Maraimova Umida Ismailjanovnaning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Korxona boshqaruvida marketing dasturlaridan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”  08.00.13 – “Menejment” va 08.00.11-“Marketing” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt507
Ilmiy maslahatchi: Askarov Nodirbek Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Asliddin Junaydullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashxodjaeva Shaxnoza Jasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy korxonalar boshqaruvida marketing dasturlaridan foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish korxonalarida milliy brendni rivojlantirishga qaratilgan  “PESO” marketing dasturi komponentlarini joriy qilish orqali boshqaruvni takomillashtirish taklif etilgan;
Andijon viloyatida qurilish ishlarini amalga oshirishning holati, uni rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda reyting ko‘rsatkichlarini baholash asosida  qizil, sariq, ko‘k, yashil kabi rangli hududlarga ajratish taklif etilgan;
mahalliy qurilish korxonalari boshqaruvida umumiy marketing xarajatlariga nisbatan yillik marketing xarajatlarini o‘rtacha 1,5-3,0 foiz oraligʻida o‘sishini ta’minlash va nufuzli xalqaro brendlar ostida ishlab chiqariladigan brend hamkorlariga imtiyozlar berish taklifi ilmiy asoslangan;
qurilish korxonalari milliy brendini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni xalqaro savdo maydonchalari (marketpleyslarga) chiqish, xorijiy davlatlar “showroom”larida mahsulotlarini joylashtirishda, xorijiy savdo uylarini tashkil qilishda binolarni ijaraga olish xarajatlarini 50 foizgacha qismini qoplab berish orqali takomillashtirish taklifi asoslab berilgan;
2024-2030-yillarda Andijon viloyati qurilish sohasida yaratiladigan qo‘shilgan qiymat hajmini ortishi bo‘yicha pessimistik, inersion va optimistik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxona boshqaruvida marketing dasturlaridan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qurilish korxonalarida milliy brendini rivojlantirishga qaratilgan “PESO” marketing dasturi komponentlarini joriy qilish orqali boshqaruvni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi PQ-286-son qarorining 3-ilovasini 9 bandini ishlab chiqishda (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasining 2024-yil 19-dekabrdagi 04/05-3965) foydalanilgan. Natijada qurilish korxonalarida xalqaro brendlar bilan “franchayzing” va “ausorsing” asosida ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi;
Andijon viloyatida qurilish ishlarini amalga oshirishning holati, uni rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda reyting ko‘rsatkichlarini baholash asosida  qizil, sariq, ko‘k, yashil kabi rangli hududlarga ajratish taklifidan O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi “2022 — 2026-yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi 204-sonli qarorining 3-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasining 2024-yil 19-dekabrdagi 04/05-3965). Andijon viloyati tumanlarida qurilish ishlarini amalga oshirish holati bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlarini baholash va ularni rivojlantirish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi;
mahalliy qurilish korxonalari boshqaruvida umumiy marketing xarajatlariga nisbatan yillik marketing xarajatlarini o‘rtacha 1,5-3,0 foiz oraligʻida o‘sishini ta’minlash va nufuzli xalqaro brendlar ostida ishlab chiqariladigan brend hamkorlariga imtiyozlar berish taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi PQ-286-son qarorining 7-“B”-bandini ishlab chiqishda hamda “Milliard house” MChJ, “Mega orient business group” MChJ va “Mixeed” MChJ korxonalari faoliyatida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushma-sining 2024-yil 19-dekabrdagi 04/05-3965). Natijada korxonalar boshqaruvi tahliliy marketing, ragʻbatlantirish va reklama xarajatlarining ulushi jami xarajatlarning deyarli 3/4 qismini tashkil etilishiga olib kelgan;
qurilish korxonalari milliy brendini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni xalqaro savdo maydonchalari (marketpleyslarga) chiqish, xorijiy davlatlar “showroom”larida mahsulotlarini joylashtirishda, xorijiy savdo uylarini tashkil qilishda binolarni ijaraga olish xarajatlarini 50 foizgacha qismini qoplab berish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi PQ-286-son qarorining
3-“B” — bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasining 2024-yil 19-dekabrdagi 04/05-3965). Natijada qurilish korxonalari o‘z milliy brendini xalqaro savdo maydonchalari (marketpleyslarga) chiqarish, xorijiy davlatlar shourumlarida mahsulotlarini reklama qilish imkonini berdi;
2024-2030-yillarda Andijon viloyati qurilish sohasida yaratiladigan qo‘shilgan qiymat hajmini ortishi bo‘yicha pessimistik, inersion va optimistik prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi “2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi 204-sonli qarorining 1-ilovasini 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasining 2024-yil 19-dekabrdagi 04/05-3965). Natijada Andijon viloyati qurilish sohasida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat hajmi, pessimistik ssenariyada – 17,9 foizga kamayishi, inersion ssenariyada – 1,6-martaga (yoki 63,1 foizga) ortishi va optimistik ssenariyada esa sohadagi qo‘shilgan qiymat hajmini 2,4-martaga oshirish mumkinligi aniqlandi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish