Murodov Otabek Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy ekinlarni kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orishni erlarning meliorativ holatiga ta’sirini baholash (Buxoro viloyatining sho‘rlangan tuproqlari sharoitida)”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1175.
Ilmiy rahbar: Isaev Sabirjon Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon Xamidovi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Eshonqulov Jamoliddin Saparboy o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial, o‘rtacha sho‘rlangan va mexanik tarkibi o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida takroriy ekin sifatida ekilgan tariq va kungaboqarni kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orish, tuproqning namlanish qatlamlari va ekinlarga Nanokremniy va AMINOSID Universal Si biopreparatlari bilan ishlov berishni sug‘oriladigan erlarning meliorativ xolatiga hamda tariq va kungaboqarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirlarini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
takroriy ekin tariqni kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orish natijasida tuproqning namlanish qatlamlari 30-50-30 sm bo‘lib, unga Nanokremniy biopreparati bilan 100 g/ga me’yorda 2 marta ishlov berilganda, tariqni sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-65 % da 0-1-1 tizimda 2 marta 745-582 m3/ga sug‘orish me’yorlari va 2185 m3/ga (ekishdan oldin tuproqni namlatish uchun sug‘orish bilan) mavsumiy sug‘orish me’yori bilan sug‘orish aniqlangan;
takroriy ekin kungaboqarni kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orishda tuproqning namlanish qatlamlari 40-50-40 sm bo‘lib, unga Nanokremniy biopreparati bilan 100 g/ga me’yorda 2 marta ishlov berilganda, kungaboqarni sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-70-65 % da 0-1-1 tizimda 2 marta 750-585 m3/ga sug‘orish me’yorlari va 2193 m3/ga (ekishdan oldin tuproqni namlatish uchun sug‘orish bilan) mavsumiy sug‘orish me’yori bilan sug‘orish aniqlangan;
takroriy tariq va kungaboqarni kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orish, tuproqning namlanish qatlamlari 30-50-30 (tariqda) va 40-50-40 (kungaboqarda) sm bo‘lib, ularga Nanokremniy biopreparati bilan 100 g/ga me’yorda 2 marta ishlov berilganda, tariqning bo‘yi 103 sm ni, hosildorligi 31,7 s/ga ni hamda kungaboqarning bo‘yi 144,3 sm bo‘lib, 29,8 s/ga urug‘ hosili olinishi isbotlangan;
takroriy ekinlar tariq va kungaboqarni kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orishda vegetatsiya davri oxirida tuproqda tuz to‘planishi nazoratga nisbatan tariq etishtirilgan dalada xlor ioni miqdori haydov (0-30 sm) qatlamida 0,004 % ga hamda 0-100 sm qatlamda 0,003 % ga, quruq qoldiq miqdori 0,038 va 0,046 % ga kam yig‘ilganligi aniqlangan va kungaboqar etishtirilgan dalada xlor ioni haydov (0-30 sm) qatlamda 0,004 % va 0,003 % ga, quruq qoldiq miqdori esa 0,068 va 0,074 % ga kam yig‘ilganligi aniqlangan;
takroriy ekinlar tariq va kungaboqarni kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orishda namlantirish qatlami 30-50-30 (tariqda) va 40-50-40 (kungaboqarda) sm bo‘lib, ularga Nanokremniy biopreparati bilan 100 g/ga me’yorda 2 marta ishlov berilganda tariqning “Saratovskoe-853” navidan olingan shartli sof foyda 2 mln 711 ming so‘m/ga va rentabellik darajasi 44,5 % ga hamda kungaboqarning “Dilbar” navini etishtirishda olingan shartli sof foyda 5 mln 869 ming so‘m/ga ni va rentabellik darajasi 74,4 % ga teng bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim o‘zgarishiga moslashish, suv tanqisligining salbiy oqibatlarini yumshatishda Buxoro viloyatining sizot suvlari sathi 2,0-2,5 metr, mineralizatsiyasi 2,5-3,0 g/l bo‘lgan o‘tloqi allyuvial, mexanik tarkibi o‘rta qumoq, o‘rtacha darajada sho‘rlangan tuproqlari sharoitida tariq va kungaboqarni kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
“Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida takroriy ekinlarni kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orishni erlarning meliorativ holatiga ta’sirini baholash” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Suv xo‘jaligi vazirligining 02.08.2024 y., 05/27-2821-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma agroklaster, suv xo‘jaligi mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilarga qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
takroriy tariqning “Saratovskoe–853” navini kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orishda Nanokremniy biopreparati bilan ishlov berilib etishtirish ishlari Buxoro viloyatining Vobkent, Shofirkon va Buxoro tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami 50 gektar maydonda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 02.08.2024 y., 05/27-2821-son ma’lumotnomasi). Natijada takroriy tariqning “Saratovskaya–853” navini zovur suvlari bilan sug‘orishda Nanokremniy biopreparati bilan ishlov berilib, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-65 % tartibda sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan. Mavsum davomida 2 marta, 0-1-1 tizimda, mavsumiy 2309-2344 m3/ga me’yorni, mavsum davomida 291-245 m3/ga suv tejalishi hamda 1 s don hosili etishtirish uchun sarflangan daryo suvlari miqdori 75,2-80,8 m3 ni tashkil etganligi aniqlangan.
kuchsiz minerallashgan zovur suvlari bilan sug‘orib takroriy kungaboqarning “Dilbar” navini Nanokremniy biopreparati yordamida ishlov berilib etishtirish Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklarida 50 ga maydonda joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 02.08.2024 y., 05/27-2821-son ma’lumotnomasi). Natijada takroriy ekilgan kungaboqarning “Dilbar” navini sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-70-65 % tartibda sug‘orish maqbul ekanligi aniqlanib, mavsum davomida 2 marta, 0-1-1 tizimda, mavsumiy 2322-2368 m3/ga me’yorlarda sug‘orilganda nazorat variantiga nisbatan 291-245 m3/ga suv resurslari tejalishiga erishilib, 1 s hosil etishtirish uchun sarflangan suv miqdori 80,8-88,4 m3 ni tashkil etganligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish