Yakubova Feruza Yusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7969.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ruzikulova Nigora Shuxratovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Alliyarov Ashraf Dauletyarovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ijtimoiy-madaniy talablarga muvofiq pedagogik vazifalarni oddiydan murakkabga qarab tizimlashtirish hamda shaxsiy madaniyatning ijtimoiy munosabatlar va axborot-tahliliy faoliyat madaniyatiga proporsional bog‘liqligini ta’limiy-rivojlantiruvchi maqsadlarga ko‘ra izchil uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari, innovatsion ta’lim sharoitini tashkil etish bosqichlari va kasbga yo‘naltirilgan mazmun bilan to‘ldirilgan muhit integratsiyasini ta’minlash, modulli o‘qitish hamda loyiha ishlari, trening texnologiyalarini innovatsion ta’lim muhitiga izchil va uzlyuksiz moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning tashkiliy modeli shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va aksiologik yondashuvlar integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash hamda tizimlilik, amaliyotga yo‘nalganlik, lifelong learning tamoyillarini amalda qo‘llash natijadorligini oshirishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligi individual tayyorgarlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan kognitiv – bilish, axborot-tahliliy, individual-shaxsiy va motivatsion-refleksiv kabi mezonlarini ta’lim jarayoni subektlariga qo‘yiladigan ijtimoiy talablarga ko‘ra maqsadli belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion taʼlim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ijtimoiy-madaniy talablarga muvofiq pedagogik vazifalarni oddiydan murakkabga qarab tizimlashtirish hamda shaxsiy madaniyatning ijtimoiy munosabatlar va axborot-tahliliy faoliyat madaniyatiga proporsional bog‘liqligini ta’limiy-rivojlantiruvchi maqsadlarga ko‘ra izchil uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Hozirgi rus tili: Morfologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi “233”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 233-0434 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada innovatsion taʼlim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan;
talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalari, innovatsion ta’lim sharoitini tashkil etish bosqichlari va kasbga yo‘naltirilgan mazmun bilan to‘ldirilgan muhit integratsiyasini ta’minlash, modulli o‘qitish hamda loyiha ishlari, trening texnologiyalarini innovatsion ta’lim muhitiga izchil va uzlyuksiz moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Hozirgi rus tili: Morfologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi “233”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 233-0434 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning tashkiliy modeli shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va aksiologik yondashuvlar integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash hamda tizimlilik, amaliyotga yo‘nalganlik, lifelong learning tamoyillarini amalda qo‘llash natijadorligini oshirishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Hozirgi rus tili: Morfologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi “233”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 233-0434 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada innovatsion taʼlim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligi individual tayyorgarlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan kognitiv – bilish, axborot-tahliliy, individual-shaxsiy va motivatsion-refleksiv kabi mezonlarini ta’lim jarayoni subektlariga qo‘yiladigan ijtimoiy talablarga ko‘ra maqsadli belgilash asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Hozirgi rus tili: Morfologiya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi “233”-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 233-0434 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada innovatsion taʼlim sharoitida talabalarning umummadaniy kompetentliligini rivojlantirish samaradorligini takomillashtirishning didaktik mazmuni boyitilgan.