Baxramov Sayfiddin Akbarovichning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri “Lokal va bazis splaynlar asosida medisina ma’lumotlariga ishlov berish va geofizik jarayonlarni sonli modellashtirish”, 05.01.07 - “ Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/FM272
Ilmiy rahbar: Texnika fanlari doktori, professor, Zaynidinov Xakimjon Nasridinovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Hayotov Abdulla Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Nuraliev Farxod Abdug‘anievich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bazis va polynomial splaynlar asosida biotibbiyot ma’lumotlarini raqamli qayta ishlash va geofizik jarayonlarni sonli modellashtirish usul va algoritmlarini ishlab chiqish, hamda har xil funksiyalar sinfida xatoliklarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
splaynlarni qurishda umumlashtirilgan konstruktiv usullariga va tadqiqot natijalarini tizimlashtirishga asoslangan har xil turdagi splaynlarni tasniflash sxemasi taklif etilgan;
bir va ikki o‘zgaruvchili bazis, polinomial va yuqori tartibli lokal splaynlar asosida ma’lumotlarni qayta ishlash usullari, sonli modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan, hamda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda xatoliklar baholangan;
bir va ikki o‘zgaruvchili lokal interpoliyasion kubik splaynlar asosida kvadratur, kubatur formulalar qurilgan, samarali hisoblash usullariga asoslangan holda ularning qiyosiy baholari taklif etilgan va sinovdan o‘tkazilgan;
to‘rning tugun nuqtalarida lokal interpolatsion kubik splaynning uzlyuksizlik shartlari tekshirilgan, zamonaviy matematik modellashtirish texnologiyalari va hisoblash tajribalaridan foydalangan holda berilgan aniqlikda silliq splayn yaqinlashtirish usuli ishlab chiqilgan;
murakkab maydonlarni sonli modellashtirish uchun tabiiy ma’lumotlar asosida teng va tengmas oraliqlarda splayn koeffisientlarini hisoblash algoritmlari va dasturlar majmui ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bir va ikki o‘zgaruvchili lokal interpolyasion kubik splaynlar yordamida ma’lumotlarga raqamli ishlov berishni sonli modellari va algoritmlarini yaratish hamda dasturiy vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bir va ikki o‘zgaruvchili polynomial, yuqori darajadagi splaynlar va basis splaynlar asosida ma’lumotni qayta ishlash usullari, sonli modellari, raqamli algoritmlar hamda dasturiy ta’minot mikroskop yordamida olingan miya hujayralari tasvirlarini qismlarga bo‘lib qayta ishlashda Samarqand davlat tibbiyot universitetining 4-sonli ichki kasalliklar kafedrasida muvaffaqiyatli joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 3-oktyabrdagi 02-28/22600-son ma’lumotnomasi). Natijada turli xil miya kasalliklarini tashxislashni 17%, davolash uchun muhim bo‘lgan hujayra tuzilishidagi g‘ayritabiiy o‘zgarishlarni tekshirishda xatolar ehtimolini 11-15% ga kamaytirgan va aniqlash imkoniyati hamda mehnat unumdorligini 15-18% ga oshirgan;
bir va ikki o‘zgaruvchili lokal interpolyasiya qiluvchi kubik splaynlar yordamida tuzilgan kvadratur va kubatur formulalarini qurilishi va ularning qiyosiy baholari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida amalga oshirilgan № OT-Atex-2018-486 loyihasida qo‘llanilgan va joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-maydagi 4/17-4/4-7864-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar, dasturlashtiriladigan mantiqiy kontrollerlar asosida boshqaruv tizimlarini yaratish va ish samaradorligini oshirishga imkon bergan;
ulanish tugunlarida lokal interpolyasion kubik splaynning uzlyuksizlik shartlari tekshirilgan va berilgan aniqlik bilan silliq splayn yaqinlashuvini qurish usuli hamda, murakkab maydonlarni sonli modellashtirish uchun dasturiy ta’minot to‘plami, teng va tengmas oraliqlarda splayn koeffisientlarini hisoblash algoritmlari Samarqand shahridagi «Neo-Vita» MChJ xususiy klinikasida muvaffaqiyatli joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 3-oktyabrdagi 02-28/22600-son ma’lumotnomasi). Natijada kasallikni tez va samarali aniqlashga imkon bergan va kompyuter yordamida miya hujayralari tasvirlari va ularning sonini hisoblash jarayonini sezilarli darajada tezlashtirgan;
splaynlarni qurilishida ilmiy tadqiqot natijalarini umumlashtirish va tizimlashtirishga asoslangan har xil turdagi splaynlarni tasniflash sxemasi, bir va ikki o‘zgaruvchili lokal interpolyasiya qiluvchi kubik splaynlar yordamida tuzilgan kvadratur va kubatur formulalarini qurilishi va ularning qiyosiy baholari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida amalga oshirilgan № MOT-F5-13 fundamental loyihasida qo‘llanilgan va joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-maydagi 4/17-4/4-7864-son ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, ushbu resurslarni tashkil etuvchi oqimlarning harakat jarayonlarini o‘rganish va suvning tejamkor iste’molini bashorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish