Agalieva Xabiba Narmaxmad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4252
Ilmiy rahbar: Raxmatullaeva Durdona Ravshanovna – pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.12.2023. Ped 48.01
Rasmiy opponentlar: Choriev Ruzimurot Kungratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimov Azam Anvarovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentlikni shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
    individuallashtirish va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillar asosida kasb-hunar maktabi o‘quvchilarida kommunikativ kompetentlilikni shakllantirishning tarkibiy tuzilmasi komponentlari mazmuni kasbiy faoliyatga integratsiyalashgan holda takomillashtirilgan;
    kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentlilikni shakllantirishning pedagogik modeli kompetentli, faoliyatli va tizimli yondashuvlar asosida  takomillashtirilgan;
    kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash orqali “Communicative problem map”, “Communicative problem tree”, “Communicative problem review” ta’lim metodlari yordamida kommunikativ kompetentlilikni shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan va uning didaktik ta’minoti yaratilgan;
    kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentlilikni shakllanganlik darajasining kasbiy-motivatsion, kasbiy-kognitiv, kasbiy-faoliyatli baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda matematik-statistik tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
    Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentlikni shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda individuallashtirish va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillar asosida kasb-hunar maktabi o‘quvchilarida kommunikativ kompetentlikni shakllantirishning tarkibiy tuzilmasi komponentlari motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarini mazmuni takomillshatirishga doir takliflari “Avtomobillar tuzilishi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining kommunikativ kompetentlilikni shakllantirishga xizmat qilgan;
    kasb-hunar maktablari o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentlilikni shakllantirishning mantiqiy-funksional tuzilmasiga asoslangan pedagogik modeli maqsad, mazmuniy, jarayoniy, baholovchi-natijaviy bosqichlari takomillshatirishga doir tavsiyalardan  “Yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik savodxonligini oshirish va o‘z o‘zini bandligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini (onlayn veb-portal) yaratish” nomli innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining kommunikativ kompetentlilikni shakllantirishga qaratilgan multimedia resurslaridan iborat tashkiliy komponentlari ishlab chiqilgan;
     kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash orqali “Communicative problem map”, “Communicative problem tree”, “Communicative problem review” ta’lim metodlari yordamida kommunikativ kompetentlilikni shakllantirish metodikasi “Kommunikativ muammoni aniqlash” (Identification of communicative problem) metodlar jamlanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining kommunikativ kompetentlilikni shakllantirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning metodik va didaktik ta’minoti takomillshatirilgan;
kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentlilikni shakllanganlik darajasining kasbiy-motivatsion, kasbiy-kognitiv, kasbiy-faoliyatli baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan takliflar “Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kommunikativ kompetentlilikni shakllantirish” uslubiy qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligining shakllanganlik darajalarini baholash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish