Minenko Ekaterina Pavlovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Queshdagi koronal yorqin nuqtalarning morfologiyasi, dinamikasi va fizikaviy modellari», 01.03.01 – Astronomiya (fizika matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/FM58.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Shuhrat Abdumannapovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Astronomiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti, PhD.02/30.12.2019.FM.15.01.
Rasmiy opponentlar: Gaynullina Evelina Rabinovna, falsafa doktori (PhD), (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti); Xolikov Shukirjon Sodikovich, Dsc. Fizika-matematika fanlari doktori, (National Solar Observatory-NSO, USA)
Yetakchi tashkilot – Fesenkov nomidagi Astrofizika Instituti, Qozog‘iston.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Koronal yorqin nuqtalarning (KYN) asosiy parametrlaridan, yupqa qatlamli tuzilmalari va evolyusiyasi, uzoq davrli o‘zgarishlar va kenglik-uzunlik bo‘yicha taqsimotini tahlili, shuningdek, turli masshtabdagi magnit maydonlari bilan bog‘liqligini batafsil o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Quyosh dog‘lari (KYN va MB) asosiy parametrlari (geografik koordinatalar, pikseldagi maydon, o‘rtacha va maksimal intensivlik, fon intensivligi, katta o‘qning ekvatorga nisbatan burilish burchagi, burchak xatosi va boshqalar) bo‘yicha 3 milliondan ortiq maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan noyob maʼlumotlar banki yaratilgan;
magnitogrammalarda MBning asosiy parametrlarini avtomatlashtirilgan aniqlash va ularni o‘lchash metodikasi kichik maydon va teng qiymatdagi oqimga ega tuzilmalarni ajratish muammosini hal qilishga imkon beruvchi hamda ularning yo‘nalishi, qutblar orasidagi minimal masofa va disk markaziga nisbatan joylashuvini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
birinchi marta yirik masshtabdagi magnit maydonlariga nisbatan Quyosh faolligining ikkita sikliga doir bir jinsli ma’lumotlarga asoslanib, KYN va MBlarning taqsimoti masalalari, shuningdek, Quyosh faolligi siklini aniqroq bashorat qilish uchun “yorqin” KYNlardan foydalanish mumkinligi aniqlangan;
ikki turdagi KYN ning unipolar magnit maydon koronal teshik sharoitidagi evolyusiyasi batafsil tahlilidan MB va II tip KYNlarning magnit oqimining o‘rtacha qiymati 1-5×1020 Mks atrofida, I tip KYN bilan bog‘langan MBlarniki esa 1-5×1019 Mks ekanligi aniqlangan;
birinchi marta MB va ikki turdagi KYNlarning turli kengliklardagi veyvlet tahlili aniqlangan, KYN va MB (20 va 30 Gauss) ning barcha holatlari uchun 11-yillik davr topilib, bu Quyosh faolligi sikli bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan;
KYNni shakllantirishda magnit quvurining asosiy parametrlari magnit maydondagi plazmaning statsionar silindrsimon-simmetrik holatlariga asoslangan analitik model doirasida termodinamika va magnit gidrodinamika tenglamalariga bo‘ysunuvchi zarralarning ma’lum xususiyatlari bilan hisoblangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyoshdagi koronal yorqin nuqtalarning morfologiyasi va dinamikasini o‘rganish, shuningdek kuzatuvlar orqali fizikaviy modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan identifikatsiya va kuzatuv metodlari bir qator xorijiy mualliflarning ishlarida qo‘llanilgan. Buni Web of Sciences, SCOPUS ma’lumotlar bazida va Google Scholar ro‘xatiga kiritilgan quyidagi xalqaro jurnallardagi nashrlarimizga havolalar tasdiqlaydi:
SDO ma’lumotlariga ko‘ra KYN evolyusiyasini o'rganish natijalari asosida tayyorlangan - What SDO tells us about structure and evolution of coronal bright poins // Astronomische Nachrichten. 2014, Volume 10, pp.1037-1042. maqolamizga (I. Kraus, Ph.-A. Bourdin, J. Zender va boshq. Astronomy & Astrophysics 2025, I Kraus, PA Bourdin, J Zender, M Bergmann va boshq. Astronomy &Astrophysics 2023, D Sudar, Sh Saar, I Skokić, IP Beljan va boshq. Astronomy &Astrophysics 2016, Master’s Thesis J. V. Klug, Vienna 2016) - 5ta iqtibos keltirilgan;
KYN va MBning evolyusiyasi va statistik parametrlarini o‘rganish natijalari asosida tayyorlangan - Investigation of the evolution of coronal bright poins and magnetic field topology // Astronomy Letters, 2014.Volume 40, Issue 8, pp. 510-518. maqolamizga - 3 ta iqtibos keltirilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish