Saidganieva Shahodatxon Talatbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amarant o‘simligining zararli entomofaunasi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx738
Ilmiy rahbar: Tufliev Nodirbek Xushvaktovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxodir Ruzumboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Farrux Ergashboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyati sharoitida amarantning zararli entomofaunasini o‘rganish, dominant turlarini aniqlash va qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyati sharoitida amarant o‘simligida 1 ta sinf, 5 ta turkum, 12 ta oila, 19 turdagi zararkunanda turlari aniqlanib, ular orasidan dominant turlari belgilangan hamda dominant turlarining rivojlanish xususiyatlari, tarqalishi va zarari aniqlangan.
amarant ekilgan maydonlarda 2 ta sinf, 6 ta turkum va 8 ta oilaga mansub, 19 turdagi entomofaglar uchrashi qayd etilib, ular ichida oddiy oltinko‘z, ikki nuqtali xonqizi va etti nuqtali xonqizining uchrash darajasi yuqoriligi aniqlangan;
dominant tur hisoblangan lavlagi poya uzunburuni (L.subtilis)ning Andijon viloyati sharoitida rivojlanish fenologiyasi, iqlim sharoitiga qarab 1 yilda 1-2 ta avlod berishi aniqlangan. Amarant o‘simligida g‘o‘za tunlami (H.armigera) ning 3-4-avlod lichinkalari zararlashi aniqlanib, ularning fenokalendari tuzilgan. Shuningdek, marokash chigirtkasi (D.maroccanus)ning to‘da hosil qilmaydigan turining zarari yuqori ekanligi aniqlangan;
amarant zararkunandalari, jumladan lavlagi poya uzunburuni (L.subtilis)ga qarshi Belthirul n.kuk., biopreparatining 1,0;1,5 va 1,7 kg/ga sarf-me’yori, g‘o‘za tunlami (H.armigera) ga qarshi Helitec sus.k., mikrobiologik preparatining 0,4; 0,45 hamda 0,5 l/ga sarf-me’yori, to‘da hosil qilmaydigan chigirtkalar majmuasiga Novakrid n.kuk., mikrobiologik preparatining 0,025; 0,04 va 0,05 kg/ga sarf-me’yorining biologik, xo‘jalik hamda iqtisodiy samaradorliklari o‘rganilgan va qo‘llash reglamentlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyati sharoitida amarant o‘simligining asosiy zararkunandalarini o‘rganish va ularga qarshi kurash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
amarant o‘simligini etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun “Amarant zararkunandalariga qarshi uyg‘unlashgan kurash choralari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 29 dekabrdagi №07/21-21-06/1553-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma amarant etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida amarant zararku-nandalariga qarshi kurash olib borishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda.
Amarant zararkunandalaridan g‘o‘za tunlamiga qarshi Helitec sus.k., (0,45 l/ga) mikrobiologik preparatlarini qo‘llash Andijon viloyati Andijon tumani Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon tajriba stansiyasining 0,5 ga maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 29 dekabrdagi №07/21-21-06/1553-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za tunlamiga qarshi Helitec sus.k., (0,45 l/ga), mikrobiologik preparatini 0,4-0,5 l/ga qo‘llanilganda 81,6-91,4% gacha biologik samaradorlikka erishilgan va 4,9 s - 6,3 sentnergacha hosil saqlab qolingan;
Lavlagi poya uzunburuniga qarshi Belthirul n.kuk., preparatini 1,7 kg/ga me’yorida qo‘llash Andijon viloyati Andijon tumani Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon tajriba stansiyasi 0,5 ga maydonida, Marhamat tumani “Feruz” f/x 4,0 ga maydonida va Andijon tajriba-ko‘rgazma maydoni 4,0 ga jami, 8,5 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 29 dekabrdagi №07/21-21-06/1553-son ma’lumotnomasi). Natijada, lavlagi poya uzunburuniga qarshi Belthirul n.kuk., preparati dala sharoitida 70,0-85,1%, biologik samaradorlik ko‘rsatib, nazorat variantiga nisbatan 27 977,0-45 784,0 ming so‘m/ga iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.
To‘da hosil qilmaydigan chigirtkalar majmuasiga qarshi Novakrid n.kuk., mikrobiologik preparatini 0,04 kg/ga me’yorda qo‘llash Andijon viloyati Marhamat tumani “Feruz” f/x 4,0 ga, Andijon tajriba-ko‘rgazma maydonining 4,0 ga jami, 8,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 29 dekabrdagi №07/21-21-06/1553-son ma’lumotnomasi). Natijada 88,4-95,1 % biologik samaradorlik aniqlanib, nazorat variantiga nisbatan rentabelligi 683-718 % ni tashkil etgan.