Ro‘ziev Elbek To‘lkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Proton uzatilish reaksiyalaridan 15N, 16O, 19F, 32S yadrolarining proton bog‘langan holatlari uchun spektroskopik ma’lumotlar”, 01.04.08 – “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1125
Ilmiy rahbar: Artemov Sergey Viktorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar:
Olimov Kosim, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Nadirbekov Mahmudjon So‘laymanovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi har xil turdagi proton uzatish yadro reaksiyalari tahlilidan 15N, 16O, 19F va 32S yadrolarining proton bog‘langan holatlari uchun asimptotik normirovka koeffisienti kvadratlari hamda spektroskopik faktor qiymatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
E_(_^15)N = 43 MeV energiyada 15N ionlar dastasining 11B nishon bilan o‘zaro ta’siri natijasida olingan 11B(15N,14C)12C va 11B(15N,14C)12C*(4.44 MeV) reaksiyalari differensial kesimlari yangi qiymatlari tahlilidan 15N14C+p asosiy holat uchun ANK kvadrati qiymati (C_(14 1)^2= 469 fm-1) birinchi marta aniqlangan;
NG-150 neytron generatorida neytronlarning to‘liq kesimlarini o‘lchash metodikasining yangi versiyasi yordamida 14.1 MeV energiyada O, F, S elementlari yadrolari uchun neytronlarning to‘liq kesimlarining yangi qiymatlari eksperimental ravishda aniqlangan va ularni hisobga olgan holda neytronlarning ushbu yadrolar bilan o‘zaro ta’sirlashuvining optik potensial parametrlarining optimal to‘plami topilgan;
14C(3He,d)15N, 15N(3He,d)16O, 18O(3He,d)19F, 31P(3He,d)32S reaksiyalari differensial kesimlarining adabiyotlardagi qiymatlarini takomillashgan buzilgan to‘lqinlar usuli doirasida tahlil qilish orqali, 15N (C_(14 1)^2=56±10 fm-1), 16O (C_(15 1)^2=195±24 fm-1), 19F (C_(18 1)^2=96±13 fm-1), 32S (C_(31 1)^2=2385±205 fm-1) yadrolarining proton bog‘langan asosiy holatlari uchun asimptotik normirovka koeffisientlari kvadratlarining yangi qiymatlari olingan. 32S uchun ANK qiymati birinchi marta olingan;
15N(n,d)14C, 16O(n,d)15N, 19F(n,d)18O, 32S(n,d)31P reaksiyalari differensial kesimlarining adabiyotlardagi qiymatlarini takomillashgan buzilgan to‘lqinlar usuli, adiabatik buzilgan to‘lqinlar usuli doirasida reaksiya kirish kanalidagi nolokallikni va deytron parchalanishi ta’sirini hisobga olib, topilgan neytron optik potensiallaridan foydalangan holda, 15N (Z_(14 1)=1.05±_0.31^0.28), 16O (Z_(15 1)=2.89±_0.48^0.52), 19F (Z_(18 1)=0.31±_0.04^0.05) yadrolarining asosiy holatlarida proton bog‘lanishning spektroskopik faktor qiymatlari chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kulon to‘sig‘i yaqinidagi energiyalarda proton uzatilish yadro reaksiyalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Kulon energiyasiga yaqin sohada 11B(15N,14C)12C reaksiyasi differensial kesimlarining eksperimental qiymatlari Varshava universiteti og‘ir ionlar laboratoriyasi (OIL)ning U200-P siklotronida og‘ir ionlar dastasi ustida yangi tajribalarni rejalashtirish uchun ishlatiladi (Varshava universiteti OIL ning 2024-yil 3-sentyabrdagi SLCJ/290/2024-sonli xati). Ushbu ma’lumotlardan yuqorida aytib o‘tilgan tajribalar uchun kesimni va tezlatgichning ishlash vaqtini oldindan baholash uchun foydalanilgan;
NG-150 neytron generatorida neytronlarning to‘liq kesimlarini o‘lchash metodikasining yangi versiyasi yordamida 14.1 MeV energiyada O, F, S elementlari yadrolari uchun neytronlarning to‘liq kesimlarining yangi qiymatlari eksperimental ravishda Yadro fizikasi institutida 2018-2020-yillarda bajarilgan FA-A3-F004 “O‘zR FA Yadro fizikasi instituti VVR-SM yadro reaktorining yoqilg‘i sikllarini optimallashtirish va parametrlarini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akadimiyasining 2024-yil 11-noyabrdagi 2/1255-2498-sonli xati). Olingan natijalar VVR-SM reaktori faol zonasi vertikal kanallarida neytron spektrining topazlardagi aralashmalar tarkibining tabiiy topaz rang markazi o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash imkonini bergan;
15N, 16O, 19F, 32S atom yadrolarida proton bog‘lanishning SF va ANK qiymatlari Qozogʻiston Respublikasi Energetika vazirligining Yadro fizikasi institutida, “68 MeV energiyada 6Li ionlarining 9Be va 12C yadrolari bilan oʻzaro taʼsirida kuchsiz bogʻlangan yadrolarning hosil boʻlishini tadqiq qilish” ilmiy-tadqiqot ishi doirasida amalga oshirilgan, yadro fizikasi boʻyicha olib borilgan tadqiqotlarda foydalanilgan (Qozogʻiston Respublikasi Energetika vazirligining Yadro fizikasi institutining 2024-yil 2-oktyabrdagi 05-03-08/1064-sonli xati). Ushbu ma’lumotlardan foydalanish 6Li tezlashtirilgan ionlarining 68 MeV energiyada 9Be(6Li,4He)11B, 9Be(6Li,6He)9Be reaksiyalarining eksperimental DK ning kompleks tahlil qilishdan klaster konfiguratsiyalarining deformatsiya parametrlarini va SFlarni baholash hamda taqqoslash imkonini bergan.