Nosurullaev Qodir Abdisharib o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt254.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yunusov Iskandar Orifovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Vaxobov Abdurashid Rasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urtalanuvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi xo‘jalik yuritish sub’ektlarining hududiy joylashuvi, tabiiy sharoit va omillari, ko‘rsatilgan agrosug‘urta xizmatlari va olingan zarar hajmi orqali sug‘urta mukofotini tabaqali hisoblash koeffisientlari bo‘yicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan va takomillashtirish yo‘llari taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligida sug‘urta xizmatlari hajmi va turlarini ko‘paytirish,  ular bilan sug‘urtalanuvchi xo‘jaliklarni sifat va muddat jihatdan barqaror ta’minlash uchun “Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasi”ni tashkil etish zaruriyati hamda uning moliyaviy manbalari va iqtisodiy mexanizmlari asoslangan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, dehqonchilik ekinlari va chorva mollarini sug‘urtalash zaruriyatini keltirib chiqargan hodisa sodir bo‘lgan holatlarda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish va munosabatlarini muvofiqlashtirish maqsadida raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron tizim va uning mexanizmlari ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida agrosug‘urta to‘lovlari hajmining 2028 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish va chorvachilik tarmog‘ida xududlar va risk omillari kesimida sug‘urta mukofotlarini hisoblash uchun koeffisientlar qo‘llash bo‘yicha takliflar Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, Urganch tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda “Semurg Insurance” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi 01/03-1458/AP-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari Uyushmasi 2025 yil 21-yanvardagi № 002 - son ma’lumotnomasi). Mazkur koeffisi-entlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi sub’ekt-larning moliyaviy xarajatlarini 10-15 foizga kamaytirishga erishilgan;
qishloq xo‘jaligida mahsulot etishtirishni hamda chorva mollarini sug‘urtalashda raqamli texnologiyalarni qo‘llash, elektron tizim yaratish va unda sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda sug‘urta to‘lovlarini to‘lash va subsi-diyalash mexanizmlari Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, Urganch tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda “Semurg Insurance” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi 01/03-1458/AP-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari Uyushmasi 2025 yil 21-yanvardagi № 002 - son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan ushbu mexanizmlar agrosug‘urta tizimini  samarali tashkil etish, uni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashda bozor mexanizmlarini joriy etish sharoitida agrosug‘urta munosabatlarini rivojlantirishda ijobiy samara bergan;
qishloq xo‘jaligida sug‘urta xizmatlari xajmini oshirish hamda sifat jihatdan yaxshilash uchun “Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasi”ni tashkil etish va uning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, Urganch tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda “Semurg Insurance” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi 01/03-1458/AP-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari Uyushmasi 2025 yil 21-yanvardagi № 002 - son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif agrosug‘urta xizmatlarini tizimli tashkil etish, shuningdek, xizmatlar bozorida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash natijasida sug‘urta kompaniyalari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar faoliyatida moliyaviy yo‘qotishlarni 20 foizgacha qisqarishiga xizmat qilgan;
Respublika qishloq xo‘jaligida sug‘urta to‘lovlari hajmi o‘zgarishining 2028 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari Xorazm viloyati iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, Urganch tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda “Semurg Insurance” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi 01/03-1458/AP-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari Uyushmasi 2025 yil 21-yanvardagi № 002 - son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2028 yilga borib, respublikamiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishdan tushadigan sug‘urta to‘lovlari hajmi 146,6 mln.so‘mni tashkil etishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish