Abdullaeva Nargisa Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turistik faoliyat orqali talabalarning axloq va nafosat falsafasiga oid kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi (auditoriyadan tashqari ishlar misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped4692
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uoѕhlar turiѕtik faoliuatida talabalarning axloq va nafosat falsafasiga oid komretenѕiuaѕini takomillaѕhtiriѕhning ѕamarali metodik tizimini iѕhlab shiqiѕh hamda amaliuotga tadbiq etiѕhdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoshlar turizmining estetik-pedagogik mazmun-mohiyati axloqiy-estetik rivojlanishga ta’sir etuvchi ma’naviy-madaniy, emotiv-afektiv, aksiologik va intersubektiv omillarning integrativ ta’sirini shaxsga yo‘naltirilgan, gumanistik, kognitiv-informatsion, kompetensiyaviy paradigmalar doirasida kognitiv-refleksiv va metapredmet yondashuvlar orqali polimodal tahlil va transdisiplinar integratsiya asosida metodologik jihatdan asoslangan;
turistik faoliyatda talaba-yoshlarni axloqiy-estetik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli madaniyatlararo muloqotning konsensuslik va tolerantlik tamoyillariga mos autentik didaktik materiallar hamda Field Study, Edutourism, Experience-Based Learning (EBL), Scenario-Based Learning (SBL) kabi ta’lim-tarbiya shakllari va vositalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarga andragogik ekstrapolyasiya va situativ konstruksiya tamoyillariga ko‘ra adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
turistik faoliyat orqali talabalarda axloq va nafosat falsafasiga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning o‘quv-didaktik va tarbiyaviy texnologiyalari kognitiv-perseptiv, refleksiv-baholash, kreativ va epistemologik komponentlarning integrativligini tarixiy-geografik, ekologik, etnomadaniy, aksiologik va madaniy vorislik tamoyillariga muvofiq strukturali tasniflsh asosida takomillashtirilgan;
turizm fenomeniga oid pedagogik-psixologik muammolarning didaktik mazmuni go‘zallikni idrok etish va nafis borliqqa faol refleksiv munosabatda bo‘lishda madaniy turistik destinatsiyalarning estetik jozibadorligi talabalarning odob-axloq va nafosat falsafasiga oid kompetensiyasini rivojlantirishning determenistik omili ekanligini o‘quv jarayonini estetizatsiyalash orqali dalillash asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turistik faoliyat orqali talabalarning axloq va nafosat falsafasiga oid kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
axloqiy-estetik rivojlanishga ta’sir etuvchi ma’naviy-madaniy, emotiv-afektiv, aksiologik va intersubektiv omillarning integrativ ta’sirini shaxsga yo‘naltirilgan, gumanistik, kognitiv-informatsion, kompetensiyaviy paradigmalar doirasida kognitiv-refleksiv va metapredmet yondashuvlar orqali polimodal tahlil va transdisiplinar integratsiya asosida metodologik jihatdan asoslangan yoshlar turizmining estetik-pedagogik mazmun-mohiyatiga oid xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2012-2014 yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 13-sentyabrdagi 354-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turizm vositalari orqali talabalarning axloq va nafosat falsafasiga oid kompetensiyasini rivojlantirishning asosiy tamoyillari ilmiy tahlil qilingan;
kognitiv-perseptiv, refleksiv-baholash, kreativ va epistemologik komponentlarning integrativligini tarixiy-geografik, ekologik, etnomadaniy, aksiologik va madaniy vorislik tamoyillariga muvofiq strukturali tasniflsh asosida takomillashtirilgan turistik faoliyat orqali talabalarda axloq va nafosat falsafasiga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning o‘quv-didaktik va tarbiyaviy texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” o‘quv qo‘llanmasiga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-maydagi 149-son buyrug‘i asosida berilgan 360102-raqamli guvohnomasi). Natijada, turizm pedagogikasining didaktik ta’minotini takomillshtirishga xizmat qilgan;
madaniyatlararo muloqotning konsensuslik va tolerantlik tamoyillariga mos autentik didaktik materiallar hamda Field Study, Edutourism, Experience-Based Learning (EBL), Scenario-Based Learning (SBL) kabi ta’lim-tarbiya shakllari va vositalarini auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarga andragogik ekstrapolyasiya va situativ konstruksiya tamoyillariga ko‘ra adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan turistik faoliyatda talaba-yoshlarni axloqiy-estetik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik modeliga oid xulosalardan Turizm qo‘mitasining ichki turizmni rivojlantirishga oid targ‘bot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 17-sentyabrdagi 03-12-17-6121–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar turistik faoliyatida talabalarning axloq va nafosat falsafasiga oid kompetensiyasini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalariga tegishli metodologik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
go‘zallikni idrok etish va nafis borliqqa faol refleksiv munosabatda bo‘lishda madaniy turistik destinatsiyalarning estetik jozibadorligi talabalarning odob-axloq va nafosat falsafasiga oid kompetensiyasini rivojlantirishning determenistik omili ekanligini o‘quv jarayonini estetizatsiyalash orqali dalillash asosida ochib berilgan turizm fenomeniga oid pedagogik-psixologik muammolarning didaktik mazmuniga oid xulosalardan Turizm qo‘mitasining ichki turizmni rivojlantirishga oid targ‘bot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 17-sentyabrdagi 03-12-17-6121–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar turistik faoliyatida talabalar axloqiy-estetik kompetensiyasini takomillashtirishning tizimiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqiqlgan.