Saitkamalova Saodat Sabirxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3188
Ilmiy maslahatchi: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar:. Qodirov Abdusattorxo‘ja, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamdamova Gavxar Absamatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda elektr energiya ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
molibden disulfidi mahsulotidan foydalangan holda suv, tuz va qalinligi 3 atomli membranadan iborat bo‘lgan va elektr energiyasi ishlab chiqarishning OSMOS jarayoni asosidagi Osmotik stansiyani o‘rnatishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
IEC61850-9.2 protokolini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ra raqamli inter-feysga ega tok oqimi va kuchlanish transformatorlari asosida xavfsizlik darajasini oshirish, tezkor ishlash, kichik o‘lcham va engil vaznga ega bo‘lgan raqamlashtirilgan podstansiyalar taklif qilingan;
respublika elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi va unga ta’sir etuvchi 5 turdagi omillar asosida 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan;
iqtisodiy jihatdan an’anaviy podstansiyalarni raqamli stansiyalarga o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, bosqichma-bosqich tashkiliy-iqtisodiy va texnik-texnologik tadbirlarni, jumladan modernizatsiyalash jarayonida o‘lchov qurilmalarini raqamli asboblarga o‘tkazish, xodimlar malakasini texnologiyalarga muvofiq holda oshirib borish, raqamlashtirishga ko‘ra boshqaruv mexanizmlarini soddalashtirish, avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish podstansiyalarga o‘tish, obektlarni himoya qilishning an’anaviy usullaridan voz kechib borish yuzasidan taklif ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
molibden disulfidi mahsulotidan foydalangan holda suv, tuz va qalinligi 3 atomli membranadan iborat bo‘lgan va elektr energiyasi ishlab chiqarishning OSMOS jarayoni asosidagi Osmotik stansiyani o‘rnatishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif Respublikadagi issiqlik elektr stansiyalari faoliyatiga joriy qilingan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-01-4/34 sonli ma’lumotnomasi). Taklifni qo‘llash natijasida korxonadagi 1 m² membrana 1 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish mumkinligi ilmiy jihatdan asoslangan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
IEC61850-9.2 protokolini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ra raqamli inter-feysga ega tok oqimi va kuchlanish transformatorlari asosida xavfsizlik darajasini oshirish, tezkor ishlash, kichik o‘lcham va engil vaznga ega bo‘lgan raqamlashtirilgan podstansiyalar bo‘yicha taklif energetika tarmog‘i sanoati korxonalari faoliyatiga joriy qilingan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-01-4/34 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida energiya ob’ektiga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 15% gacha kamaytirish va iqtisod qilishga erishishga muayyan darajada xizmat qilgan;
respublika elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi va unga ta’sir etuvchi 5 turdagi omillar asosida 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlar bo‘yicha takliflar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga qarashli stansiyalarni strategik rivojlantirish dasturiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-01-4/34-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif respublikada issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 2030 yilga kelib 86,2 mlrd.kVt.soatga etishini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
iqtisodiy jihatdan an’anaviy podstansiyalarni raqamli stansiyalarga o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi asoslanib, bosqichma-bosqich tashkiliy-iqtisodiy va texnik-texnologik tadbirlarni, jumladan modernizatsiyalash jarayonida o‘lchov qurilmalarini raqamli asboblarga o‘tkazish, xodimlar malakasini texnologiyalarga muvofiq holda oshirib borish, raqamlashtirishga ko‘ra boshqaruv mexanizmlarini soddalashtirish, avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish podstansiyalarga o‘tish, obektlarni himoya qilishning an’anaviy usullaridan voz kechib borish yuzasidan takliflar tizim korxonalari faoliyatiga, jumladan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ istiqbol rejasini ishlab chiqishda va amaliy faoliyatida foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining 2024 yil 10 dekabrdagi 02-01-4/34-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar soha raqobatbardoshligini oshirish va yashil energetikaga o‘tishning tashkiliy-iqtisodiy va texnik-texnologik mazmunini boyitishga muayyan darajada xizmat qilgan.