Azimova Dilafruz Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asalarilarning nozematozida profilaktik va davolash tadbirlarini takomillashtirish”, 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V110
Ilmiy rahbar: Nasimov Shuxrat Naimovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019 V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Sobirjon Ibodullaevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Jabborov Abdurashid Raimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning ayrim hududlarida asalari nozematozining tarqalish darajasini va bu ko‘rsatkichlarning yil mavsumlari bo‘yicha o‘zgarishini (dinamikasi) aniqlash, nozematozga qarshi yangi mahalliy probiotik va xorijiy preparatlarni sinovdan o‘kazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asalarilarni nosema sporalari bilan zararlanish darajasining mavsumiy dinamikasi (qishda 8,5%, bahorda 19,3%, yozda 6,5% va kuzda 3,6%) aniqlangan;
ilk bor asalari oilalarining 22,7 foizi nosema, varroa, tropilaelaps kanasi bilan, 28,3 foizi varroa, tropilaelaps kanasi bilan, 37,5 foizi varroa kanasining o‘zi bilan zararlanishining aralash holda kuzatilishi ilmiy asoslangan;
ilk bor asalari nozematozini davolashda Tolkoks 2,5% preparatining 0,25 ml dozasi protosit tasirga egaligi entomologik qafaslarda guruhli usulda hamda asalarichilik xo‘jalik sharoitida qo‘llanilib aniqlangan;
birinchi marotaba asalari nozematozini mahalliy INNOPROVET probiotigini 2 gramm miqdorida 2 kg qandli oziqaga qo‘shib qo‘llashga asoslangan samarali profilaktika usuli ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asalarilarning nozematozida profilaktik va davolash tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Asalarilarning nozematozida profilaktik va davolash tadbirlarini takomillshtirish” bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilib Samarqand viloyatining asalarichilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Vetrinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 24 oktyabrdagi №02/23-590-son ma’lumotnomasi). Bunda asalarilar nozematozini davolash va profilaktika qilish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgan;
asalarilar nozematozini oldini olishda mahalliy INNOPROVET probiotigini qishki mavsumda (2 g probiotik, 2 kg shakar kukuni va 600 ml suyuq asalga qo‘shib tayyorlangan qandi oziqasi) qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 24 oktyabrdagi №02/23-590-son ma’lumotnomasi). Natijada asalari organizmda rezistentlik hamda immun sistemasiga ta’siri natijasida asalarilarning o‘rta ichagidagi foydali bakteriyalarning ko‘payishi hisobiga nozematozni oldini olishga e’rishilgan. Bunda iqtisodiy samardorlik sarflangan har 1 so‘m hisobiga 4,2 so‘mni tashkil etgan;
Tolkoks 2,5% preparatini uyadagi 12 ta romlardagi asalari hisobida 0,25 ml +1 litr shakarli siropga qo‘shib tayyorlangan prepartli siropdan 250 g miqdorida qo‘llashga asoslangan nozematozni davolash usuli Samarqand viloyatining “Orzu, Olim, Dilmurod asallari” asalarichilik kompleksida, “Baxshitepa baliqlari” negizida tashkil etilgan asalari oilalarida, “Navruzbek tog‘ arilari” asalarichilk xo‘jaligida, Xabibov qaramog‘idagi shaxsiy asalari oilalarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 24 oktyabrdagi №02/23-590-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarda nozematoz bilan kasallangan asalarilarni davolashda preparning muqobil dozalarini aniqlashga erishilgan.