Yusupova Adolat Primqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dual ta’lim asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped4260.
Ilmiy rahbar: Kadirov Xayot Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2013.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nuriddinov Bahodir Sobirovich, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy, konseptual, sinergetik yondashuv asosida professional ta’limda amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy mazmuni bilan nazariy tahlillar natijalarini integrasiyalash orqali dual ta’lim shaklining pedagogik aspektlari kategoriyalari aniqlashtirilgan;
dual ta’lim asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik tuzilmasi mazmuni hamkorlikda o‘qitish, individual yo‘nalganlik, variativ mustaqil ta’limga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli motivatsion hamkorlik va kasbiy vaziyatga yo‘naltirilgan “Cooperative learning” va “Score-2” kabi muammoli o‘qitish ta’lim texnologiyalarini ta’limning tarkibiy-tashkiliy komponentlari(motivatsion- akmeologik, ontologik-kognitiv, texnologik-faoliyatli va refleksiv) ga yaxlitlash orqali takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasalarida amaliyot va nazariyaning muqobil almashinuvchanligini ta’minlash va malaka talablaridan kasbiy bilimlarni sintezlash asosida ta’lim oluvchilarning kasbiy rivojlanganligini baholash mezonlarini (kongitiv, reproduktiv-faoliyatli, rpoduktiv-faoliyatli, mustaqil-innovatsion) ishlab chiqish orqali dual ta’limning protsessual va metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dual ta’limi asosida professional ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida.
Dual ta’lim jarayonida ta’lim beruvchilarning integrallashgan samarali faoliyati aspektlarini optimallashtirish, kasbiy vaziyatga asoslangan simmetrik-muammoli o‘qitish materiallari asosida dual ta’limda o‘qitishning didaktik ta’minoti takomillashtirishga oid takliflar 40711502-Xarakatlanuvchi tarkib (Elektrovozlar, Elektropoezdlar) elektr jixozlarini ta’mirlash elektr chilangari, 40711519-Temir yo‘llardan texnik foydalanish va ta’mirlash, 40711507-Temir yo‘l transportida elektr ta’minoti kasblarining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022 yil 30-avgustdagi 295-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan). (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 16 maydagi 4/17-4/2-611-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
Professional ta’lim tizimida dual ta’limi asosida o‘qitishning metodik ta’minoti shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, tizimlilik va izchillik, ta’limning amaliy yo‘nalganligi tamoyillariga asoslangan ta’lim texnologiyalari (Cooperative learning, Score-2, Jigsaw)ni qo‘llash orqali “Temir yo‘l umumiy kursi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i), (№537586) (UO‘K: 625.10) uchun mualliflik guvohnomalari  olingan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan.  (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 16 maydagi 4/17-4/2-611-son ma’lumotnomasi).  Natijada dual ta’lim asosida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish