivojlanishga yo‘naltirilgan reflektiv kompetensiyalar hamda kasbiy bilimlarni intensiv shakllantiruvchi kognitiv-diagnostik yondashuvlar asosida takomillashtirish, ilmiy-metodik asoslangan baholash indikatorlari va pedagogik-analitik usullar samaradorligini oshirish bilan boyitilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitator sifatida kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fasilitatsion yondashuvning asosiy komponentlari – refleksiv tahlil, moslashuvchan pedagogik kompetensiya va shaxsga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi yondashuv asosida “kasbiy faoliyat” tushunchasi, “tizimli professional nazariy bilimlar”, “amaliyotga yo‘naltirilgan funksional ko‘nikma”, “kreativ-adaptiv layoqat” shuningdek, “professional-didaktik jarayonlar” kabi tushunchalarni implementasiya qilish orqali aniqlashtirishga oid takliflari “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-515 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitator sifatida tayyorlashda virtual muhit darajalari (reproduktiv, produktiv, ijodiy, yuqori darajada ijodiy)ni aniqlash va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni integratsiya qilish orqali kasbiy kompetensiyalarni innovatsion, analitik va metodologik asosida takomillashtirishga oid takliflari “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-515 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologik jihatdan yondashish tizimi takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitator sifatida tayyorlashda interaktiv va moslashuvchan o‘qitish texnologiyalari asosida milliy sharoitga mos va xalqaro standartlarga javob beradigan didaktik modeli ishlab chiqilib, kasbiy faoliyat motivasiyasini oshirishga yo‘naltirilgan motivlar hamda rag‘batlantiruvchi, imperativ, eksteriorizatsiya va ijtimoiy-pedagogik interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan pedagogik mexanizmlar bilan takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Art-terapiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i, 429-338-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarda fasilitator sifatida kasbiy tayyorlashning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida pedagogning fasilitator sifatida kasbiy faoliyatga tayyorlanishi maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi o‘quv dasturlarning uzviyligi ta’lim-tarbiyaviy jarayonni boshqarish, zamonaviy didaktik texnologiyalarni joriy etish va shaxsga yo‘naltirilgan kompetensiyaviy-diagnostik yondashuv asosida ilmiy-metodik va konseptual jihatdan aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Art-terapiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i, 429-338-raqamli guvohnoma). Natijada “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi o‘quv dasturlarning uzviyligiga erishilgan;
metodika fanlarini o‘qitish orqali bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitator sifatida kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘zini o‘zi baholash va professional rivojlanishga yo‘naltirilgan reflektiv kompetensiyalar hamda kasbiy bilimlarni intensiv shakllantiruvchi kognitiv-diagnostik yondashuvlar asosida takomillashtirish, ilmiy-metodik asoslangan baholash indikatorlari va pedagogik-analitik usullar samaradorligini oshirish bilan boyitilgan taklif va tavsiyalari “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-515 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida bo‘lajak tarbiyachilarni fasilitator sifatida kasbiy faoliyatga tayyorlashning didaktik imkoniyatlari samaradorligining oshishiga erishilgan.