Yuldashev Aziz Baynazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishning nazariy asoslari va samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt317.
Ilmiy rahbar: Rasulov Tulkin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.1.16.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulev Alisher Fayzievich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Tashpulatova Laylo Maratovna Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tuqimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishning nazariy asoslari va samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishga yondashuv maqsadli hududlarni xususiy investrlarga konsessiyaga bergan holda hududda infrastrukturani yaratish va ularni boshqa ishtirokchilarga tijorat asosida berish byudjet xarajatlarini kamaytirish, xususiy kapitalni jalb qilish va multiplikativ samaraga erishishga ko‘ra nazariy-uslubiy jihatdan takomillashtirilgan;
erkin iqtisodiy zonalarning iqtisodiy resurslardan maqsadli foydalanish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishdagi drayverlik qobiliyati nazariy-uslubiy jihatdan asoslangan holda iqtisodiy tsikllarning asosiy innovasion, texnologik, ishlab chiqarish va realizasiya bosqichlarining sinxronlashtirilgan harakatlari erkin iqtisodiy zonalarning bosqichlardagi harakati tavsifiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
erkin iqtisodiy zonalarning global iqtisodiy inqirozli holatlar sharoitida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni yumshatish funksiyasi o‘sish davrida investisiyalar va innovasiyalarni akkumuliyasiyalash hamda sekinlashuv bosqichida infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash va resurslarni qayta taqsimlashga ko‘ra nazariy-uslubiy jihatdan aniqlashtirilgan holda amaldagi yondashuvlar faoliyatni uch fazali o‘sish, sekinlashuv va stabilizasiya (barqarorlik)ka ko‘ra (chuqur turg'unlikdan tashqari) tashkil qilish asosida takomilashtirilgan;
erkin iqtisoliy zonalar faoliyatini baholash yondashuvi ijtimoiy-iqtisodiy, innovasiya, investisiya, ekologiya, infratuzilma va boshqaruv jihatlari bo‘yicha patent va lisenzlardan foydalanish, sub’ektlardan soliq tushumlari hajmi, o‘rtacha ish haqining boshqa hududlardan farqlanishi, ekologik xavfsizlik kabilar ustuvorligiga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
EIZni tashkil qilishning nazariy asoslari va samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishga yondashuv maqsadli hududlarni xususiy investrlarga konsessiyaga bergan holda hududda infrastrukturani yaratish va ularni boshqa ishtirokchilarga tijorat asosida berish asosida byudjet xarajatlarini kamaytirish, xususiy kapitalni jalb qilish va multiplikativ samaraga erishishga ko‘ra nazariy-uslubiy jihatdan takomillashtirilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilashda foydalangan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 29-yanvardagi 4/17-25/1-344-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takomillashtirilgan yondashuv EIZni tashkil qilish imkoniyatlarini kengaytirishda EIZ infratuzilmani maqsadli rivojlantirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish va xususiy kapitalni maqsadli jalb qilish, multiplikativ samaraga asoslangan holda faoliyat samaradorligini oshirishga nazariy-uslubiy jihatdan xizmat qilgan;
nazariy jihatdan EIZning iqtisodiy resurslardan maqsadli foydalanish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishdagi drayverlik qobiliyati asoslangan holda iqtisodiy tsikllarning asosiy innovasion, texnologik, ishlab chiqarish va realizasiya bosqichlarining sinxronlashtirilgan harakatlari erkin iqtisodiy zonalarning bosqichlardagi harakati tavsifiga ko‘ra aniqlashtirilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan tegishli iqtisodiy ta’lim standartlarini takomillashtirishda hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan maqsadli dasturlarni uslubiy jihatdan muayyan darajada asolashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 29-yanvardagi 4/17-25/1-344-sonli, Savdo-sanoat palatasining 2021-yil 7-apreldagi 11/04-20-2727-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklif tegishli oliy ta’lim muassasalari talabalari va Savdo-sanoat palatasining malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tadbirkorlar bilim va ko‘nikmalarni ilmiy asosda mustahkamlashga hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan maqsadli hujjatlar va dasturlarni nazariy-uslubiy jihatdan asoslashga muayan darajada xizmat qilgan;
erkin iqtisodiy zonalarning global iqtisodiy inqirozli holatlar sharoitida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni yumshatish funksiyasi o‘sish davrida investisiyalar va innovasiyalarni akkumuliyasiyalash hamda sekinlashuv bosqichida infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash va resurslarni qayta taqsimlashga ko‘ra nazariy-uslubiy jihatdan aniqlashtirilgan holda amaldagi yondashuvlar faoliyatni uch fazali o‘sish, sekinlashuv va stabilizasiyaga ko‘ra (chuqur turg'unlikdan tashqari) tashkil qilish asosida takomilashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan tegishli iqtisodiy ta’lim standartlarini takomillashtirishda hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan maqsadli dasturlarni uslubiy jihatdan muayan darajada asolashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 29-yanvardagi 4/17-25/1-344-sonli, Savdo-sanoat palatasining 2021-yil 7-apreldagi 11/04-20-2727-sonli ma’lumotnomalari), taklif jahon miqyosida sodir bo‘lgayotgan iqtisodiy inqirozli sharoitlarda EIZ faoliyatini rivojlantirishga oid dasturlarni ishlab chiqish va maqsadli kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga muayan darajada xizmat qilgan;
erkin iqtisoliy zonalar faoliyatini baholash yondashuvi ijtimoiy-iqtisodiy, innovasiya, investisiya, ekologiya, infratuzilma va boshqaruv jihatlari bo‘yicha patent va lisenzlardan foydalanish, sub’ektlardan soliq tushumlari hajmi, o‘rtacha ish haqining boshqa hududlardan farqlanishi, ekologik xavfsizlik kabilar ustuvorligiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan tegishli iqtisodiy ta’lim standartlarini takomil-lashtirishda hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tarmoq va hududiy dasturlarni uslubiy jihatdan muayyan darajada asoslashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 29-yanvardagi 4/17-25/1-344-sonli, Savdo-sanoat palatasining 2021-yil 7-apreldagi 11/04-20-2727-sonli ma’lumotnomalari), ushbu taklif erkin iqtisodiy zonalar faoliyati natijalarini baholash aniqligiga ko‘ra boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirishga muayan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish