Normirza Raxmatovning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tut ipak qurtining yuqori mahsuldor “Namangan-R” zotini ishlab chiqarishga tadbiq etish samaradorligi”, 06.02.04 - Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1501.
Ilmiy rahbar: Bekkamov Chorshanbi Ismailovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Tut ipak gurti “Namangan R” (ZAP 32).
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik qimmatli belgilari yuqori bo‘lgan yangi istiqbolli mahsuldor tut ipak qurti zotlarini yaratish, kasalliklarga chidamli bahorgi va yozgi qurt boqishda keng miqiyosda foydalana oladigan ipak qurtining duragay urug‘larini tayyorlash va uni ishlab chiqarishdagi samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy zotlar ichida morfologik belgilari va ipak tolasining sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan zotlarning populyatsiyasi qarindoshlik darajasiga qarab ajratib olingan;
tut ipak qurtining genetik kolleksiyadagi yuqori mahsuldor zotlar ichidan irsiy potensiali, embrional rivojlanishi va lichinkalik davridagi mahsuldorlik ko‘rsatkichlari asosida olingan natijasi bo‘yicha “Namangan-R” zoti yaratilgan;
ipakchilikda seleksiya ishlarini olib borishda inbriding va autbriding usulida sof zotlarni ko‘paytirish bo‘yicha avlod olish imkoniyatlari ilmiy jihatdan qiyosiy baholangan;
ilk bor Namangan viloyati sharoitida Namangan oq pillasi, SANIISh-8, Bivoltin-111 va Tetragidrid-3, Belokokonnaya-1 zotlari ishtirokida olib borilgan tadqiqot ishlari bo‘yicha sintetik usulda qonni singdirish orqali toza zot kombinasiyalari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan viloyati urug‘lik korxonasida sharoitida yaratilgan “Namangan-R” zotini ilmiy asoslari bo‘yicha olingan tut ipak qurtining yuqori mahsuldor istiqbolli zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq etish samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
tut ipak qurtining yuqori mahsuldor “Namangan-R” zoti yaratilib, patent olingan. Yangi zot urug‘larining 75 qutisi Namangan viloyati, Namangan shahri “Marjon tola-Fayz” MChJ kasanachilik xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 14-noyabrdagi 3-699-son ma’lumotnomasi). Natijada joriy qilingan 75 quti tut ipak qurti lichinkalari agrotexnika asosida parvarishlanib, har bir qutisidan qiyoslovchiga nisbatan 5 kg qo‘shimcha pilla hosili olindi va o‘rtacha iqtisodiy samaradorlik 200000 so‘mni, sof foyda esa 40000 so‘mni va rentabellik darajasi 20,0% ni tashkil etgan;
yakka tanlash asosida yaratilgan “Namangan-R” zotini elita tuxumlaridan 17 qutisi Namangan viloyati Uychi tumani “Gold Fiber” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 14-noyabrdagi 3-699-son ma’lumotnomasi). Natijada joriy qilingan 17 quti tut ipak qurtining har bir qutisidan, qiyoslovchiga nisbatan 6 kg qo‘shimcha pilla hosili olinib, o‘rtacha iqtisodiy samaradorlik 240000 so‘mni, sof foyda 50000 so‘mni va rentabellik darajasi 22,0% ga teng bo‘lgan;
yangi istiqbolli “Namangan-R” zoti pillasining texnologik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari Buxoro viloyati, Peshku tumani “Imastar” MChJ pillachilik klasterida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 14-noyabrdagi 3-699-son ma’lumotnomasi). Natijada istiqbolli yuqori mahsuldor zotning 5 quti tuxumi jonlantirilib, har bir qutisidan qiyoslovchiga nisbatan 7 kg qo‘shimcha pilla hosili olinib, iqtisodiy samaradorlik 280000 so‘mni, sof foyda 53120 so‘mni va rentabellik darajasi 23.7 % ni tashkil etgan;
sintetik seleksiya usulida asosida yaratilgan “Namangan-R” zotini mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini boshqa zotlarga nisbatan qiyosiy baholash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot tajribalarini olib borishda 7 quti urug‘idan jonlangan ipak qurtlari Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani “Abdullohning totli uzumlari” fermer xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 14-noyabrdagi 3-699-son ma’lumotnomasi). Natijada parvarishlangan ipak qurtining har bir qutisidan qiyoslovchiga nisbatan 5,5 kg qo‘shimcha pilla hosili olinib, o‘rtacha iqtisodiy samaradorlik 220000 so‘mni, sof foyda 46860 so‘mni va rentabellik darajasi 21,3%ni tashkil qilgan.