Qurbonov Hayot Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand viloyati sharoitida porey piyozi (Allium porrum L.) hosildorligiga ekish muddatlari va ekish sxemasining ta’siri”, 06.01.06–Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1260.
Ilmiy rahbar: Normurodov Davlat Soyibnazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Adilov Maxsud Mirvasitovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirzasoliev Mirzaosim Mirzasoyipovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Porey piyozining duragaylarini asosiy ekinda etishtirish texnologiyasining samarali ayrim elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor porey piyozining 2 ta Linkoln F1 va Bolgarskiy F1 duragaylari Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproq-iqlim sharoitida ekib o‘stirish mumkinligi aniqlangan;
porey piyozidan yuqori (36,9-40 t/ga) hosil olish uchun ko‘chatlarini 5 aprelda ekish eng maqbul muddat ekanligi aniqlangan;
porey piyozidan yuqori va sifatli soxta poya (44,6-50,1 t/ga) va barg hosili (15,8-17,9 t/ga) olish uchun 60x5 sm, 70x5 sm ekish sxemasi hamda 0,03-0,035 m2 oziqlanish maydoni eng maqbul ekanligi ilmiy asoslangan;
maqbul ekish muddati va qulay ekish sxemasida porey piyozining ildiz vazni 6,6-8,6 g, barglar soni 0,7-0,8 dona, barg sathi 788,3-834,3 sm2, fotosintetik faoliyati 1034896,5-818683,6 ga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
porey piyozi duragaylarini maqbul ekish muddati (05.04) va sxemalari (60x5 sm, 70x5 sm) ga bog‘liq holda Linkoln F1 va Bolgarskiy F1 duragaylaridan qo‘shimcha soxta poya va barg xosili etishtirish ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida porey piyozi duragaylarini asosiy ekinda turli ekish muddati va sxemalarida o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
sabzavotchilikka ixtisoslashgan dexqon va fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalari uchun “Samarqand viloyati sharoitida porey piyozini o‘stirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-391 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda dehqon va fermer xo‘jaliklarida porey piyozidan yuqori hosil olishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
porey piyozining Linkoln F1 va Bolgarskiy F1 duragaylarini ko‘chatidan maqbul ekish muddati (05.04) va ekish sxemasi (60x5 sm, 70x5 sm) da etishtirish texnologiyasi Samarqand viloyati Jomboy tumani “Beshbola Agro Veg” MChJ da 6,4 gektar, “Doston Agro Veg” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, “Voxidov Karim erlari” fermer xo‘jaligida 0,65 gektar, Oqdaryo tumanida Axborot maslahat markazi dalalarida 1,1 gektar, “Kumushkent xumo qushi” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-391 sonli ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 55,7-64,1 tonna hosil, 47,9-59,5 mln so‘m sof foyda olinib 159,4-197,2% rentabellik darajasiga erishilgan;
porey piyozini ko‘chatidan maqbul ekish muddati (05.04) va ekish sxemasi (60x5 sm, 70x5 sm) da etishtirish texnologiyasi Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Bulung‘ur Uyas Jabborov” fermer xo‘jaligida 1,5 gektar, “Istiqlol ziyosi” fermer xo‘jaligida 8,9 gektar, “Turob Eldorbek dalasi” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi 05/06-04-391  sonli ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 60,4-68,0 tonna hosil, 53,8-64,3 mln so‘m sof foyda olinib 174,9-208,3 % rentabellik darajasiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish