To‘ychiev Sanjar Abdusodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Natriy, magniy xloratlari, tiokarbamid va asetamid asosida samarali defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4835.
Ilmiy rahbar: Zakirov Baxtiyor Sabirjonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattorovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Adilova Moxira Shavkatovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: natriy xlorat, magniy xlorat, karbamid, tiokarbamid va asetamidlar asosida kam zaharli yangi samarali defoliantlar olishni fizik-kimyoviy asoslash va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor natriy, magniy xloratlari, karbamid, sirka kislota, etanol, tiokarbamid va asetamiddan iborat 10 ta sistemalarning eruvchanlik va “tarkib-xossa” diagrammalari yaratilgan;
yangi birikma monokarbamid natriy xlorat atsetamidning hosil bo‘lish maydoni keng konsentratsiya va harorat oralig‘ida chegaralangan, hamda birikmaning individualligi kimyoviy, fizik-kimyoviy usullar orqali isbotlangan;
natriy xlorati, magniy xlorati, karbamid, tiokarbamid, asetamid birikmalari asosida 4 ta kam zaharli samarali defoliant tarkiblarini olinish usullari, meyorlari, texnologik sxemasi va moddiy balansi ishlab chiqilgan;
tarkibi 37.8% NaClO3, 21.3% CO(NH2)2 va 1.5% CS(NH2)2 dan iborat “TioDEF” defolianti ishlab chiqildi va IV sinf toksikologik xossaga egaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Natriy xloratining monokarbamid, asetamid va tiokarbamidlar asosida, kompleks ta’sir etuvchi defoliantlar olish texnologiyasi ishlab chiqish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
natriy xlorat monokarbamid va asetamid asosida olingan defoliant Toshkent viloyatining fermer xo‘jaliklari paxta dalalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi QXBIMMning 2024 yil 12 noyabrdagi 05/04-04-612-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtaning o‘rta tolali navlariga natriy xlorat monokarbamid va asetamidli preparat bilan ishlov berilgandan keyin barglarning to‘kilishi 92.8% va ko‘saklarni ochilishi 90.9% samarali defoliatsiya qilish imkonini bergan;
natriy xlorat monokarbamid va tiokarbamid asosidagi defoliant Toshkent viloyatining fermer xo‘jaliklari paxta dalalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi QXBIMMning 2024 yil 12 noyabrdagi 05/04-04-612-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtaning o‘rta tolali navlariga preparat bilan ishlov berilgandan keyin barglarning to‘kilishi 92.34 % va ko‘saklarni ochilishi 90.1% samarali defoliatsiya qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish