Muslitdinov Nodir Xojievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moliyaviy jarayonlarni axborot tizimlari orqali takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” va
08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4267.
Ilmiy rahbar: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kenjabaev Aman Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moliyaviy jarayonlarni axborot tizimlari orqali takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyalarni hisoblash va to‘lash tizimini takomillashtirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT)da tarbiyalanuvchi va xodimlarning davomatini qayd etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda elektron arizalarni NMTTBAT orqali avtomatik ravishda ko‘rib chiqish va davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha bitimlarni rasmiylashtirish taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi va boshqa nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish taklif etilgan;
ish haqi xarajatlarini qoplashga ajratiladigan subsidiyalarni NMTTBAT orqali hisoblashda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining shtat birliklari sonini
9 soatlik ish rejimida ishlaydigan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan shtatlar me’yorlari asosida hisob-kitob qilish va mablag‘larni xodimlarning bank kartasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazib berish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moliyaviy jarayonlarni axborot tizimlari orqali takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyalarni hisoblash va to‘lash tizimini takomillashtirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT)da tarbiyalanuvchi va xodimlarning davomatini qayd etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 426-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-avgustdagi 06/10-10-5-17802-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikadagi 24 mingdan ortiq nodavlat MTTlarida (FaceID) texnologiyasini qo‘llagan holda xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati NMTTBATda elektron yuritilishi yo‘lga qo‘yildi va ushbu tizim orqali kunlik 700 mingdan ortiq tarbiyalanuvchi va 60 mingdan ortiq xodimlarning davomati yuritilmoqda hamda 2023-yilda nodavlat MTTlarga NMTTBAT orqali 2,7 trln. so‘mlik subsidiya va kompensatsiyalar avtomatik ravishda hisoblanib to‘langan;
davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda elektron arizalarni NMTTBAT orqali avtomatik ravishda ko‘rib chiqish va davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha bitimlarni rasmiylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
426-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-avgustdagi 06/10-10-5-17802-son ma’lumotnomasi). Natijada, NMTTBAT Iqtisodiyot va moliya vazirligining UZASBO, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklar (jami 10 ta) axborot tizimlari bilan ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi hamda 2023-yilda 35 mingta elektron arizalar ko‘rib chiqilib, xulosalar berildi;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi va boshqa nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 426-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-avgustdagi 06/10-10-5-17802-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat-xususiy sheriklik asosidagi va boshqa nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari bo‘yicha 2023-yilda 4636,4 mln. so‘m hamda 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida 4771,8 mln. so‘m kompensatsiya qilingan;
ish haqi xarajatlarini qoplashga ajratiladigan subsidiyalarni NMTTBAT orqali hisoblashda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining shtat birliklari sonini
9 soatlik ish rejimida ishlaydigan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan shtatlar me’yorlari asosida hisob-kitob qilish va mablag‘larni xodimlarning bank kartasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazib berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-322-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-avgustdagi 06/10-10-5-17802-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilaviy MTTlarining tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilarining ish haqi xarajatlarini qoplash uchun Davlat byudjetidan 2023-yilda 932,7 mlrd. so‘m hamda 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida 860,7 mlrd. so‘m subsidiyalar ajratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish