Avezov Humoyun Ilxomovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Samarqand viloyatida yong‘oq  ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish imkoniyatlari”,               08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2524
Ilmiy rahbar: Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari     nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi      muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar:
Rustamova Iroda Bahromjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,
Fayzieva Shirin Shodmonovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
     II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand vilouatida yong‘oq ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
   III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Samarqand viloyatida yong‘oq sanoatining qiymat zanjirini takomillashtirish va logistik yondashuv asosida ishtirokchilar daromadlarini 16 foizga oshirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Yong‘oqni ichki va tashqi bozorda samarali sotish tizimini tashkil etish orqali aholi daromadini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari yaratilgan va tarmoq uchun 12 foizga  takomillashgan kanal modeli ishlab chiqilgan.
Yong‘oqni qayta ishlash va eksport qilishning xalqaro ilg‘or tajribalaridan foydalanib, xalqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarish va sotish ishlarini samarali tashkil qilish mexanizmlari 9 foizga takomillashtirilgan.
Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligi sub’ektlari faoliyati doirasida     2024–2030 yillarga mo‘ljallangan yong‘oq etishtirish prognoz parametrlari    2030-yilgacha yong‘oq ishlab chiqarish miqdori, ya’ni yalpi yong‘oq hosili 21617,9 tonnaga oshishi uoki 125,1 foizga yong‘oq ishlab chiqarish ortishi prognozi tahlillar natijasida asoslanib  ishlab chiqilgan.
         IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatida yong‘oq ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishning tashkiliy iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand viloyatida yong‘oq etishtirish va sotish qiymat zanjirida ishtirok etuvchilarning daromadlari ulushini iqtisodiy baholangan, birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlarga asoslangan tahlillar orqali yong‘oqchilik sanoatining kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlari aniqlangan, shuningdek yong‘oq etishtirish, qayta ishlash va eksportning iqtisodiy ta’sirini yoritib, qiymat zanjirini takomillashtirish va hududning global bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi”da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/06-04-475-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklif asosida yong‘oq etishtirish va sotish qiymat zanjiridagi ishtirokchilar daromadlarini 16 foizga oshirishga imkon beradi;
yong‘oqni ichki va tashqi bozorda samarali sotish tizimini (zamonaviy marketing usullarini) tashkil etish orqali aholi daromadini oshirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari yaratilib yong‘oq etishtiruvchi xo‘jalik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari taklif etilgani holda yong‘oq etishtiruvchi xo‘jaliklar uchun qo‘shimcha qiymat va eksport marketingi integratsiyasi shakllantirilgan va tarmoq uchun 12 foizga takomillashgan kanal modeli ishlab chiqilgan va “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi”da amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-uil 8-oktyabrdagi 05/06-04-475-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklifni joriy etilishi yong‘oq etishtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlari daromadini oshirishga xizmat qiladi;
yong‘oqni qayta ishlash va eksport qilishning xalqaro ilg‘or tajribalardan foydalanib, xalqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarish va sotish ishlarini samarali tashkil qilish mexanizmlarini 9 foizga  takomillashtirish bo‘yicha taklif, tavsiyalar tayyorlangan va “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish” agentligi, “UzTest” DMning “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi”da, shuningdek “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi”da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil               8-oktyabrdagi 05/06-04-475-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklif o‘z mahsulotlarini eksport qilish uoki kengaytirish jarayonini boshlash uchun agrobiznes vakillariga etarlicha amaliy ma’lumot berish bilan birgalikda xorijiy davlatlarning mahsulotlarga qonuniy va bozor talablari, shu jumladan tariflar, narxlash mexanizmlari, ishlab chiqarish qoidalari, sanitariya, fitosanitariya choralari va eksport uchun boshqa texnik talablar, shuningdek chet eldagi asosiy bozor segmentlari xaridorlarining qadoqlash shartlari, etkazib berish muddati, miqdori va sifati bo‘uicha potensial eksportchilarga jarayonlarni yaxshiroq tushunishga va o‘zlarining eksport strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi.
    ichki bozorni to‘yintirish va eksportni kengaytirishga qaratilgan qishloq xo‘jaligi sub’ektlari faoliyati doirasida Samarqand viloyatida grek yong‘og‘ini etishtirishning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ARIMA modelida ishlab chiqilgan va “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi”da amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-uil 8-oktyabrdagi 05/06-04-475-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi sub’ektlari tomonidan 2030-yilgacha yong‘oq ishlab chiqarish miqdori, ya’ni yalpi yong‘oq hosili 21617,9 tonnaga oshishi, ya’ni viloyada 2023-yilda 17285 tonna yong‘oq ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2030-yil 2023-yilga nisbatan 4332,9 tonna yoki 125,1 foizga yong‘oq ishlab chiqarish ortishi prognozi tahlillar natijasida asoslangan. Ushbu yangilikni asosini tashkil etuvchi mexanizmlarni qo‘llanishi yong‘oq ishlab chiqarishni sezilarli oshirishga erishiladi;
    “Evropa Ittifoqi bozorlariga yong‘oq eksporti” nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi 05/06-04-475-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu qo‘llanma agrobiznes sohasi mutaxassislari, olimlari va oliy ta’lim muassasalari talabalari, magistrlari va yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarga hamda yong‘oq bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga muhim ilmiy uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish