Mirzoeva Istat Elmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «To‘dako‘l – Quyimozor suv omborlari va uning atrofi landshaftlarining ekologik holati», 11.00.01 –Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Gr360.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziboeva Ozodxon mahmudovna, geografiya fanlari doktori, dotsent; Shodiev Sanjar Ro‘ziqulovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘dako‘l–Quyimozor suv omborlari va ularning atrofidagi landshaftlar ekologik holatining shakllanishi va o‘zgarishini baholash, ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
To‘dako‘l – Quyimozor suv omborlari atrofi landshaftlarning geoekologik holatini optimallashtirishda turli radiometrik diapazonlardagi kosmik suratlarni kompleks qo‘llash asosida ko‘p yillik o‘simliklar o‘zgarishi va tuproq qoplami holati aniqlangan;
suv omborlarga tutash hudud landshaftlarining o‘zgarish dinamikasi masofaviy usullarni qo‘llash asosida aniqlangan hamda ularning yirik masshtabli mavzuli kartalari yaratilgan;
hududning landshaft-ekologik holati zamonaviy usullarda (masofadan zondlash ma’lumotlarini deshifrovka qilish orqali) aniqlangan va ularning barqarorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
cho‘l landshaftlarini tasniflashning asosiy tamoyillari asoslangan va yangicha tipologik, taksonomik pog‘ona hamda birliklar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘dako‘l – Quyimozor suv omborlari va uning atrofi landshaftlarining ekologik holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
To‘dako‘l – Quyimozor suv omborining o‘rta masshtabli mavzuli kartalarining hozirgi holatini optimallashtirish uchun kartografik metodlar ishlab chiqilgan va kosmik suratlar yordamida takomillashtirilgan kosmik suratlarni kompleks qo‘llash tizimi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining amaliy faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 30 avgustdagi 03-03/72-son ma’lumotnomasi). Natijada, To‘dako‘l – Quyimozor suv omborining hozirgi holatini kartografik ta’minlashda zamonaviy usullarni keng qo‘llash imkonini bergan;
To‘dako‘l – Quyimozor suv omborining va uning atrofi landshaftlarining ekologik holatining maʼlumotlar bazasini zamonaviy ArcGIS dasturida yaratish, maʼlumotlarni tanlash va guruhlashtirish asosida o‘rta masshtabli To‘dako‘l – Quyimozor atrofi o‘simlik qoplami dinamikasi kartalari hamda To‘dako‘l – Quyimozor atrofi tuproqlarining o‘zgarish kartasidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 30 avgustdagi 03-03/72-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yaratilgan kartalarning mazmunini boyitish hamda ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish imkonini bergan;
kosmik suratlarni qayta ishlashda GAT dasturiy ta’minotlarini qo‘llash asosida 1:10 000 masshtabli raqamli To‘dako‘l – Quyimozor suv omborining kartalarini tuzish texnologiyasi asosida davlat kadastrini yuritishning takomillashgan tizimlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining amaliy faoliyatida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 30 avgustdagi 03-03/72-son ma’lumotnomasi). Natijada, To‘dako‘l – Quyimozor suv ombori atrofining kartasini tuzishda joydagi obektlarni avtomatik tarzda kosmik suratlar bo‘yicha aniqlash imkonini bergan.