Sultonov Odiljon Ziyomiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli simmetriyali kristall ichida joylashgan nodir er ionlarining o‘ziga xos magnitooptik xususiyatlari”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM806
Ilmiy rahbar: Valiev Uygun Vaxidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Kurtaliev Eldar Nurievich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Niyazov Laziz Nurxonovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi RAlO3 ortoalyuminati strukturasida va kaliy-terbiyli KTb3F10 (KTF) ikkilangan ftorid kristalida Tb3+ va Dy3+ nodir er ionlarining magnit va optik, hamda magnitooptik eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish, shuningdek tadqiq qilinayotgan nodir er ionlarining magnitooptik faolliklari mexanizmlari va energetik spektrlariga CS va C4V simmetriyali kristall maydonlarining ta’sirini tadqiq qilish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Birinchi marotaba DyalO3 kristalida magnit qabul qiluvchanlik hamda Faradey effektining temperaturaviy va spektral bog‘lanishlari tahlili asosida disproziy ortoalyuminatida Cs simmetriya kristallik strukturasida magnitooptik faollik «paramagnit» mexanizmi muhim rol o‘ynashi, ya’ni tajribalarda nodir er granatlari bilan solishtirganda qisqa to‘lqinli (˂ 200 nm) sohada to‘lqin uzunligining siljishi aniqlandi. Bunga ortoalyuminat strukturalarida granatlar bilan solishtirganda Tb3+ va Dy3+ ionlarida ruxsat etilgan tebranishlar kuchining deyarli ikki marta ortishi sabab ekanligi ko‘rsatilgan.
Ilk marotaba 20 K temperaturada TbAlO3 kristalini tadqiq qilishda olingan spektrlarni tahlil qilish natijasida Tb3+ ionining 7F6 asosiy multipleti quyi qismida bir-biridan 200 sm-1 energetik interval bilan ajratilgan ikki guruh Shtark sathostilari, shuningdek 7F6 multipleti eng quyi holatlarining kvazidublet strukturasi aniqlangan.
Ilk bora, spektrning ultrabinafsha sohasida TbAlO3 kristali Verde doimiysining chastotaviy bog‘lanishlarining tahlili asosida = 66,51014 s-1 ( nm) chastotada ushbu bog‘lanishda manfiy ekstremum mavjudligi va Verde doimiysiga spektrning 230 – 250 nm sohasidagi ruxsat etilgan (spin va juftlik bo‘yicha) 4f → 5d o‘tishlar hisobiga yuzaga keladigan «paramagnit» ulushning hissasi sezilarli ekanligi ko‘rsatilgan.
Ilk marotaba, KTb3F10 (KTF) kaliy-terbiyli ikkilangan ftorid kristali optik spektrlaridan T = 90 va 300 K temperaturalarda qaralayotgan kristallda ultrabinafsha uyg‘otilish sohasida kuzatiladigan barcha fluoressensiya chiziqlari to‘laligicha Tb3+ ionidagi 5D4→7F6 o‘tishlar bilan aniqlanuvchi 482 - 497 nm to‘lqin intervalida ekanligi aniqlangan.
KTb3F10 kristalida FL va MSQL darajasining past temperaturali spektrlarini birgalikda qarab chiqishda olingan natijalardan 7F6 multipletning energetik spektrida uch dublet holati (va ularning energiyalari) mavjudligi ko‘rsatib berildi va C4v simmetriyali kristall maydonida joylashgan Tb3+ ioni 5D4 multipletida ikkita dublet holat mavjudligi aniqlangan, bu esa o‘z navbatida nazariy hisoblash natijalariga mos kelishi tasdiqlangan.
Ilk bora, KTb3F10 kristalida olib borilgan o‘lchash natijalari asosida Tb3+ ioni C4v simmetriyali kristall qobig‘ining energetik spektrga ta’siri qayd qilindi. KTb3F10 kristali 7F6 multipletida 253 sm-1 energiyada yotuvchi dublet holati aniqlandi va uning ajralishi omili nazariy hisoblandi, shuningdek 7F6 multiplet asosiy holatining dublet tabiati eksperimental tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Nodir er ionlarining optik, magnitooptik va energetik spektrlarini hisoblash usuli va olingan qiymatlar va nodir er ionlarining optik xossalariga magnit maydoni ta’sirining mikroskopik mexanizmlaridan
«Metall oksidlari bilan legirlangan silikatlardagi termoelektrik xususiyatlar va o‘z-o‘zini tashkil qilish jarayonlari» mavzusidagi O‘zbekiston–Hindistonning Uzb-Ind-2021-78-raqamli qo‘shma fundamental tadqiqotlar loyihasi ilmiy-texnikaviy vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 12-dekabrdagi 01/11-13009-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi silikat shishalarni metall oksidlari bilan legirlash jarayonida hosil bo‘luvchi nanokristallardagi struktura o‘tishlarini optik xossalar orqali o‘rganish; legirlangan silikat shishaning optik xossalarining termoEYuK koeffisientiga ta’sirini aniqlash; legirlangan silikat shisha tarkibidagi nodir er metallari (La2O3, Nd2O3) ionlarining elektr o‘tkazuvchanlik va termoEYuK koeffisientiga ta’sirini aniqlash imkonini bergan.
ortoalyuminat va kubik kristallar strukturalarida nodir er ionlarining optik, magnitoptik va energetik spektrlariga Ss va S4V simmetriyali kristall maydonlarining ta’siri bo‘yicha hisoblangan kattaliklar;
paramagnit triftorid, alyuminiy granatlari va granat-gallatlar monokristallarida magnit sirkuluar ikkilamchi sinish va magnitooptik effektlarda turli mikroskopik aniqlangan mexanizmlaridan O‘zbekiston Resrublikasi Fanlar akademiyasi ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Ko’r fazali tizimlar issiqlik fizikasi” laboratoriyasida 01.01.2022 -31.12.2022 yillarda bajarilgan “Dielektrik va segnetoelektrik kristallarda nochiziqli hodisalar, fazaviy o‘tishlar va elastik, fotoelastik hamda superion xususiyatlar anizotropiyasi” mavzusidagi fundamental loyihasida nodir er elementlari, triftoridlari uchun olingan sindirish ko‘rsatkichining qiymatlaridan foydalanilgan (O‘zR FA sining 2024-yil 28-noyabrdagi 2/1255-2650-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi lantan va terbiy triftoridlarida akustooptik sifat koeffisientini (M2) hisoblash imkonini bergan.