Xalilova Zarina Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chirchiq daryosi havzasi tuproqlarining agrofizikaviy xossalari va ularni yaxshilash yo‘llari”, 06.01.03 – Agrotuproqshunoslik va agrofizika (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx696
Ilmiy rahbar: Kurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/V.43.01.
Rasmiy opponentlar: Mazirov Mixail Arnoldovich, biologiya fanlari doktori, professor; Namozov Normamat Chorievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Chirchiq daryosi havzasi tuproqlarining hozirgi agrofizikaviy xossalarini aniqlash asosida tuproqlarni unumdorligini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chirchiq havzasi sug‘oriladigan (tog‘ jigarang, to‘q tusli, tipik bo‘z, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi) tuproqlarining agrofizikaviy xossasiga sug‘orish va antropogen omillar ta’siri (zichlashgan, g‘ovakligi kamaygan, qattiqligini oshgan, mayda zarrachalar va oziqa moddalarning pastki qatlamlarga yuvilgan) aniqlangan;
Chirchiq havzasi o‘tloqi va bo‘z-o‘tloqi tuproqlardan to‘q tusli bo‘z, tog‘ jigang tuproqlar tomon hajm og‘irligi kamayib borishi va aksincha, solishtirma og‘irligi esa to‘q tusli bo‘z, tog‘jigangdan (2,61 g/sm3) o‘tloqi va bo‘z-o‘tloqi tuproqlarga qarab (2,72 g/sm3) ortib borishi isbotlgan;
Chirchiq havzasida tarqalgan tuproq tiplarida maksimal gigroskopik va so‘lish namligi, dala, to‘liq, kapillyar nam sig‘mlari, tuproqning genetik qatlamlari bo‘yicha keng miqyosda il va tuz miqdorlari, suv o‘tkazuvchanligi bo‘yicha guruhlarga ajratilgan hamda tuproq-iqlim sharoiti va o‘simliklarning o‘sish davrini hisobga olgan holda sug‘orish meyorlari aniqlangan;
sug‘oriladigan tuproqlarining mexanik tarkibini engillashib borishi, mayda zarrachali agregatlar miqdorini oshishi, tog‘jigarang, to‘q tusli tipik bo‘z tuproq agregatlarining chidamliligi yuqori bo‘lishi, daryo yotqiziqlarida hosil bo‘lgan o‘tloqi tuproqlarda kichik kattalikdagi zarrachalardan iborat mikrostrukturaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chirchiq daryosi havzasi tuproqlarining agrofizikaviy xossalari va ularni yaxshlash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Chirchiq daryosi havzasi sug‘oriladigan va lalmi tuproqlarining agrofizikaviy holati va ularni yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotnomasi 2023 yil 2-avgust 04/29-06/775-son). Natijada, Chirchiq havzasining turli tuproq-iqlim sharoitlarida, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish va ularni parvarishlash uchun o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
GAT texnologiyasi asosida Parkent tumani «Zarkent», «Gulbog», Chinoz tumani «Y.Oxunboboev», Zangiota tumani «Ittifoq» massivlarining M: 1:10000 miqyosli mexanik tarkibi xaritalari tuzilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 2-avgust 04/29-06/775-son ma’lumotnomasi). Natijada, kartografik materiallar er maydonlarini tabaqalashtirib sug‘orish, o‘g‘itlash tuproqqa ilmiy asoslangan holda ishlov berish imkonini bermoqda.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish