Tursunova Mallika Xusanovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi maxalliy o‘simlik vositalarini farmakologik ta’sirlari va ularni COVİD-19 kompleks terapiyasida ishlatish imkoniyatlari” 14.00.17 - Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Tib636.
Ilmiy rahbar: Aminov Salaxitdin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, DSc.04/30.12.2019. Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Ziyaviddin Zaynutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musaeva Dilfuza Maxmudovna, tibbiyot fanlari doktori; Tulyaganov Rustam Tursunovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 ni simptomatik davolash uchun klinik amaliyotga tavsiya etish maqsadida yangi kombinatsiyalashgan va dorivor o‘simliklardan olingan dori vositalarni farmakologik ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental xayvonlarda exinatseya o‘tining quruq ekstrakti antitelo xosil qiluvchi xo‘jayralarning (AOK) 25,2% ga ko‘payishiga yordam berishi va uning immunomodulyator ta’siri aniqlangan.
“karagenin bilan chaqirilgan yalig‘lanish” modelida ambroksol gidroxlorid, zopnik regel o‘ti va qizilmiya ildizlarining kombinatsiyasi IL-1b, IL-6 interleykinlari va TNF-α darajasiga ta’siri baholanib uni yalig‘lanishga qarshi ta’siri asoslangan.
ambroksol gidroxlorid va eritromisinning yangi kombinatsiyasi yaqqol namoyon bo‘lgan mukolitik faolligi va in vitro tajribalarida Staphylococcus aureus va Streptococcus pneumoniae mikroblarini o‘sishini pasaytirishi aniqlangan;
o‘simliklardan olingan yangi dorivor vositasi leoglisirflom – quruq ekstrakti oq sichqonlarning xarakat faooligiga ta’siri, ya’ni ularning faolligini pasayishi va oq kalamushlarning tez uxlab qolishi va ularni uyqu davomiyligini oshirishi aniqlangan.
formalin bilan chaqirilgan aseptik yalig‘lanish fonida, yalong‘och qizilmiya ildizi, regel qoziquloq o‘ti va arslonquyruq o‘simligining quruq ekstraktlarining kombinatsiyasi dozaga bog‘liq bo‘lgan xolda, yallig‘lanishga qarshi ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yildagi 16 sentyabrdagi 06/04 – sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 16 sentyabrdagi - sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etildi):
birinchi ilmiy yangilik: eksperimental xayvonlarda exinatseya o‘tining quruq ekstrakti antitelo xosil qiluvchi xo‘jayralarning (AOK) 25,2% ga ko‘payishiga yordam berishi va uning immunomodulyator ta’sirni aniqlangan. Olingan natijalar asosida «Immunatseya - kapsulalari» dorivor vositasi ro‘yxatga olindi (Davlat qayd raqami № DV/M 04037/02/22) va immunomodullovchi dorivor vositasi sifatida «Sharq darmon» MChJ (O‘zbekiston) da ishlab chiqarish uchun joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quydagilardan iborat: yangi “Immunatseya - kapsulalari” dori vositasi yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini oldini olish profilaktika vositasi sifatida, xamda koviddan keyingi davrda tavsiya etiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: “Immunatseya-kapsulalarini” ishlab chiqarilishga joriy etilishi rentabel maxsulotni ishlab chiqarishga imkon beradi. Qattiq jelatinli kapsuladagi “Immunatseya” dori vositasining narxi 100 dona kapsula uchun 30200 so‘mni tashkil etadi, bu esa xorijdan keltirilgan “Lek dd” (Sloveniya) korxonasida ishlab chiqarilgan “Immunal” preparatiga nisbatan 7800 so‘mga arzon. Xulosa: “Immunatseya kapsulalari” dori vositatsi o‘tkir va surunkali respirator, xamda COVID-19 kasalliklaridagi immun tanqisligi xolatlarini oldini olish va davollash uchun immunmodullovchi va yallig‘lanishga qarshi dori vositasi sifatida klinik amaliyotiga tavsiya etilishi mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: “karagenin bilan chaqirilgan yalig‘lanish” modelida ambroksol gidroxlorid, zopnik regel o‘ti va qizilmiya ildizlarining kombinatsiyasi IL-1b, IL-6 interleykinlari va TNF-α darajasiga ta’siri baholanib uni yalig‘lanishga qarshi ta’siri asoslangan. Olingan ma’lumotlar asosida “Yo‘talga qarshi dori vositalarining samaradorligini baxolashda sitokinlar darajasini aniqlash usuli” (Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2023 yil 10 iyundagi 03/77 – son bilan tasdiqlangan) mavzusida uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqildi va quyidagilarga joriy etildi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti qoshidagi farmakologiya va toksikologiya laboratoriyalari amaliyotiga; Farmatsevtik ta’lim va tadqiqotlar instituti qoshidagi ilmiy laboratoriya faoliyatiga xamda Toshkent farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi o‘quv dasturlariga kiritildi. «RADIKS» MChJ si xamkorligida «Bronxotus forte – eliksir» dori vositasiga korxonaning farmakopeya maqolasi loyihasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM da qayd etish va tasdiqlash uchun topshirildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida yo‘talga qarshi va mukolitik dori vositasi sifatida klinik amaliyotga joriy etilishini maqsadga muvofiqligi va ijtimoiy samaradorligini tasdiqlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: «Bronxotus forte – eliksir» dori vositasi yaxshi texnologik xususiyatlarini ko‘rsatdi va uning sirop shakli MTX ning fizik –kimyoviy va ekspulatatsion talablariga javob beradi. «RADIKS» MChJ sining ishlab chiqarishiga joriy etilgani tejamkor maxsulotni ishlab chiqarish imkonini beradi. «Bronxotus forte – eliksir» ning 1 flakoni 16200 ming so‘mga teng, bu esa Rossiyaning “Farmstandart - leksredstva” OAJsining “Kodelak@Bronxo s chabresom” dori vositasidan 21800 so‘mga arzon bo‘lib, iqtisodiy samamaradorlikdan dalolat beradi. Xulosa: olingan ma’lumotlar, shubxasiz «Bronxotus forte – eliksir» dori vositasini respirator kasalliklarida yo‘talga qarshi qo‘llashga imkoniyatini ko‘rsatdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ambroksol gidroxlorid va eritromisinning yangi kombinatsiyasi yaqqol namoyon bo‘lgan mukolitik faolligi va in vitro tajribalarida Staphylococcus aureus va Streptococcus pneumoniae mikroblarini o‘sishini pasaytirishi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar asosida “Yo‘talga qarshi dori vositalarini klinikagacha bo‘lgan tadqiqot usullari” (Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2024 yil 6 mart sanasida №03/196 – son bilan tasdiqlangan) mavzusida uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqildi va quyidagilarga joriy etildi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti qoshidagi farmakologiya va toksikologiya laboratoriyalari amaliyotiga; Farmatsevtik ta’lim va tadqiqotlar instituti qoshidagi ilmiy laboratoriya faoliyatiga va Toshkent farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi o‘quv dasturlariga kiritildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-sonli xulosasi). Iqtisodiy samaradorligi: uslubiy tavsiyanomalarda ko‘rsatilgan usullar oson takrorlanadi va tajriba o‘tkazish xarajatlarini 170000 so‘mga kamaytiradi. Xulosa: uslubiy tavsiyanomalar eksperimental va klinik farmakologiya, sinov laboratoriyalari, ilmiy – tadqiqot institutlari mutaxassislari uchun mo‘ljallangan
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘simliklardan olingan yangi dorivor vositasi leoglisirflom – quruq ekstrakti oq sichqonlarning xarakat faooligiga ta’siri, ya’ni ularning faolligini pasayishi va oq kalamushlarning tez uxlab qolishi va ularni uyqu davomiyligini oshirishi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: «Leoglisirflom – quruq ekstrakti» dorivor vositasi (Davlat qayd raqami №DV/M 01568/06/17) tinchlantiruvchi dori vositasi sifatida S.K.Islombekov nomidagi (O‘zbekiston) O'zkimyofarm, AJda ishlab chiqarish uchun joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 6-sonli xulosasi). Iqtisodiy samaradorligi: «Leoglisirflom – quruq ekstrakti» yaxshi texnologik xususiyatlarini ko‘rsatdi, va uning kukun shakli fizik –kimyoviy va ekspulatatsion talablariga javob beradi. S.K.Islombekov nomidagi O'zkimyofarm AJda ishlab chiqarishiga joriy etilishi tejamkor maxsulotni ishlab chiqarishga imkon beradi. «Leoglisirflom – quruq ekstrakti» ning 1 sashesi 12000 so‘m iqtisodiy samamaradorlikdan dalolat beradi. Xulosa: olingan ma’lumotlar, «Leoglisirflom – quruq ekstrakti» ni tinchlantiruvchi dori vositasi sifatida qo‘llash imkoniyatini ko‘rsatadi.
beshinchi ilmiy yangilik: formalin bilan chaqirilgan aseptik yalig‘lanish fonida, yalong‘och qizilmiya ildizi, regel qoziquloq o‘ti va arslonquyruq o‘simligining quruq ekstraktlarining kombinatsiyasi dozaga bog‘liq bo‘lgan xolda, yallig‘lanishga qarshi ta’siri isbotlangan. Olingan natijalar maxalliy xom ashyodan yaratilgan yangi dori vositasini maxalliy ishlab chiqarishga joriy etish imkonini beradi, bu esa import qilinadigan qimmat baxo dori vositalariga nisbatan axoli uchun ancha arzonga tushadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: «Leoglisirflom – drajesi» yaxshi texnologik xususiyatlarini ko‘rsatdi. Ishlab chiqarishga joriy etilishi tejamkor maxsulotni ishlab chiqarish imkonini beradi. «Leoglisirflom – draje» sining 1 upakovkasi 12000 so‘m iqtisodiy samamaradorlikdan dalolat beradi. Xulosa: «Leoglisirflom – draje» dori vositasi farmakoterapevtik samaradorligiga ega, bu uni yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini oldini olish va davollash uchun tavsiya etish imkonini beradi.