Xasanova Diloromxon To‘ychievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalq tabobati uchun shifobaxsh yogurtlar olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/K182.
Ilmiy maslahatchilar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yo‘lchiev Aslbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vaxobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Shamsuddinov Isroiljon Turg‘unovich, texnika fanlari doktori, professor; Xolboev Yusufjon Xakimovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: undirilgan bug‘doy va arpa donlari asosida oziq-ovqat qo‘shilmalari va xalq tabobatiga mo‘ljallangan tarkibi boyitilgan yogurtlar olish hamda ularni kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor undirilgan bug‘doy va arpa donlaridan quritilgan solodlar olishda, an’anaviy konvektiv quritishdan oldin, qisqa muddatli o‘ta yuqori chastotali elektr magnit maydonidan foydalanish samarali ekanligi aniqlangan;
ilk bor solodlar olishda, o‘ta yuqori chastotali elektr magnit maydonida 150 Vt da 10 minut davomida 40 mm qalinlikdagi materilga ishlov berish jarayon davomiyligini 2,5-2,7 marotabagacha qisqartish imkonini berishi isbotlangan;
inson organizmidagi ichak faoliyatini yaxshilaydigan, qabziyatni oldini oluvchi va davolovchi hamda, spazmlarni kamaytiradigan, xalq tabobati uchun mo‘ljallangan tarkibi boyitilgan Asday va Astriy yogurtlari olingan hamda ularning shifobaxshlik xususiyatlari fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari orqali isbotlangan;
undirib quritilgan solodlar asosida immun tizimining faolligini, qondagi gemoglabin miqdorini oshiradigan NUB-bug‘doy va NUB-arpa oziq-ovqat qo‘shilmalarining olingan hamda ularning antioksidant faolligi NUB-arpada yuqori ekanligi aniqlangan;
xalq tabobati uchun mo‘ljallangan Asday, Astriy tarkibi boyitilgan yogurtlarining, NUB-bug‘doy, NUB-arpa oziq-ovqat qo‘shilmalarining toksik emasligi va kundalik ratsionda funksional ovqatlanishda ratsional foydalanish mumkunligi isbotlangan;
undirilgan bug‘doy va arpa solodlari yordamida oziq-ovqat qo‘shilmalari hamda, ular asosida olingan tarkibi boyitilgan yogurtlarning antioksidant faolligi qabziyat va kamqonlikga ijobiy ta’siri xalq tabobati usullari bilan davolash orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Undirilgan bug‘doy va arpa asosida oziq-ovqat qo‘shilmalari va xalq tabobati uchun mo‘ljallangan yogurtlar olish va ularni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
undirilgan bug‘doy va arpa donlari solodlari tarkibidagi foydali nutrientlarni maksimal saqlab qolish maqsadida, an’anaviy konvektiv quritishdan oldin o‘ta yuqori chastotali elektr magnit maydonda qisqa muddatli ishlov berish “Cibus natural” MChJda amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasining 2024 yil 20 sentyabrdagi 20-86/09-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, solodni quritish jarayonini 2,5-2,7 marotaba qisqartirish imkonini bergan;
o‘ta yuqori chastotali elektr magnit maydonida ishlov berib olingan solodlar va ular asosida olingan oziq-ovqat qo‘shilmalari yordamida yogurtlar tarkibini boyitish texnologiyasi “Express Milk”MChJda amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekiston oziqovqat sanoati» uyushmasining 2024 yil 20 sentyabrdagi 20-86/09-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy mevali yogurtlarlar ishlab chiqarishda meva va meva qo‘shilmalarining sarfini1,5% ga qisqartish, boyitilgan yogurtlar tarkibidagi polifenollar, salisil kislotasi, kvarsetin, rutin va kofein miqdorilari yuqori ekanligi isbotlangan;
bug‘doy va arpa solodlari asosida boyitilgan yogurtlarga tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha quyidagicha: “bug‘doy va /yoki arpa solodi, turli xo‘l yoki quritilgan mevalar, yoki ularning ayrim qismlari bilan boyitilgan shifobaxsh yogurt uchun – 040320900 3 tovar kodi davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy bojxona laboratoriyasining 2024 yil 04 dekabrdagi 17/05-24-2117-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibi boyitilgan yogurtlarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash fermentlangan sut mahsulotlari assortimentini kengaytirish va eksport-import operatsiyalarida keng foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish