Pulatov Ashraf Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda yuzning noodontogen abssess va flegmonalarini kompleks davolashini takomillashtirish» 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3054.
Ilmiy rahbar: Azimov Aziz Muxammadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shomurodov Kaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shalabaeva Klara Zulxarnaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Tokay tibbiyot markazi (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarda noodontogen abssesslar va flegmonalarni kompleks davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda yuzning noodontogen abssess va flegmonalari  klinik kechishi  dinamikasini raqamlashtirish yordamida morfofunksional baxolash mezonlari aniqlangan;
bolalarda yuzning noodontogen abssess va flegmonalarida  xlor saqlovchi antiseptik eritmasi  qo‘llanilishi yiringli  yallig‘lanish mikroflorasi vakillari Streptococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Escherichia coli ishonarli darajada kamayganligi isbotlangan;
yuz soxasi noodontogen abssess va flegmonalar bo‘lgan bolalarda  xlor saqlovchi antiseptik eritmasi va bakterial lizatlar birgalikda qo‘llash simbioz (bir birini kuchaytiruvchi) ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
bolalarda yuz sohasidagi noodontogen abssess va flegmonalarni davolash uchun taklif etilgan algoritm qo‘llanishi statsionarda davolanish muddatini 7,0±1.0 sutkadan 4,0±1,0 sutkaga qisqargani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda yuz noodontogen abssesslari va flegmonalarini kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy-texnikaviy kengashi xulosasi №05-/87, 2024 yil 26 avgust):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda yuzning noodontogen abssess va flegmonalari klinik kechishi dinamikasini raqamlashtirish yordamida morfofunksional baxolash mezonlari aniqlangan; Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: Toshkent shahridagi 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasi va Chirchiq shahri bolalar stomatologiya poliklinikasining amaliyot faoliyatiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy-texnikaviy kengashi xulosasi №05-/87, 2024 yil 26 avgust). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy tadqiqot doirasida quyidagi natijalarga erishildi: bolalarda yuz-jag‘ sohasidagi noodontogen abssesslar va flegmonalar kamayishi, hayot sifati yaxshilanishi, tana umumiy kasalliklari foizi pasayishi va yaralarning bitishi uchun mahalliy davolashning yuqori samaradorligi ta’minlandi. Shu bilan birga, ko‘p hollarda bolalarda yuz noodontogen abssesslari va flegmonalaridan keyin yuzaga keladigan surunkali jarayonning oldini olish ushbu usulning davolash samaradorligini ta’minladi. Iqtisodiy samaradorlik: olingan ma’lumotlar bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida noodontogen abssesslar va flegmonalarni davolashda har bir bola uchun kasalxonada yotish muddati 2 kunga qisqarganligini ko‘rsatdi. Bu byudjet mablag‘larining iqtisodiy samaradorligini 50% ga ta’minladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda yuzning noodontogen abssess va flegmonalarida  xlor saqlovchi antiseptik eritmasi  qo‘llanilishi yiringli  yalliglanish mikroflorasi vakillari Streptococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Escherichia coli ishonarli darajada kamayganligi isbotlangan; Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: Toshkent shahridagi 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasi va Chirchiq shahri bolalar stomatologiya poliklinikasining amaliyot faoliyatiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnikaviy kengashi xulosasi №05-/87, 2024 yil 26 avgust). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy tadqiqot doirasida quyidagi natijalarga erishildi: bolalarda yuz-jag‘ sohasidagi noodontogen abssesslar va flegmonalar kamayishi, hayot sifati yaxshilanishi, umumiy tana kasalliklari foizi pasayishi va yaralarning bitishi uchun mahalliy davolashning yuqori samaradorligi ta’minlandi. Shu bilan birga, ko‘p hollarda bolalarda yuz sohasi noodontogen abssesslari va flegmonalaridan keyin yuzaga keladigan surunkali jarayonning oldini olish ushbu usulning davolash samaradorligini ta’minladi. Iqtisodiy samaradorlik: olingan ma’lumotlar bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida noodontogen abssesslar va flegmonalarni davolashda har bir bola uchun kasalxonada yotish muddati 2 kunga qisqarganligini ko‘rsatdi. Bu byudjet mablag‘larining iqtisodiy samaradorligini 50% ga ta’minladi.
uchinchi ilmiy yangilik: yuz soxasi noodontogen abssess va flegmonalar bo‘lgan bolalarda  xlor saqlovchi antiseptik eritmasi va bakterial lizatlar birgalikda qo‘llash simbioz ( bir birini kuchaytiruvchi) ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan; Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: Toshkent shahridagi 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasi va Chirchiq shahri bolalar stomatologiya poliklinikasining amaliyot faoliyatiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnikaviy kengashi xulosasi №05-/87, 2024 yil 26 avgust). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy tadqiqot doirasida quyidagi natijalarga erishildi: bolalarda yuz-jag‘ sohasidagi noodontogen abssesslar va flegmonalar kamayishi, hayot sifati yaxshilanishi, umumiy tana kasalliklari foizi pasayishi va yaralarning bitishi uchun mahalliy davolashning yuqori samaradorligi ta’minlandi. Shu bilan birga, ko‘p hollarda bolalarda yaxshi noodontogen abssesslari va flegmonalaridan keyin yuzaga keladigan surunkali jarayonning oldini olish ushbu usulning davolash samaradorligini ta’minladi. Iqtisodiy samaradorlik: olingan ma’lumotlar bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida noodontogen abssesslar va flegmonalarni davolashda har bir bola uchun kasalxonada yotish muddati 2 kunga qisqarganligini ko‘rsatdi. Bu byudjet mablag‘larining iqtisodiy samaradorligini 50% ga ta’minladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda yuz sohasidagi noodontogen abssess va flegmonalarni davolash uchun taklif etilgan algoritm qo‘llanishi statsionarda davolanish muddatini 7,0±1.0 sutkadan 4,0±1,0 sutkaga qisqargani isbotlangan. Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish: Toshkent shahridagi 4-son bolalar stomatologiya poliklinikasi va Chirchiq shahri bolalar stomatologiya poliklinikasining amaliyot faoliyatiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy-texnikaviy kengashi xulosasi №05-/87, 2024 yil 26 avgust). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy tadqiqot doirasida quyidagi natijalarga erishildi: bolalarda yuz-jag‘ sohasidagi noodontogen abssesslar va flegmonalar kamayishi, hayot sifati yaxshilanishi, umumiy tana kasalliklari foizi pasayishi va yaralarning bitishi uchun mahalliy davolashning yuqori samaradorligi ta’minlandi. Shu bilan birga, ko‘p hollarda bolalarda yaxshi noodontogen abssesslari va flegmonalaridan keyin yuzaga keladigan surunkali jarayonning oldini olish ushbu usulning davolash samaradorligini ta’minladi. Iqtisodiy samaradorlik: olingan ma’lumotlar bolalar yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida noodontogen abssesslar va flegmonalarni davolashda har bir bola uchun kasalxonada yotish muddati 2 kunga qisqarganligini ko‘rsatdi. Bu byudjet mablag‘larining iqtisodiy samaradorligini 305000gacha ta’minladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish