Narkizilova Gulzira Nuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zaning G.hirsutum L. turi duragaylarida  ayrim morfo-xo‘jalik  belgilarini irsiylanish qonuniyatlarini an’anaviy va zamonaviy uslublar asosida aniqlash», 03.00.09 - Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1202.
Ilmiy rahbar: Miraxmedov Mirvaxob Sadikovich, bilolgiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc 02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Qaxxorov Izzatilla Tilovovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Amanturdiev Alisher Balkibaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zaning murakkab genetik asosga ega nav va tizmalari ishtirokida olingan yangi duragaylarda morfoxo‘jalik belgilarni irsiylanish va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini aniqlash va molekulyar genetik tadqiqotlar asosida yangi oila va tizmalarni yaratish hamda genetik-seleksion tadqiqotlarda foydalanish uchun tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk marotaba kelib chiqishida G.thurberi va G.raimondii turlari ishtirok etganmurakkab genetik asosga ega T-790, T-267, T-7979, T-1313 tizmalari va SP-1303, “Kamolot-79”, “Buxoro-102”, “Baraka”, “Sulton” g‘o‘za navlari ishtirokida 11 ta yangi duragay kombinatsiyalar yaratilgan;
murakkab genetik asosga ega bo‘lgan yangi duragay kombinatsiyalarda hosil shoxining irsiylanishi monogen tarzda kechishi aniqlangan;
g‘o‘zaning F1 duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarini irsiylanishi ota-ona genotiplariga bog‘liq ravishda to‘liqsiz va to‘liq ustunlik holatida irsiylangan, ayrim duragaylarda esa geterozis samarasi kuzatilgan. F2 avlodlarda keng ko‘lamdagi o‘zgaruvchanlik jarayonini kechishi natijasida trangressiv o‘simliklarni ajralib chiqqanligi, shuningdek ushbu belgilar o‘rtasida turli darajadagi ijobiy va salbiy  korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;
olingan duragaylarni SSR markerlar asosida molekulyar genetik taxlil qilish natijasida qimmatli xo‘jalik belgilarini nazorat qiluvchi allellari mavjud bo‘lgan namunalar tanlab olingan;
gibridalogik taxlillarni o‘tkazish asosida qimmatli shakllar ajratib olingan va  ushbu shakllarni oila sifatida qimmatli xo‘jalik belgilarining ko‘rsatkichlari aniqlangan;
qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan transgressiv g‘o‘za o‘simliklarini ajralib olishda genotipik jixatdan keskin farqlanuvch murakkab genetik asosga ega tizmalar va navlarni duragaylashning samaradorligi yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zaning G.hirsutum L. turi duragaylarida ayrim morfo-xo‘jalik belgilarini irsiylanish qonuniyatlarini an’anaviy va zamonaviy uslublar asosida aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G.hirsutum L. turiga mansub qimmatli boshlang‘ich manba T-100 tizmasi yaratilib, chigitlari O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperemental biologiyasi institutining “G‘o‘za genofondi” noyob obekti kolleksiyasiga taqdim etilgan va AD1-04457 katalog raqami berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024 yil 23 fevraldagi 4/1255-447-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, institutningg‘o‘za dunyoviy genofondini tezpishar, tola chiqimi yuqori, mikroneyri talab darajasida bo‘lgan T-100 tizmasi bilan boyitish imkonini bergan;
g‘o‘zaning yangi T-100 tizmaning tavsifi hamda chigitlari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiytadqiqot insitituti “G‘o‘za indroduksiyasi va kolleksiyasi” laboratoriyasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 mart 05/01-05/02-05/04-04-98-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, institut kolleksiyasini tezpishar, serhosil, yuqori tola chiqimi va sifatiga ega bo‘lgan yangi T-100 tizmasi bilan boyitish imkonini bergan;
T-100 tizmasi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasining o‘rta sho‘rlangan 1,5 ga maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 mart 05/01-05/02-05/04-04-98-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, T-100 tizmasi tola chiqimi va sifatining yuqoriligi, hosildjrligi bilan S-6524 (andoza) naviga nisbatan ustunligini namoyon etib, 2-3 s/ga yuqori hosil olish imkonini bergan;
ushbu tizma shu institutning Oqqo‘rg‘on ilmiy-tajriba stansiyasida ham 0,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 mart 05/01-05/02-05/04-04-98-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tizmaning hosildorligi 40,1 s/ga ni tashkil etib, shu xududda ekilgan "Sulton" (andoza) naviga nisbatan 3-4 s/ga yuqori hosil olish  imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish