Djumaniyazova Muxayya Xusinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalar o‘quv motivatsiyasiga qadriyat yo‘nalganligi ta’sirining  psixologik mexanizmlarini takomillashtirish”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/P191
 Ilmiy maslahatchi: Umarova Navbahor Shokirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Mullaboeva Nozima Maxmudovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; G‘afurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Saipova Maloxat Latipovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar  o‘qish motivatsiyasiga  qadriyatlar  yo‘nalishi taʼsirini  psixologik xususiyatlarini ilmiy o‘rganish orqali talabalarning o‘quv motivlarini rivojlantiruvchi  amaliy  tavsiyalar ishlab chiqish.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar o‘quv faoliyati motivatsiyasining semantik harakteriga ko‘ra birinchi bosqich talabalarining ta’lim muhitiga moslashuviga bog‘liq ravishda kasbiy tasavvurlarni noaniqligi, to‘rtinchi bosqich talabalarida esa professional pozisyaining shakllanishiga asoslanib, kasb egallash va bilim olish motivining identiv namoyon bo‘lishi dalillangan.
talabalar o‘quv motivatsiyasiga qadriyatlar yo‘nalishining terminal hamda instrumental ta’siri natijasida kasb egallash va diplomli bo‘lish motivatsiyasining integral birligining o‘zaro uyg‘unligiga asoslanib, shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish zarurati xulq-atvor komponentining dinamik namoyon bo‘lishiga olib keluvchi pedagogik-psixologik prediktor ekanligi isbotlangan;
ta’lim bosqichi, shakli, turiga bog‘liqligi natijasida, talabalardagi professional gedonizm, konformizm, unversalizm, mustaqillik, kasbiy muvaffaqiyatga nisbatan munosabatning hududiy jihatlarga mos ravishda namoyon bo‘lishiga asoslanib, normativ va indivdual qadriyatlar tizimidagi differensial farqlar o‘quv motivatsiyasining “psixoenergetik yadro”si ekanligi dalillangan;
talabalar o‘quv motivatsiyasining qadriyatlar yo‘nalganligi modelida ta’lim shakli, turi, bosqichiga ko‘ra professional gedonizm, konformistik layoqat, o‘zini realizatsiya qilish motivatsiyasining barqaror namoyon bo‘lishiga ta’sir etganligi sababli terminal qadriyatlarning statik differensiatsiyasining ustuvor xususiyatga ega ekanligi asoslangan.
talabalar o‘quv motivatsiyasiga qadriyat yo‘nalganligi ta’sirining psixologik mexanizmlari modeli ta’lim jarayonidagi kichik guruhlar va individual-kollegial hamkorlik tamoyiliga muvofiq raqobat, barqarorlik, mustaqillik kompetensiyalarini dinamik barqarorlashtirish muhimligi tufayli korreksion bosqichga kognitiv xulq-atvor, motivatsion sohani rivojlantiruvchi dual-treninglarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Talabalar o‘quv motivatsiyasiga qadriyat yo‘nalishi xususiyatlari ta’sirining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish”ni oʻrganish boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalar o‘quv faoliyati motivatsiyasining semantik harakteriga ko‘ra birinchi bosqich talabalarining ta’lim muhitiga moslashuviga bog‘liq ravishda kasbiy tasavvurlarni noaniqligi, to‘rtinchi bosqich talabalarida esa professional pozisyaining shakllanishiga asoslanib, kasb egallash va bilim olish motivining identiv namoyon bo‘lishi dalillanishiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 11-noyabrdagi PM-256-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-256-a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar o‘quv motivatsiyasining semantik harakteriga  ta’sirini identivligi aniqlangan;
talabalar o‘quv motivatsiyasiga qadriyatlar yo‘nalishining terminal hamda instrumental ta’siri natijasida kasb egallash va diplomli bo‘lish motivatsiyasining integral birligining o‘zaro uyg‘unligiga asoslanib, shaxsning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish zarurati xulq-atvor komponentining dinamik namoyon bo‘lishiga olib keluvchi pedagogik-psixologik prediktor ekanligi isbotlanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 11-noyabrdagi PM-256-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-256-a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar qadriyatlar yo‘nalishining xulq-atvor komponentining dinamik namoyon bo‘lishi aniqlashtirilgan;
ta’lim bosqichi, shakli, turiga bog‘liqligi natijasida, talabalardagi professional gedonizm, konformizm, unversalizm, mustaqillik, kasbiy muvaffaqiyatga nisbatan munosabatning hududiy jihatlarga mos ravishda namoyon bo‘lishiga asoslanib, normativ va indivdual qadriyatlar tizimidagi differensial farqlar o‘quv motivatsiyasining “psixoenergetik yadro”si ekanligi dalillanishiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 11-noyabrdagi PM-256-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-256-a son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim motivatsiyasining kasbiy muvaffaqiyatga nisbatan munosabatning hududiy o‘ziga xos jihatlarini psixologik mexanizmlari ochib berilgan;
talabalar o‘quv motivatsiyasining qadriyatlar yo‘nalganligi modelida ta’lim shakli, turi, bosqichiga ko‘ra professional gedonizm, konformistik layoqat, o‘zini realizatsiya qilish motivatsiyasining barqaror namoyon bo‘lishiga ta’sir etganligi sababli terminal qadriyatlarning statik differensiatsiyasining ustuvor xususiyatga ega ekanligi asoslanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 11-noyabrdagi PM-256-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-256-a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar terminal qadriyatlarning statik differensiatsiyasining ustuvor xususiyatga ega ekanligi aniqlashtirilgan;
talabalar o‘quv motivatsiyasiga qadriyat yo‘nalganligi ta’sirining psixologik mexanizmlari modeli ta’lim jarayonidagi kichik guruhlar va individual-kollegial hamkorlik tamoyiliga muvofiq raqobat, barqarorlik, mustaqillik kompetensiyalarini dinamik barqarorlashtirish muhimligi tufayli korreksion bosqichga kognitiv xulq-atvor, motivatsion sohani rivojlantiruvchi dual-treninglarni kiritish asosida takomillashtirishiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 11-noyabrdagi PM-256-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-256-a son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar o‘quv motivatsiyasini qadriyatlar yo‘nalishi xususiyatlari orqali motivatsion sohani rivojlantiruvchi dual-treninglar dasturi ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish