Xoliqov Farid Yuldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir xolesistit bilan diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari birga kelgan holatlarda diagnoz qo‘yish va xirurgik taktikani takomillashtirish” 14.00.27 -  Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3915
Ilmiy rahbar: Uroqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.V.Vishnevskiy nomidagi milliy xirurgik tadqiqotlar tibbiyot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir xolesistit bilan diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari birga kelgan holatlarda diagnoz qo‘yish va davolash  natijalarini samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk marotaba diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari va o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda kasallikning uchrash darajasi, klinik kechishi, asosiy va qo‘shimcha kasallikka ta’sir qiluvchi prognostik omillar va ularni simultan operatsiya qilish mumkinligi aniqlangan;
ezofagofibrogastroduodenoskopiya, rentgenografiya tekshiruvlari  va klinik ko‘rinishlarni inobatga olgan holda laparoskopik xolesistektomiya operatsiyasidan oldin va undan keyingi davrda diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi holati aniqlangan;
klinik instrumental tekshiruvlar yordamida diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari, o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda qo‘shimcha hamda asosiy kasallikni tashhislash va davolashda muhim bo‘lgan diagnostik monitoring ishlab chiqilgan;
o‘tkir xolesistit bilan birga diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi, gastroezofageal reflyuks kasalligi murojaat qilgan bemorlarda operatsiyalar ketma-ketligi saqlanishda birinchi navbatda xolesistektomiya, ikkinchi bo‘lib instrumentlarni ul`tratovush anjomlariga almashtirgan holda fundoplikatsiya operatsiyasining bajarilishi, operatsiyadan keyingi asoratlar uchrash darajasiga ta’sir qilmasligi hamda laparoskopik jarrohlik usullari, an’anaviy usullardan foydalanishdan afzalroq, tibbiy va iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘proq mos kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/05 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari va o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda kasallikning uchrash darajasi, klinik kechishi, asosiy va qo‘shimcha kasallikka ta’sir qiluvchi prognostik omillar va ularni simultan operatsiya qilish mumkinligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk marotaba diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari va o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda kasallikning uchrash darajasi, klinik kechishi, asosiy va qo‘shimcha kasallikka ta’sir qiluvchi prognostik omillar va ularni simultan operatsiya qilish mumkinligi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur kasallarni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  RShTYoIM Sirdaryo  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (12.07.2024 y.; № 120-122) hamda Buxoro shahar kasalxonasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; № 1309-2-42-TV-2024; 15.07.2024 y.; № 1314-2-42-TV-2024 sonli) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ilk marotaba diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari va o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda kasallikning uchrash darajasi, klinik kechishi, asosiy va qo‘shimcha kasallikka ta’sir qiluvchi prognostik omillar va ularni simultan operatsiya qilish, asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ilk marotaba diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari va o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda kasallikning uchrash darajasi, klinik kechishi, asosiy va qo‘shimcha kasallikka ta’sir qiluvchi prognostik omillar va ularni simultan operatsiya qilishdan foydalanish, asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 850000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM BFning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 100000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari va o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda kasallikning uchrash darajasi, klinik kechishi, asosiy va qo‘shimcha kasallikka ta’sir qiluvchi prognostik omillar va ularni simultan operatsiya qilish mumkinligi aniqlanganligidan  foydalanish asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda asoratlar va o‘limni  kamaytirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ezofagofibrogastroduodenoskopiya, rentgenografiya tekshiruvlari  va klinik ko‘rinishlarni inobatga olgan holda laparoskopik xolesistektomiya operatsiyasidan oldin va undan keyingi davrda diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi holati aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ezofagofibrogastroduodenoskopiya, rentgenografiya tekshiruvlari  va klinik ko‘rinishlarni inobatga olgan holda laparoskopik xolesistektomiya operatsiyasidan oldin va undan keyingi davrda diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi holati aniqlanganligi, profilaktik chora tadbirlarni belgilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  RShTYoIM Sirdaryo  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (12.07.2024 y.; № 120-122) hamda Buxoro shahar kasalxonasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; № 1309-2-42-TV-2024; 15.07.2024 y.; № 1314-2-42-TV-2024 sonli) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ezofagofibrogastroduodenoskopiya, rentgenografiya tekshiruvlari  va klinik ko‘rinishlarni inobatga olgan holda laparoskopik xolesistektomiya operatsiyasidan oldin va undan keyingi davrda diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi holati aniqlanganligi, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ezofagofibrogastroduodenoskopiya, rentgenografiya tekshiruvlari  va klinik ko‘rinishlarni inobatga olgan holda laparoskopik xolesistektomiya operatsiyasidan oldin va undan keyingi davrda diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi holati aniqlanganligi, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini berib: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 850000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIMBF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 100000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: ezofagofibrogastroduodenoskopiya, rentgenografiya tekshiruvlari  va klinik ko‘rinishlarni inobatga olgan holda laparoskopik xolesistektomiya operatsiyasidan oldin va undan keyingi davrda diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi holati aniqlanganligidan foydalanish davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: klinik instrumental tekshiruvlar yordamida diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari, o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda qo‘shimcha hamda asosiy kasallikni tashhislash va davolashda muhim bo‘lgan diagnostik monitoring ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: klinik instrumental tekshiruvlar yordamida diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari, o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda qo‘shimcha hamda asosiy kasallikni tashhislash va davolashda muhim bo‘lgan diagnostik monitoring ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  RShTYoIM Sirdaryo  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (12.07.2024 y.; № 120-122) hamda Buxoro shahar kasalxonasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; № 1309-2-42-TV-2024; 15.07.2024 y.; № 1314-2-42-TV-2024 sonli) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: klinik instrumental tekshiruvlar yordamida diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari, o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda qo‘shimcha hamda asosiy kasallikni tashhislash va davolashda muhim bo‘lgan diagnostik monitoring ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkonini berib, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik instrumental tekshiruvlar yordamida diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari, o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda qo‘shimcha hamda asosiy kasallikni tashhislash va davolashda muhim bo‘lgan diagnostik monitoring ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikning davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 850000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: klinik instrumental tekshiruvlar yordamida diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralari, o‘tkir xolesistit bilan kasallangan bemorlarda qo‘shimcha hamda asosiy kasallikni tashhislash va davolashda muhim bo‘lgan diagnostik monitoring ishlab chiqilganligi, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 850000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir xolesistit bilan birga diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi, gastroezofageal reflyuks kasalligi murojaat qilgan bemorlarda operatsiyalar ketma-ketligi saqlanishda birinchi navbatda xolesistektomiya, ikkinchi bo‘lib instrumentlarni ul`tratovush anjomlariga almashtirgan holda fundoplikatsiya operatsiyasining bajarilishi, operatsiyadan keyingi asoratlar uchrash darajasiga ta’sir qilmasligi hamda laparoskopik jarrohlik usullari, an’anaviy usullardan foydalanishdan afzalroq, tibbiy va iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘proq mos kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir xolesistit bilan birga diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi, gastroezofageal reflyuks kasalligi murojaat qilgan bemorlarda operatsiyalar ketma-ketligi saqlanishda birinchi navbatda xolesistektomiya, ikkinchi bo‘lib instrumentlarni ul`tratovush anjomlariga almashtirgan holda fundoplikatsiya operatsiyasining bajarilishi, operatsiyadan keyingi asoratlar uchrash darajasiga ta’sir qilmasligi hamda laparoskopik jarrohlik usullari, an’anaviy usullardan foydalanishdan afzalroq, tibbiy va iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘proq mos kelishi isbotlangan bo‘lib, shifo jarayonini tezlashtirib asoratlar va o‘limni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar  RShTYoIM Sirdaryo  viloyati filiali bo‘yicha buyruq (12.07.2024 y.; № 120-122) hamda Buxoro shahar kasalxonasi bo‘yicha buyruq (15.07.2024 y.; № 1309-2-42-TV-2024; 15.07.2024 y.; № 1314-2-42-TV-2024 sonli) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir xolesistit bilan birga diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi, gastroezofageal reflyuks kasalligi murojaat qilgan bemorlarda operatsiyalar ketma-ketligi saqlanishda birinchi navbatda xolesistektomiya, ikkinchi bo‘lib instrumentlarni ul`tratovush anjomlariga almashtirgan holda fundoplikatsiya operatsiyasining bajarilishini amaliyotga joriy etilishi bemorlarda asoratlarni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir xolesistit bilan birga diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi, gastroezofageal reflyuks kasalligi murojaat qilgan bemorlarda operatsiyalar ketma-ketligi saqlanishda birinchi navbatda xolesistektomiya, ikkinchi bo‘lib instrumentlarni ul`tratovush anjomlariga almashtirgan holda fundoplikatsiya operatsiyasining bajarilishini amaliyotga joriy etilishi davolanishning o‘rtacha davomiyligini hamda bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 850000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: o‘tkir xolesistit bilan birga diafragma qizilo‘ngach teshigi churrasi, gastroezofageal reflyuks kasalligi murojaat qilgan bemorlarda operatsiyalar ketma-ketligi saqlanishda birinchi navbatda xolesistektomiya, ikkinchi bo‘lib fundoplikatsiya operatsiyasining bajarilishini amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 850000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish