Yangiboev Abdimalik Eshmurodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublikamizda yaratilgan xashaki lavlagi navlarini sigirlar sut mahsuldorligiga ta’siri”, 06.02.03– Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Qx326
Ilmiy maslahatchi: Yuldashov Nurbek Ergashevich, veterinariya fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shaptakov Erkin Suyunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Baxriddinov Fayoziddin Baxriddinovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizda yaratilgan O‘zbekiston-83 va Hosildor navli xashaki lavlagining ildizmevasi bilan oziqlantirish orqali II-laktatsiyadagi sog‘in sigirlar ratsionlarida kuz-qish oylarida aniqlanadigan oqsil-qand nisbatining buzilishini, sog‘in sigirlarning kuz-qish oylarida sut mahsuldorligini oshirish va ularning sut berishida kechadigan moddalar almashinuvi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston-83 va Hosildor navli xashaki lavlagilarning ildizmevasini golshtinlashtirilgan qora-ola zotli sigirlar ratsioniga qo‘shib berilganda sut tarkibidagi quruq modda 0,11-0,15% ga oshganligi isbotlangan;
O‘zbekiston-83 navli lavlagining ildizmevasini golshtinlashtirilgan qora-ola zotli sigirlar ratsioniga qo‘shib berilganda sigirlar qonidagi umumiy oqsillar 0,53 mmol/l ga yoki 13,35% ga oshganligi isbotlangan;
O‘zbekiston-83 navli xashaki lavlagi berib boqilgan tajribadagi har bir sigirdan 90 kunlik dastlabki laktatsiya davomida o‘rtacha 9,9% yog‘, 12,7% oqsil ko‘p olinganligi isbotlangan;.
Hosildor navli xashaki lavlagi berib boqilgan tajribadagi har bir sigirdan 90 kunlik dastlabki laktatsiya davomida o‘rtacha 9,9 % yog‘, 11,2 % oqsil ko‘p olinganligi isbotlangan;
O‘zbekiston-83 va Hosildor navli xashaki lavlagidan 12 kg qo‘shib berilgan guruhlardagi sigirlarining sutdorlik koeffisienti nazorat guruh sigirlardan tegishli ravishda 114,7 kg yoki 15,6 % ga va 90,4 kg yoki 12,2 % ga yuqori bo‘lganligi isbotlangan;
O‘zbekiston-83 navi berib boqilgan I tajriba va Hosildor navi berib boqilgan I tajriba guruhi sigirlari nazorat guruhidagi sigirlarga nisbatan har bir bosh sigirlarning laktatsiya mobaynida 1852800,00 so‘m ko‘p xarajat qilingan bo‘lib, iqtisodiy samaradorlik darajasi I guruhda 26,8 % va II tajriba guruhda 21,2 %ni, nazorat guruhiga nisbatan 6,5 va 0,9 %ga oshganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xashaki lavlagi O‘zbekiston-83 va Hosildor navlari ildizmevasi sigirlar sut mahsuldorligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Sog‘in sigirlarga kuz-qish oylarda asosiy ratsionning 10% ni Respublikamizda yaratilgan O‘zbekiston-83 va Hosildor navli xashaki lavlagi ildizmevalari bilan oziqlantirish Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi “Saman Samo” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 20.11 dagi 02/23-651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirdan 3849250 so‘m sof foyda olingan. Joriy qilingan ish natijalari asosida olingan solishtirma iqtisodiy samaradorlik ming so‘m xarajatga 1268 so‘mdan daromad olingan.
Sog‘in sigirlarga kuz-qish oylarda asosiy ratsionning 10% ni Respublikamizda yaratilgan O‘zbekiston-83 va Hosildor navli xashaki lavlagi ildizmevalari bilan oziqlantirish Yangiyo‘l tumani “Jamol ota chorva nasl” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 20.11 dagi 02/23-651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirdan 3026650 so‘m sof foyda olingan. Joriy qilingan ish natijalari asosida olingan solishtirma iqtisodiy samaradorlik ming so‘m xarajatga 1212 so‘mdan daromad olingan.
Sog‘in sigirlarga kuz-qish oylarda asosiy ratsionning 10% ni Respublikamizda yaratilgan O‘zbekiston-83 va Hosildor navli xashaki lavlagi ildizmevalari bilan oziqlantirish Yangiyo‘l tumani “Muxtor ota nabiralari” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 20.11 dagi 02/23-651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirdan 3456780 so‘m sof foyda olingan. Joriy qilingan ish natijalari asosida olingan solishtirma iqtisodiy samaradorlik ming so‘m xarajatga 1244 so‘mdan daromad olingan.
Sog‘in sigirlarga kuz-qish oylarda asosiy ratsionning 10% ni Respublikamizda yaratilgan O‘zbekiston-83 va Hosildor navli xashaki lavlagi ildizmevalari bilan oziqlantirish Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “Kesh Diyorbek chorva Baraka” xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 20.11 dagi 02/23-651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirdan 2926650 so‘m sof foyda olingan. Joriy qilingan ish natijalari asosida olingan solishtirma iqtisodiy samaradorlik ming so‘m xarajatga 1156 so‘mdan daromad olingan.
Sog‘in sigirlarga kuz-qish oylarda asosiy ratsionning 10% ni Respublikamizda yaratilgan O‘zbekiston-83 va Hosildor navli xashaki lavlagi ildizmevalari bilan oziqlantirish Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani “GREAT GOLD GAZ” oilaviy korxonasida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 20.11 dagi 02/23-651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada har bir bosh sigirdan 3011280 so‘m sof foyda olingan. Joriy qilingan ish natijalari asosida olingan solishtirma iqtisodiy samaradorlik ming so‘m xarajatga 1196 so‘mdan daromad olingan.