Xoljigitov Asqar Marifjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chetdan keltirilgan golshtin zotli g‘unojinlarni birinchi tug‘ishda sersut qilish texnologiyasi”, 06.02.03– Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD /Qx1446
Ilmiy rahbar: Ruziev Raxmonqul Istamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Normurod Eshmamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati sharoitida chetdan keltirilgan nemis seleksiyasidagi golshtin zotli sigirlarning asosiy xo‘jalik foydali belgilariga va mahsuldorlik xususiyatlariga oziqlantirish ratsioni to‘yimligini 10-15% oshirish orqali sersut qilishning sut mahsuldorligiga ta’sirini aniqlash hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati sharoitida chetdan keltirilgan golshtin zotli g‘unojinlarni birinchi tug‘ishda sut mahsuldorligi oziqlantirish ratsioni to‘yimliligini oshirish orqali sersut qilish davrining maqbul muddatlar aniqlangan;
chetdan olib kelingan golshtin zotli birinchi tug‘ishdagi sigirlarni sersut qilish davrida oziqlantirish ratsioni to‘yimliligini 10-15 % oshirishning sut mahsuldorligi, tirik vazni va elin shakllariga ta’siri aniqlangan;
chetdan olib kelingan golshtin zotli birinchi tug‘ishdagi sigirlarni sersut qilish davrida oziqlantirish ratsioni to‘yimligini 10-15 % oshirishning mahsuldorlik, texnologik, pushtdorlik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
chetdan olib kelingan golshtin zotli birinchi tug‘ishdagi sigirlarning sut mahsuldorligi, tirik vazni va vannasimon elin shakliga ega irsiy salohiyatga ega bo‘lgan podasi yaratilishiga asos solingan;
sigirlar laktatsiyasining kechish xususiyatlari, eksterer, elin, oziqani sut bilan qoplash ko‘rsatkichlarining sersut qilish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
chetdan keltirilgan sigirlarning ayrim biologik xususiyatlari Toshkent viloyatining o‘ziga xos sharoitida o‘rganilib baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorlik, texnologik va pushtdorlik xususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
golshtin zotli sigirlar uchun aniqlangan maqbul yuqori mahsuldor sigirlar podasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi «Jamol ota chorva-nasl» naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi 02/23-615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada I laktatsiyaga ega golshtin zotli sigirlardan 7037904 so‘m sof foyda olingan;
golshtin zotli sigirlarning sermahsul seleksiya podasi Yangiyo‘l tumanidagi «Muxtor ota nabiralari» naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi 02/23-615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada I laktatsiyaga ega golshtin zotli sigirlardan 6437807 so‘m sof foyda olingan;
golshtin zotli sigirlar uchun aniqlangan maqbul yuqori mahsuldor sigirlar podasi Toshkent viloyati Qibray tumani “Jomiy-bio agro layf” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi 02/23-615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada I laktatsiyaga ega golshtin zotli sigirlardan 7837205 so‘m sof foyda olingan.