Reymov Kamal Mambetkarimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yirik shamol energetikasi qurilmalariga ega bo‘lgan elektr energetika tizimlari holatlarini optimal boshqarish uslubiyatini rivojlantirish”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualari va qurilmalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T476.
Ilmiy maslahatchi: Gayibov Tulqin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Ushakov Vasiliy Yakovlevich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xudayarov Muzaffar Burxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rejim va texnologik cheklovlarni hisobga olgan holda quvvat ishlab chiqarishni tahliliy baholash, modellashtirilish, rejalashtirish va prognozlash asosida tarkibida yirik shamol elektr stansiyalari mavjud elektr energetika tizimlarining holatlarini optimal boshqarish uslubiyatini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
orografik sharoitda shamol elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarishning uzoq muddatli salohiyatini baholash usuli hudududlarning meteorologik ma’lumotlarining haqiqiy va model qiymatlarini taqqoslash asosida noaniqlik omilini hisobga olib ishlab chiqilgan;
shamolning tezligi, yo‘nalishi va havoning namligini hisobga olgan holda elektr stansiyalari quvvatini optimal taqsimlash asosida shamol elektr stansiyalarining quvvat ishlab chiqarishini sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalanib prognozlash usuli va modeli ishlab chiqilgan;
tarkibida akkumulyator batareyasiga ega shamol elektr stansiyalari mavjud elektr energetika tizimining qisqa muddatli holatini optimal rejalashtirish masalasining matematik modeli va algoritmi elektr stansiyalarida yoqilg‘i sarfini minimalligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
tarkibida shamol elektr stansiyalari mavjud energiya saqlash qurilmalariga ega bo‘lgan energetika tizimi holatlarini optimal boshqarish masalasining matematik modeli va algoritmi tarmoqdagi aktiv quvvat isroflarini minimumga keltirish mezoni asosida ishlab chiqilgan;
shamol elektr stansiyalariga ega energetika tizimlarining holatlarini tarmoq faktorini hisobga olib optimallash modeli va algoritmi energiya saqlash qurilmalarining ish rejimlarini boshqarish asosida ishlab chiqilgan;
qayta tiklanuvchi energiya manbali stansiyalarning quvvati va o‘rnatish joyini optimal tanlash asosida iste’molchilar yuklamalarini optimallashtirish masalasining matematik modeli va echimi Dingo algoritmi asosida yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yirik shamol energetikasi qurilmalariga ega bo‘lgan elektr energetika tizimlari holatlarini optimal boshqarish uslubiyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shamol elektr stansiyasining quvvat ishlab chiqarishini sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalanib prognozlash usuli va modeli “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari filialiga joriy etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2024-yil 1-noyabrdagi 01-02-18/5784-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p omilli tahlil asosida aniqlangan prognozlash ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda elektr stansiyalari quvvatini optimal taqsimlash asosida hisoblash aniqligini 2,05% gacha oshirish imkoniyati yaratilgan;
tarkibida akkumulyator batareyasiga ega shamol elektr stansiyalari mavjud bo‘lgan elektr energetika tizimining qisqa muddatli holatini optimal rejalashtirish masalasining matematik modeli va algoritmi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari filialiga joriy etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2024-yil 1-noyabrdagi 01-02-18/5784-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shamol elektr stansiyasida 100 MVt·soat sig‘imdagi akkumulyator batareyasi mavjud bo‘lgan holatda energetika tizimining Shimoliy-G‘arbiy qismida bir sutkada 111,204 t.sh.yo.ni iqtisod qilish imkoniyatini bergan;
tarkibida akkumulyator batareyasiga ega shamol elektr stansiyasi mavjud bo‘lgan elektr energetika tizimi holatlarini optimal boshqarish masalasining matematik modeli va algoritmi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari filialiga joriy etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2024-yil 1-noyabrdagi 01-02-18/5784-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qaralayotgan boshqarish siklida tizimning optimal ish rejimlarini ta’minlanishi hisobiga elektr tarmoqlarida elektr energiyasi isroflarini 13,458 MVt·soatga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
shamol elektr stansiyalariga ega elektr energetika tizimlarining holatlarini tarmoq faktorini hisobga olib optimallash modeli va algoritmi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari filialiga joriy etilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2024-yil 1-noyabrdagi 01-02-18/5784-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarmoq faktorini hisobga olish qaralayotgan boshqarish sikli davomida elektr energiyasi yo‘qotishlarini qo‘shimcha 6,647 MVt·soatga, shartli yoqilg‘i sarfini 2,138 t.sh.yo.ga yoki 0,12% ga iqtisod qilish va bu mos ravishda 261 306 360 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatini bergan.