Alimnazarov Olim Mengliboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish” 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4647
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich - pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nuriddinov Bahodir Sobirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini shakllantirishda mustaqil ta’limni samarali tashkil etish uchun elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari (intellektual o‘rgatuvchi tizimliligi), pedagogik shart-sharoitlari (intellektual va fiziologik imkoniyatlari chegaralarida o‘quv materiallarining obrazli hamda mantiqiy fikrlash tafakkurini, shuningdek fanlararo mantiqiy uzviylikligini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi) hamda ta’lim resurslaridan effektiv foydalanishga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron ta’lim resurslaridan (“real-study.uz” web-sayti) foydalanish orqali o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minot, interaktiv o‘quv metodikasi takomillashtirilgan;
kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron resurslardan foydalanishning takomillashtirilgan pedagogik modeli maqsadli, jarayonli hamda natijaviy komponentlar asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’limni tashkil etishda elektron ta’lim resurslardan foydalanish borasida o‘quvchilarda o‘quv-bilish kompetentligining shakllanganlik darajalari (reproduktiv, produktiv, kognitiv hamda kreativ mezonlar) orqali baholangan, shuningdek olingan natijalar asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishining natijalari orqali:
kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining o‘quv-bilish kompetentligini shakllantirishda mustaqil ta’limni samarali tashkil etish uchun elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari (intellektual o‘rgatuvchi tizimliligi), pedagogik shart-sharoitlari (intellektual va fiziologik imkoniyatlari chegaralarida o‘quv materiallarining obrazli hamda mantiqiy fikrlash tafakkurini, shuningdek fanlararo mantiqiy uzviylikligini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi) hamda ta’lim resurslaridan effektiv foydalanishga ustuvorlik berishga qaratilgan takliflarimizdan “Texnikaviy chizmachilik” hamda “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanlari misolida ishlab chiqilgan. O‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish o‘quv-bilish kompetentligini shakllantirishga qaratilgan real-study.uz web-sayti hamda “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanidan “Ko‘p konturli boshqarish tizimining uzatish funksiyalarini aniqlash dasturi” va “Mustaqil ta’lim jarayonida tasmali uzatmalarning kinematikasini aniqlash dastur”larini yaratishda foydalanilgan (Intellektual mulk agentligining 2023-yil 1-maydagi №25204, 2023-yil 27-apreldagi №25087 hamda 2022-yil 3-martdagi № 00574 guvohnomalari). Natijada, mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish o‘quv-bilish kompetentligini shakllantirishga qaratilgan metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron resurslaridan foydalanish metodikasi, maqsadli, jarayonli hamda natijaviy komponentlar orqali takomillashtirishga oid takliflarimizdan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019-2022-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER-“Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi qo‘shma loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 06/12-1684-son ma’lumotnoma). Natijada, mazkur takliflarimizdan o‘quvchilarning “Texnikaviy chizmachilik” hamda “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanlaridan mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron resurslaridan foydalanishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarining sifatini ta’minlashda foydalanilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-bilish kompetentligining reproduktiv, produktiv, kognitiv hamda kreativ shakllanganlik darajasi mezonlari orqali baholashga oid takliflarimizdan “Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash” yo‘nalishi uchun “Texnikaviy chizmachilik” hamda “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanlaridan mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron resurslaridan foydalanish o‘quv-bilish kompetentligining shakllanganlik darajasini obektiv baholashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 4/17-4/2-754-son ma’lumotnoma). Natijada, bu baholash mezonlari, o‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish