Abdug‘anieva Feruza Zayirkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Topinambur (Helianthus tuberosus l.)ning qayta ishlashga mos navlarini tanlash va qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1150.
Ilmiy rahbar: Sanaev Sobir Toyirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand agroinnovatsiya va tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Shamshiev Ja’far Abdusalimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Topinambur navlarini agrobiologik xususiyatlari va tuganaklarining saqlanuvchanligini baholash hamda tuganagini turli usullarda qayta ishlab, parhezbop oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning markaziy mintaqalarida saqlash va qayta ishlash uchun maqbul nav Fayz-Baraka navi ekanligi aniqlangan;
topinambur tuganaklarini 60 kunlik saqlash davrida S vitamini miqdori 20-30% ga kamayishi, ammo eruvchan quruq moddalar va qand miqdorining 15-20% ga oshishi aniqlangan;
topinambur tuganaklarini sovutkichli omborlarda +2±2°S haroratda saqlaganda, 90 kun davomida sifat ko‘rsatkichlarining 85-90 % darajada saqlanib qolishi isbotlangan;
topinambur tuganaklarini qayta ishlab, fruktoza siropini olishda kislotali muhit konsentratsiyasining eng maqbul miqdori 1,5 % ekanligi hamda gidroliz tezligi 33,1 g/l·soat, fruktoza chiqishi esa 65,1 g/l ni tashkil qilishi isbotlangan;
topinambur tuganaklaridan sharbat ishlab chiqarishda shnekli presslash usuli eng maqbul texnologiya ekanligi hamda bu usul orqali tuganaklardan 60 % dan ortiq, ya’ni an’anaviy usullarga qaraganda 10-15 % ga yuqori miqdorda sharbat olinishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Topinambur (Helianthus tuberosus L.) ning qayta ishlashga mos navlarini tanlash va qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Samarqand viloyati sharoitida etishtirilayotgan topinambur tuganaklarini qayta ishlab sharbat ishlab chiqarishga qaratilgan ishlanmalar “Samarqand konserva” aksiyadorlik jamiyatida, “Orifen” va “Agromir” qo‘shma korxonalarida iste’molda maqbul bo‘lishi uchun ishlab chiqiladigan turli sharbatlar bilan aralashtirish bo‘yicha tajriba natijalari joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28-maydagi 05/06-04-218-son ma’lumotnomasi). Natijada, sharbat chiqish miqdori 10-15 % ga oshishiga erishilgan. 1 ga maydonda etishtirilgan topinambur tuganaklaridan sharbat tayyorlash natijasida 24,991 mln so‘m o‘rniga “Fayz-baraka” navidan 116,003 mln so‘m, “Mo‘jiza”  navidan 114,835 mln so‘m, “E’tirof” navidan 93,355 mln so‘m sof foyda olingan, iqtisodiy samaradorlik 51,84-61,41 % ni tashkil etgan;
iste’mol uchun maqbul bo‘lishi uchun turli sharbatlar bilan aralashtirish bo‘yicha tajriba natijalari Samarqand shahridagi “Orifen” qo‘shma korxonasida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28-maydagi 05/06-04-218-son ma’lumotnomasi). Natijada, 1 ga maydonda etishtirilgan topinambur tuganaklaridan sharbat tayyorlash hisobiga  24,991 mln so‘m o‘rniga “Fayz-baraka” navidan 116,003 mln so‘m, “Mo‘jiza”  navidan 114,835 mln so‘m, “E’tirof” navidan 93,355 mln so‘m sof foyda olingan, iqtisodiy samaradorlik 51,84-61,41 % bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish