Sherkabilov Sherali Abduramatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshkachilikni barqaror rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3PhD/Iqt241
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodov Sherzod Murod o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kartoshkachilikni barqaror rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Kartoshka urug‘i importining tarmoq rivojiga ta’sirining integral koeffisienti”ni aniqlash asosida urug‘ importining tarmoqning barqarorlik darajasiga ta’sirini “qoniqarsiz” (0,55 gacha), “qoniqarli” (0,55-0,77) va “me’yoriy” (0,78-1,0) oralig‘idagi koeffisientlar va mezonlar orqali tabaqali baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan;
kichik hajmda kartoshka etishtiruvchi sub’ektlar (dehqon va tomorqa xo‘jaliklari) tomonidan mahsulotni sotish jarayonini markazlashgan tizim doirasida tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida savdo-tijorat kooperativlari faoliyatini modellashtirish va kooperativning yakuniy yalpi  daromadini ta’sischilar o‘rtasida ulushbay tabaqali taqsimlash mexanizmi ishlab chiqilgan;
iqlim o‘zgarishi va omillari, hududlarning tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlarini hisobga olgan holda respublikamizda kartoshka etishtirish hajmining 2028 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
ichki kartoshka mahsulotlari bozori va mahalliy kartoshkachilikni barqaror rivojlantirishga doir asoslab berilgan shartlarni samarali amalga  oshirishni tashkil qilish maqsadida Respublika “Kartoshkachilik uyushmasi” faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshkachilikni barqaror rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
kartoshka ishlab chiqarish ta’sir etuvchi omillarning ta’sir darajalari aniqlangan hamda kartoshka urug‘i importining soha rivojiga ta’sirini integral baholashda omillar va ko‘rsatkichlarlarni inobatga olgan holda “kartoshka urug‘i importining soha rivojiga ta’sirining integral koeffisienti”ni aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuv O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari kengashi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 22 maydagi №01/04-1021-son ma’lumotnomasi).) Ushbu uslubiy yondashuv asosida hududlarning kartoshka etishtiruvchi ham ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni urug‘chilik importiga bo‘lgan qaramlilik darajasini baholash imkoniyatini beradi;
sotuv kooperatorlarini tashkil etish, kooperativ umumiy daromadini adolatli taqsimlash mexanizmi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari kengashi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 22 maydagi №01/04-1021-son ma’lumotnomasi).  Natijada, mahsulot ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish-ni rag‘batlantirish asosida mahsulot yo‘qotish darajasini kamaytirish, mahsulot sotish jarayonida ortiqcha bo‘g‘inlarni qisqartirish imkoniyati yaratiladi.
ishlab chiqarish hamda iqlim omillarini nazarda tutilgan holda respublikamizda kartoshka etishtirish hajmini 2028 yilgacha bo‘lgan istiqbollari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari kengashi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 22 maydagi №01/04-1021-son ma’lumotnomasi). Xususan, respublikada kartoshka etishtirish ko‘rsatkichlari yillar kesimida o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, hisob-kitoblarga ko‘ra, 2028 yilda kartoshka etishtirish hajmi 2022 yilga nisbatan 113,74 foizga ortishi bashorat qilingan.
respublikada ichki iste’mol bozori talabini barqaror ta’minlash maqsadida mahalliy kartoshkachilik tizimini yaratishga yo‘naltirilgan “Kartoshkachilik uyushmasi” faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari kengashi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa er egalari kengashining 2024 yil 22 maydagi №01/04-1021-son ma’lumotnomasi).) Natijada, kartoshka urug‘i bilan ichki iste’mol bozori ta’minlash, importga qaramlilik darajasini pasaytirish imkoniyati yaratiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish