Uralov Sirojiddin Axmadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Professional ta’lim muassasasida ishlab chiqarish talimi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish” 13.00.05–“Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped4257
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich - iqtisod fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Feruz Xasanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Professional ta’lim muassasasida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim tizimida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari kasbiy faoliyatli axborot ta’lim muhitini yaratish, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentligi tarkibiy komponentlarini (maxsus-texnologik, shaxsiy-motivatsion, tashkiliy, metodik, raqamli, ijtimoiy-psixologik) aniqlash asosida takomillashtirilgan;
ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning axborotli, rivojlanuvchi, innovatsion funksiyalarni bajaruvchi modeli akmeologik, murakkablashtirish, ijtimoiy, fasilitatsiya, kreativlik tamoyillari hamda professional ta’lim muassasi sharoitida ishlab chiqarish ta’limi ustasining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayonining tashkiliy va metodik ta’minoti asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasasida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish metodikasi Loyiha, Flipped Classroom, Zone of Proximal Development hamda “Masters method” metodlar jamlanmasi asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim muassasasida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining masofaviy platforma yordamida o‘qitish tizimi individual, faoliyatga yo‘naltirilgan, tizimli-faoliyatli, kompetentli yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Professional ta’lim muassasasida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
professional ta’lim muassasasida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga oid didaktik imkoniyatlari hamda konseptual metodik tizimiga asoslangan tashkiliy-tuzilmaviy modelining rivojlantiruvchi bosqichlari komponentlariga uyg‘unlashtirish asosida rivojlanganligiga oid xulosalardan “Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentliligini rivojlantirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i, 120355-raqamli nashr guvohnomasi), “Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining maxsus-texnologik kompetentliligini rivojlantirish” (Professional ta’limni rivojlantirish institutining 2022-yil 23-sentyabrdagi 12-sonli ilmiy-pedagogik kengashi) va “Professinal ta’lim muassasasida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentliligini takomillashtirish” (Professional ta’limni rivojlantirish institutining 2023-yil 26-maydagi 5-sonli ilmiy-pedagogik kengashi) nomli uslubiy qo‘llanmalarida foydalanilgan. Natijada professional ta’lim muassasasida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentligini samarali rivojlantirishga erishilgan;
professional ta’lim muassasasida ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentligi tarkibiga kiruvchi maxsus-texnologik, shaxsiy-motivatsion, tashkiliy, metodik, raqamli va ijtimoiy – psixologik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Masters method” metodlar jamlanmasini qo‘llash asosida kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilganligi hamda kasbiy-pedagogik kompetentligi rivojlanganligini aniqlashning kognitiv, motivatsion, faoliyatli va refleksiv mezoni kabi xulosalardan kasbiy-pedagogik kompetentli ishlab chiqarish ta’limi ustasi shakllanishiga erishilgan.