Xolbo‘taev Ilyosjon Rustam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida Ross-308 jo‘jalarini probiotik yordamida parvarishlash texnologiyasining go‘sht mahsuldorligiga ta’siri”, 06.02.03– Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD /Qx1445
Ilmiy rahbar: Sattarov Normurod Eshmamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.05.03.
Rasmiy opponentlar: Bazarov Soli Raxmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ruziev Raxmonqul Istamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi TETRABIOTIK probiotigining oziqa samaradorligi va broyler jo‘jalarining mahsuldorligiga ta’sirini, Probiotik preparatlar ta’siri ostida jo‘jalarning o‘sish va rivojlanishini o‘rganish va TETRABIOTIK probiotigining jo‘jalarda oziqalarni hazm qilishdagi ahamiyati hamda go‘sht mahsuldorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston sharoitida TERABIOTIK probiotigini ROSS-308 krossli broyler jo‘jalarining go‘sht mahsuldorligi, tirik vazn dinamikasi va rivojlanishiga bo‘lgan ta’siri aniqlangan;
TETRABIOTIK probiotigining jo‘jalarni parvarishlashda suv bilan kombinatsiyalgan holda foydalanganda go‘sht mahsuldorligi, o‘sish va rivojlanish, tirik vazn dinamikasi, kunlik tirik vazn ortishi, metabolizm, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari, mahsuldorligi, broyler jo‘ja go‘shti sifat ko‘rsatkichlari baholangan;
Probiotik ROSS-308 broyler jo‘jalarini parvarishlashda TETRABIOTIK probiotigi bilan suvni kombinatsiyalangan holda organizmga yuborish oziqa moddalarining hazm bo‘lishi va ishlatilishiga, energiya almashinuviga, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlariga, o‘sishi, saqlanishi, go‘sht mahsulotlarining sifatiga ta’siri aniqlangan;
Tetrabiotik probiotigi yordamida broyler jo‘jalarini parvarishlash texnologiyasini qo‘llash orqali broyler jo‘jalarining hayotchanligi 2% ga, so‘yim chiqimi 3,6% ga va rentabellik darajasi 21,7% ortganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sharoitida Ross-308 jo‘jalarini probiotik yordamida parvarishlash texnologiyasining go‘sht maxsuldorligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Ross-308 jo‘jalarini probiotik yordamida parvarishlashda go‘sht mahsuldorligi, o‘sishi va rivojlanishi, oziqa samaradorligi, oziqalarning hazmlanishi, go‘sht mahsuldorlik xususiyatlari reseptga “TETRABIOTIK” probiotigini qo‘shish orqali go‘sht mahsuldorligini oshirish usullari Qashqadaryo viloyati “Tojdor oltin tovuq” MChJ parrandachilik xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi 02/23-614-son ma’lumotnomasi). Natijada, II tajriba guruhidagi broyler jo‘jalaridan yil yakunida 335,0 kg go‘sht mahsuloti olinib, rentabellik darajasi 40,8% ni, nazorat guruhida esa 291,9 kg go‘sht mahsuloti olindi hamda rentabellik darajasi 19,1% ni tashkil qilgan;
Jo‘jalar iste’mol suvi tarkibiga qo‘shimcha “TETRABIOTIK” probiotigini qo‘shish me’yorlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Kesh sifat agro” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi 02/23-614-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan sof foyda 100 bosh jo'ja evaziga I guruhdagi jo'jalarning 1-42 parvarishlash davrida 2024-yilda 1165757 (bir million bir yuz oltmish besh ming etti yuz ellik etti) so'm, II guruhda 1542141 (bir million besh yuz qirq ikki ming bir yuz bir so'mni va rentabellik darajasi 36% tashkil qilgan;
Toshkent viloyati Zangiota tumani “Ittifoq mebel” parrandachilik xo‘jaligida sanoat asosida qurilgan parrandaxonada 1-42 kunlik yoshi davomida go‘sht mahsuldorlik xususiyatlari probiotikni jo‘jalarga berish texnologiyasi orqali go‘sht ishlab chiqarish takomillashtirilgan va jadal texnologiyasi joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 4-noyabrdagi 02/23-614-son ma’lumotnomasi). Natijada, II tajriba guruhidagi jo‘jalardan yil yakunida 307 kg go‘sht mahsuloti olinib, rentabellik darajasi 37,5% ni, I tajriba guruhida esa 221,04 kg go‘sht mahsuloti olindi hamda rentabellik darajasi 27% ni tashkil qilgan.