Eshonkulov Alijon Xaydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyatida etnobotanik izlanishlar», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B440.
Ilmiy rahbar: Xojimatov Olimjan Kahharovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik; Tuxtaev Bobokul Yorkulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simlik turlarini aniqlash va ushbu turlar to‘g‘risidagi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan etnobotanik bilimlarni rasmiylashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyatida yovvoyi dorivor o‘simliklarning 58 oila, 176 turkumga mansub 261 turi aniqlangan;
etnobotanik ahamiyatga ega dorivor o‘simliklarning geografik, biomorfologik, ekologik xususiyatlari aniqlangan va GAT xaritalari yaratilgan;
dorivor o‘simliklar bo‘yicha 249 ta etnobotanik ma’lumotlar to‘planib, xalq tabobatida eng ko‘p foydalaniladigan 39 oila, 72 turkumga mansub 84 tur aniqlangan;
Buxoro viloyatida dorivor o‘simliklardan oshqozon-ichak kasalliklarida 167 tur, teri kasalliklarida 104 tur, ruhiy kasalliklarda 7 tur o‘simlilklardan foydalanilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati dorivor o‘simliklari turlarini aniqlash va hudud etnobotanik ma’lumotlarini rasmiylashtirilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro viloyatida yovvoyi holda uchraydigan dοrivοr ο’simliklarning tarqalish GAT xaritalari, dorivor o‘simliklarning ro‘yxati va turlar tarkibi Respublika “Xalq tabobati assotsiyasiyasi” faoliyatiga joriy etilgan (Respublika “Xalq tabobati assotsiyasiyasi”ning 2023 yil 17 avgustdagi 17/08/2023–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududda tarqalgan 261 tur dorivor o‘simliklarning xalq tabobatida foydalanish imkoniyatlari kengayib, dorivor o‘simliklardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiya va yoriqnomalar ishlab chiqish imkonini bergan;
dorivor o‘simliklar ro‘yxati va Buxoro viloyatida yovvoyi dorivor o‘simliklar populyasiyalarining tarqalish hududlari ko‘rsatilgan GAT xaritalari Buxoro viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatiga o‘simliklar monitoringida foydalanish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2022 yil 13 yanvardagi 04/21-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi 6 ta endemik turlarning yangi populyasiyalarini aniqlash va ularni davlat kadastriga kiritish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish